Ochilova Dilobar Juraqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishida ijodiy ziyolilarning o‘rni (1985-2021-yy)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1684.
Ilmiy rahbar: Eshov Boxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1985 – 2021-yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishida ijodiy ziyolilarning o‘rnini xolisona tarzda yangicha tafakkur asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sovet davrida ham ijtimoiy fanlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, biroq, barcha ijtimoiy fanlar marksizm-leninizm g‘oyalariga, kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilganligi, O‘zbekistonda esa ijodiy ziyolilar ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha kommunistik mafkuraning tazyiqlariga qaramasdan tarixiy mavzularda ijod qilib, kommunistik mafkura va milliylik o‘rtasida yuzaga kelgan internatsional mafkura asosida sun’iy shakllantirilgan madaniyat tushunchasidan XX asrning 80 – yillarida e’lon qilingan ochiqlik ruhidagi turkum maqola va asarlari voz kechishga olib kelganligi ochib berilgan;
Ijtimoiy - gumanitar fanlar sohasi uchun ham “qayta qurish” siyosati ma’lum jihatdan uyg‘onish va hurfikrlilikka turtki berib, 1980-yillargacha siyosiy jihatdan o‘rganish mumkin bo‘lmagan ayrim mavzularga (milliy-madaniy qadriyatlar va o‘zlikni anglashga xizmat qiluvchi mavzular) O‘zbekistondan olib ketilgan tarixiy-madaniy yodgorliklarni respublikaga qaytarish, shuningdek, milliy-madaniy merosni tiklash, tarixiy-me’moriy yodgorliklarni himoya qilish va saqlash, xususan, “Meros” dasturiy rejasi amalga oshirish kabi keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yilishiga asos bo‘lganligi asoslangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy  muammolarini hal etishda ijtimoiy - gumanitar fanlar sohalarining mutaxassislari tomonidan xalq xo‘jaligi paxta kompleksining xo‘jalik mexanizmini qayta qurish mohiyati ishlab chiqilib, bozor munosabatlariga o‘tish va iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashga qaratilgan ilg‘or xorijiy tajribalarni respublikamiz sharoitiga moslashtirgan holda qo‘llash borasidagi tavsiyalarni hukumat organlariga taqdim etilishi ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni boshqarish konsepsiyasi ishlab chiqilishida muhim o‘rin tutganligi isbotlangan;
mustaqillikka erishgandan keyin ijodiy ziyolilar qatlami milliy madaniyatni shakllantirish, undagi asosiy yo‘nalishlar – til, yozuv islohoti, milliy tarix, o‘zlikni anglash kabi masalalarni yoritishga xizmat qiluvchi ilmiy kitob va maqolalar, badiiy asarlarning e’lon qilinishi, ularda ko‘tarilgan asosiy masalalar negizida tarixiy shaxslar va ularning yubileylari, tarixiy obidalarning asl funksiyaviy faoliyatining tiklanishi milliy o‘zlikni anglash va tarixiy ongni yuksaltirishga qaratilgan tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1985–2021-yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishida ijodiy ziyolilarning o‘rnini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida:
Sovet davrida ham ijtimoiy fanlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, biroq, barcha ijtimoiy fanlar marksizm-leninizm g‘oyalariga, kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilganligi, O‘zbekistonda esa ijodiy ziyolilar ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha kommunistik mafkuraning tazyiqlariga qaramasdan tarixiy mavzularda ijod qilib, kommunistik mafkura va milliylik o‘rtasida yuzaga kelgan internatsional mafkura asosida sun’iy shakllantirilgan madaniyat tushunchasidan XX asrning 80 – yillarida e’lon qilingan ochiqlik ruhidagi turkum maqola va asarlari voz kechishga olib kelganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston teleradiokanali” DM “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 29-noyabrdagi 06-28-1999-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning qo‘llanilishi tinglovchilarda vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy -gumanitar fanlar sohasi uchun ham “qayta qurish” siyosati ma’lum jihatdan uyg‘onish va hurfikrlilikka turtki berib, 1980-yillargacha siyosiy jihatdan o‘rganish mumkin bo‘lmagan ayrim mavzularga (milliy-madaniy qadriyatlar va o‘zlikni anglashga xizmat qiluvchi mavzular) O‘zbekistondan olib ketilgan tarixiy-madaniy yodgorliklarni respublikaga qaytarish, shuningdek, milliy-madaniy merosni tiklash, tarixiy-me’moriy yodgorliklarni himoya qilish va saqlash, xususan, “Meros” dasturiy rejasi amalga oshirish kabi keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yilishiga asos bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston teleradiokanali” DM “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 29-noyabrdagi 06-28-1999-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanilishi soha vakillarining sovet davrida soha xodimlarining madaniy merosni tiklash uchun qanday kurashlar olib borganligiga oid qarashlarini rivojlantirishga imkonini bergan;
mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy  muammolarini hal etishda ijtimoiy - gumanitar fanlar sohalarining mutaxassislari tomonidan xalq xo‘jaligi paxta kompleksining xo‘jalik mexanizmini qayta qurish mohiyati ishlab chiqilib, bozor munosabatlariga o‘tish va iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashga qaratilgan ilg‘or xorijiy tajribalarni respublikamiz sharoitiga moslashtirgan holda qo‘llash borasidagi tavsiyalarni hukumat organlariga taqdim etilishi ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni boshqarish konsepsiyasi ishlab chiqilishida muhim o‘rin tutganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 23-noyabrdagi 02-22/1293-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ushbu markaz va jamiyat faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularni rivojlantirishga, davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda xizmat qilgan;
mustaqillikka erishgandan keyin ijodiy ziyolilar qatlami milliy madaniyatni shakllantirish, undagi asosiy yo‘nalishlar – til, yozuv islohoti, milliy tarix, o‘zlikni anglash kabi masalalarni yoritishga xizmat qiluvchi ilmiy kitob va maqolalar, badiiy asarlarning e’lon qilinishi, ularda ko‘tarilgan asosiy masalalar negizida tarixiy shaxslar va ularning yubileylari, tarixiy obidalarning asl funksiyaviy faoliyatining tiklanishi milliy o‘zlikni anglash va tarixiy ongni yuksaltirishga qaratilgan tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 23-noyabrdagi 02-22/1293-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi yoshlarda vatanparvarlik, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga  hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish