Xayitov Faxriddin Shodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion ta’lim sharoitida akademik liseylarda kimyoni o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3667.
Ilmiy rahbar: Shomurotova Shirin Xajievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Hadjibekov Sadriddin Nasriddinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamajonov Shuxratjon Askarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim sharoitida akademik liseylarda kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarning ijtimoiy gumanitar yo’nalishida kimyo fanini o‘qitish metodikasi nostandart testlar, viktorina savollar, mustaqil ta’limda qo‘llanilgan metodlar qaytar aloqa ta’minlanishida axborot bilan ishlash kompetensiyasini hamda guruhlararo o‘yin texnologiyalarini innovatsion ta’lim muhitida fanga oid amaliy kompetensiyasini rivojlantirishi orqali takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida akademik liseylarning ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishida kimyo fanini o‘qitish metodikasini innovatsion ta’lim texnologiyalari orqali rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik modelining faoliyat mazmuni o‘quvchilarning ijodiy, axborot bilan ishlash, fanga oid va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir innovatsion metodlarni qo‘llash hamda frontal, kichik guruhlarda va yakka tartibdagi baholash me’zonlari asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida akademik liseylarning ijtimoiy gumanitar yo‘nalishi uchun kimyo fanini o‘qitish metodikasi kimyoni geografiya, tarix, huquqiy fanlar bilan tizimli integratsiya qilish asosida o‘quvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish hamda ommaviy nutq so‘zlash qobiliyatini aksiologik shaxsga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida fanga oid kompetensiyalarni mustaqil ishni tashkil etishda storytelling texnologiyasidan foydalanish, metodik ishlanmalarni jamoaviy va individual qo‘llash, axborotlar bilan ishlash jarayonida faol axborot almashish, o‘quv motivlarini uyg‘otish, fanlararo bog‘liqlik asosida ilmiy dunyoqarashni bosqichma-bosqich shakllantirish samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida akademik liseylarda kimyoni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
akademik liseylarning ijtimoiy gumanitar yo‘nalishida kimyo fanini o‘qitish metodikasini innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib nostandart testlar, Case-Study metodidan, viktorina savollari, guruhlararo o‘yin texnologiyalarini mustaqil ta’limni uyg‘unlashtirish asosidagi tavsiyalardan “Kimyo o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga sindirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kimyo fanidan bilim va amaliy ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida akademik liseylarning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi uchun kimyo fanini o‘qitish metodikasini kazusli savollar, virtual ekskursiyalar tashkil etish orqali kimyoni geografiya, tarix, huquqiy fanlar bilan integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish hamda ommaviy nutq so‘zlash qobilyatini aksiologik shaxsga yo‘naltirish bo‘yicha takliflaridan “Kimyo o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kriativ fikrlashi va ommaviy nutq so‘zlash qobilyatini rivojlanishiga xizmat qilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida fanga oid kompetensiyalarni rivojlanganligi mustaqil ishni tashkil etishda o‘quv loyihaviy usul an’anaviy va masofaviy ta’limda qo‘llanilgan, fanga oid resurslardan foydalanish darajasi axborotlar bilan ishlash jarayoni faol axborot almashish, o‘quv motivlarini uyg‘otish, didaktik ishlanmalarni jamoaviy va individual tarzda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalardan “Fizik-kolloid kimyo” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023