Rasulova Munojat Akmaljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dramatik diskursda metafora va uning lingvokulturologik aspekti” (ingliz va o‘zbek tillaridagi materiallar asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2975.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuxro Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Asronova Mohigul Musaboevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dramatik diskursdagi metaforalarning lingvokulturologik xususiyatlarini va chog‘ishtirilayotgan tillardagi metaforizatsiya hodisasining umumiy hamda farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dramatik diskursdagi metaforalarning ikki tildagi o‘zaro munosabati hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi dramalarda kommunikativ-pragmatik xoslangan metaforalarning gender xoslik belgilarini hisobga olgan holda feminin va milliy-mental, diskursiv, sotsial xoslangan kabi lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek dramalari Sh.Boshbekovning “Temir xotin”, S.Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘aloni” hamda ingliz dramalari W.Sheksperning “King Lear”, “King Henry VIII” dramalaridagi metaforalarning ichki guruhlarga bo‘linishi, ularning muayyan jamiyat qatlami vakillariga taalluqli sotsial mental va sintaktik-stilistik kabi pragmatik xususiyatlari asoslab berilgan;
metaforalarning lingvokulturologik xususiyatlari dramatik asarlar matnida grammatik vositalarning metafora hosil qilish darajasi, yangi turdagi metaforalarning hosil bo‘lishi, metaforalar fikr-tuyg‘u ifodalashda jozibadorlikni ta’minlashi hamda drama matnning asosiy qismiga aloqadorligiga ko‘ra umumetnik va individual etnik metaforalar va ularning dramatik diskursda mavjud bo‘lishi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi dramatik diskursda voqelangan metaforalar diskursning presuppozisiya, implikatsiya singari elementlarining yuzaga chiqishida faol ishtirok etishi, ularda tasvir obekti axborot tashish, ekspressivlikni oshirish omillari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Dramatik diskursda metafora va uning lingvokulturologik aspekti (o‘zbek va ingliz tillaridagi materiallar asosida)” mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan:
o‘zbek dramalari Sh.Boshbekovning “Temir xotin”, S.Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘aloni” hamda ingliz dramalari W.Sheksperning “King Lear”, “King Henry VIII” dramalaridagi metaforalarning ichki guruhlarga bo‘linishi, ularning muayyan jamiyat qatlami vakillariga taalluqli sotsial mental va sintaktik-stilistik kabi pragmatik xususiyatlariga doir ilmiy xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 7-iyuldagi 01/10-1331-son ma’lumotnomasi). Natijada dramatik diskursdagi metaforalarning ikki tildagi o‘zaro munosabati hamda ularning tarjimasiga doir izoh hamda talqinlar takomillashuviga hissa qo‘shgan;
dramatik diskursdagi metaforalarning ikki tildagi o‘zaro munosabati hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi dramalarda kommunikativ-pragmatik xoslangan metaforalarning gender xoslik belgilarini hisobga olgan holda feminin va milliy-mental, diskursiv, sotsial xoslangan kabi lingvokulturologik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma va og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 7-iyuldagi 01/10-2330-son ma’lumotnomasi). Natijada dramatik diskursdagi metaforalarning ikki tildagi o‘zaro munosabati hamda ularning tarjimasiga doir izoh hamda talqinlar takomillashgan;
metaforalarning lingvokulturologik xususiyatlari dramatik asarlar matnida grammatik vositalarning metafora hosil qilish darajasi, yangi turdagi metaforalarning hosil bo‘lishi, metaforalar fikr-tuyg‘u ifodalashda jozibadorlikni ta’minlashi hamda drama matnning asosiy qismiga aloqadorligiga ko‘ra umumetnik va individual etnik metaforalar va ularning dramatik diskursda mavjud bo‘lishi singari ilmiy qarashlar hamda xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali ijodkorlari tomonidan 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Minbar”, “Adabiyot gulshani” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi 2023-yil 7-avgustdagi 01-15-850-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi tilshunoslik ijtimoiy, ma’naviy jihatdan jamiyatda erishilgan barcha muvaffaqiyatlar zamirida dramatik mataforaning tadqiqi orqali muayyan til egalariga xos tafakkur, ma’naviyat va madaniyat ham aks etishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida ko‘rsatuvlar davomida taqdim etilgan materiallar efirga uzatilgan eshittirishlarni tayyorlashda va ularning mazmun-mohiyatini boyitishda manba bo‘lib xizmat qilgan.