Turaxanova Xosiyatxon Maxamadolimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayoni inglizcha tarjimasida badiiy tasviriy vositalarining lingvopragmatik tadqiqi (metafora, metonimiya, mubolag‘a misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3585.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzohidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ismoilov Qahramonjon Abdumo‘minovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayoni hamda inglizcha tarjimasida badiiy tasviriy vositalar – metafora, metonimiya va mubolag‘alarning lingvistik, badiiy-uslubiy, lingvomadaniy hamda lingvopragmatik xususiyatlari, ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasi hamda botiniy va zohiriy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonida qo‘llanilgan shakl, mavhum ot, ro‘zg‘or buyumi guruhlaridan yasalgan okkazional metaforalar, joy va rang orqali ifoda etilgan metonimiyalar hamda g‘uluv va ig‘roq tarzida aks ettirilgan mubolag‘alarning bo‘rttirish va kuchaytirish – tablig‘ belgilarining leksik-semantik, sintaktik-semantik va struktur xususiyatlari ochib berilgan;
“Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonining inglizcha tarjimasida qo‘llanilgan ifoda vositalari – metafora, metonimiya, mubolag‘alarda ijtimoiy va diniy kategoriyada ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy va diniy harakatlarga ko‘ra lingvomadaniy omillarning ustuvorligi dalillangan;
“Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonidagi badiiy tasviriy vositalar – metafora, metonimiya, mubolag‘alar XV asr turkiy xalqlarning milliy mentaliteti, dunyoqarashi va turmush tarziga muvofiq yaratilganligi, diniy-irfoniy qarashlariga tayanilganligi hamda tarbiyaviy g‘oyalarga asoslanganligi aniqlangan;
“Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonida qo‘llanilgan metafora, metonimiya va mubolag‘a badiiy tasvir vositalari tarjimasining asliyat ma’no-mazmuniga muqobilligini isbotlash uchun tranformatsiya usullaridan, shu jumladan, kengaytirish, o‘rnini almashtirish, qo‘shimcha lingvistik element kiritish, muqobilini (ekvivalentini) topish, so‘zma-so‘z (kalkalash), transliterasiya, sinonim so‘zlardan foydalanish, izoh keltirish, generalizasiya, konkretizatsiya (aniqlashtirish), modulyasiya kabi usullar eng ko‘p qo‘llanilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayoni inglizcha tarjimasida badiiy tasviriy vositalarning pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy tipologik tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonida qo‘llanilgan shakl, mavhum ot, ro‘zg‘or buyumi guruhlaridan yasalgan okkazional metaforalar, joy va rang orqali ifoda etilgan metonimiyalar hamda g‘uluv va ig‘roq tarzida aks ettirilgan mubolag‘alarga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo'limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017 – 2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023 yil 24-martdagi 17-01/46-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Lison ut-tayr”dostoni nasriy bayoni inglizcha tarjimasida badiiy tasviriy vositalar – metafora, metonimiya va mubolag‘alarning ingliz va o‘zbek tillarida struktur-semantik, lingvokulturologik hamda pragmatik xususiyatlarini tilshunoslik nuqtai-nazaridan aniqlash, badiiy tasviriy vositalarning leksik-semantik mohiyatini, kognitiv-pragmatik, dennotativ hamda konnotativ jihatlarini yoritish, tarjima qilish jarayonida tug‘iladigan muammolarni, transformatsion jarayonlarni aniqlab, ularni adekvat o‘girishga qulay tarjima usullari bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish hamda tarjimon uslubi va mahoratini badiiy tarjima matnlari vositasida dalillash, ingliz va o‘zbek tillarida badiiy tasviriy vositalarlarning leksik-ma’noviy, strukturaviy turlarini tasniflash, ularni ifodalash bilan bog‘liq belgilarni ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosa va natijalardan loyihaning nazariy asosini mustahkamlashda qo‘llanilgan;
“Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonining inglizcha tarjimasida qo‘llanilgan ifoda vositalari – metafora, metonimiya, mubolag‘alarda ijtimoiy va diniy kategoriyada ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy va diniy harakatlarga ko‘ra lingvomadaniy omillarga doir ilmiy xulosa va natijalardan Farg‘ona davlat universitetida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan UZ800-20-GR-0040 “2020 Access Microscholarship Program Fergana Stat University” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti 2023 yil 5-apreldagi 01-13-35-son ma’lumotnomasi). Natijada adekvat tarjima usullari bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish, tarjimon mahoratini badiiy tarjima matnlari vositasida ifodalash, ingliz va o‘zbek tillarida badiiy tasvir vositalari bilan bogʻliq belgilarni ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosa va natijalardan loyihaning nazariy asosini mustahkamlashda ishlatilgan;
“Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonidagi badiiy tasviriy vositalar – metafora, metonimiya, mubolag‘alar XV asr turkiy xalqlarning milliy mentaliteti, dunyoqarashi va turmush tarziga muvofiq yaratilganligi, diniy-irfoniy qarashlariga tayanilganligi hamda tarbiyaviy g‘oyalarga asoslanganligi yuzasidan berilgan umumlashtirilgan fikrlar va materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2022-2023 yillar davomida) foydalanilgan (O‘z MTRK DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati 2023 yil 18-apreldagi 04-36/586-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishidan olingan ma’lumotlar natijasida radiotinglovchilar Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayonida leksik-stilistik vositalarni qo‘llanilganlik ko‘lami, ingliz tarjimoni G.Dik va o‘zbek tarjimonlari N.Qambarov hamda T.Mahmudxo‘jaevlar ushbu tasvir vositalarini ingliz tiliga qayta qanday gavdalantirganliklari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan va materiallar ilmiy jihatdan asoslangan.