Abdukarimov Abdixalik Amurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «1917-1991 yillarda Qoraqalpog‘iston qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti», 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.1.PhD/Tar839
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabboevich - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Utemuratov Baxram Bekmuratovich - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1917–1991 yillarda Qoraqalpog‘iston qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Qoraqalpog‘istonda 1921-1924-yillarda iqtisodiyotning agrar sektorida o‘tkazilgan tezkor er islohoti faqatgina erni oldi-sotdisini taqiqlash, qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi barcha erlarning Narkomzemga olib berishga qaratilib, buning natijasida erlarni ijaraga berish huquqiga ega bo‘lgan taqdirdagina foydalanishi mumkinligi qishloqlardagi aholi daromadlari va farovonligining pasayishiga olib kelganligi ochib berilgan;
1917-1924-yillarda “Er to‘g‘risida Dekret”ning e’lon qilinishi va uni Qoraqalpog‘iston sharoitida amalga oshirishga urinishlar, 1925-1928-yillar – agrar munosabatlarni sinfiy nuqtai-nazardan siyosiylashtirish, qatag‘on va quvg‘in qilishning boshlanishi, 1929-1933-yillar – majburiy jamoalashtirish, 1934-1941-yillar – ommaviy ravishda qonunlarga amal qilmaslik kabi holatlar qishloq xo‘jaligida ham davlat nazoratining kuchayishi va tizimda totalitarizmning o‘rnatilishiga olib kelganligi yoritilgan;
1946-1964-yillarda qishloq aholisining ijtimoiy darajasi pastligi sharoitida kolxoz xo‘jaliklarini boshqarishdagi rahbarlarning saviyasi bilan bog‘liq kamchiliklar va kolxozdagi an’anaviy ekin maydonlarining qisqarishi natijasida mahsulotlarni ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati sekinlashishi, oziq-ovqat, sanoatning qishloq xo‘jalik xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini qoplamasligi pirovardida qishloq aholisining ijtimoiy muammolariga sabab bo‘lganligi asoslangan;
1980-yillarda agrosanoat majmuasining moddiy-texnik bazasining nochorligi hamda qishloq joylardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan sarmoyalardan tushadigan iqtisodiy foyda nihoyatda past darajada qolishi iqtisodiyotning agrar sektorini ekstensiv rivojlantirish uchun zaxiralar tugallanganini ko‘rsatib, qishloqlardagi ijtimoiy muammolarning keskinlashishiga sabab bo‘lganligi asoslangan.
80-yillarda agrosanoat majmui moddiy-texnik bazasining nochorligi, qishloqda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan investisiyalar hisobidan iqtisodiy foydaning nihoyatda pastligi qishloqlarda keng ko‘lamli ishlab chiqarish zaxiralari mavjudligini ko‘rsatdi. Iqtisodiyotning agrar sektorining rivojlanishi tugatilib, qishloqlarda ijtimoiy muammolarning keskinlashuviga olib keldi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyada ishlab chiqilgan tavsiyalar jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy rivojlanish vazifalarini hal qilishda nazariy asos sifatida xizmat qilib, ular Qoraqalpog‘istonning yangi tarixi, xususan, respublika agrar taraqqiyoti muammolari bilan bog‘liq jihatlarni yoritishda foydalanilishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati dissertatsiyaning asosiy qismlari va xulosalari qishloqlarni rivojlantirish va obodonlashtirishga qaratilgan Davlat dasturlarini amalga oshirishda, qishloq xo‘jaligi muammolari bilan bevosita shug‘ullanuvchi va ushbu sohada qayta qurishlarni va umuman iqtisodiyotni modernizatsiyalashni amalga oshiruvchi tegishli davlat muassasalari uchun amaliy ishlanmalar uchun uslubiy ko‘rsatmalar vazifasini bajarishi mumkin.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: tadqiqot mavzusi bo‘yicha materiallar va ilmiy adabiyotlarning tarixiy tahlili Qoraqalpog‘istondagi agrar munosabatlar tarixini o‘rganish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish imkonini berdi;
Qoraqalpog‘istonda er-suv islohotlarining amalga oshmaganligi, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarini hisobga olmasdan o‘tkazilganligini muammolarni tahlil qilish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, tavsiyalar asosida Qoraqalpog‘iston qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
Qoraqalpog‘istonda 1921-1924-yillarda iqtisodiyotning agrar sektorida o‘tkazilgan tezkor er islohoti faqatgina erni oldi-sotdisini taqiqlash, qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi barcha erlarning Narkomzemga olib berishga qaratilib, buning natijasida erlarni ijaraga berish huquqiga ega bo‘lgan taqdirdagina foydalanishi mumkinligi qishloqlardagi aholi daromadlari va farovonligining pasayishiga olib kelganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligida Qoraqalpog‘iston qishloq aholisining 1917-1991-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy holati sohasidagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarga bag‘ishlangan tarixshunoslik bibliografiyasini tayyorlashda qo‘llanilgan (QR Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi 06-10/422-sonli ma’lumotnomasi 2022-yil 11-iyul). Natijalarning qo‘llanilishi agrar islohotlar bo‘yicha manzilli qarorlarni qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mos holda ishlab chiqish imkonini bergan;
1917-1924-yillarda “Er to‘g‘risida Dekret”ning e’lon qilinishi va uni Qoraqalpog‘iston sharoitida amalga oshirishga urinishlar, 1925-1928-yillar – agrar munosabatlarni sinfiy nuqtai-nazardan siyosiylashtirish, qatag‘on va quvg‘in qilishning boshlanishi, 1929-1933-yillar – majburiy jamoalashtirish, 1934-1941-yillar – ommaviy ravishda qonunlarga amal qilmaslik kabi holatlar qishloq xo‘jaligida ham davlat nazoratining kuchayishi va tizimda totalitarizmning o‘rnatilishiga olib kelganligi bo‘yicha natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi “Assalawma aleykum, Qaraqalpaqstan”, “Jaslar hám bilimlendiriw” nomli teleko‘rsatuvlar va eshittirishlarni tayyorlashda qo‘llanildi (QR Teleradiokompaniyasi 05-22/491-sonli ma’lumotnomasi 2022-yil 10-avgust). Natijada teletomoshabinlarning sovet davrida Qoraqalpog‘istondagi agrar islohotlarning asl mazmun-mohiyatini tushunishlariga yordam bergan;
1946-1964-yillarda qishloq aholisining ijtimoiy darajasi pastligi sharoitida kolxoz xo‘jaliklarini boshqarishdagi rahbarlarning saviyasi bilan bog‘liq kamchiliklar va kolxozdagi an’anaviy ekin maydonlarining qisqarishi natijasida mahsulotlarni ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati sekinlashishi, oziq-ovqat, sanoatning qishloq xo‘jalik xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini qoplamasligi pirovardida qishloq aholisining ijtimoiy muammolariga sabab bo‘lganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloqlarni rivojlantirish, Davlat dasturlarining bajarilishida foydalanilgan (QR Qishloq xo‘jaligi vazirligi 01/011-2743-sonli ma’lumotnomasi 2022-yil 28-sentyabr). Natijalarning qo‘llanilishi respublikada zamonaviy qishloq xo‘jaligini shakllantirish, mavjud muammolarga echimlar topishga qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon bergan.
1980-yillarda agrosanoat majmuasining moddiy-texnik bazasining nochorligi hamda qishloq joylardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan sarmoyalardan tushadigan iqtisodiy foyda nihoyatda past darajada qolishi iqtisodiyotning agrar sektorini ekstensiv rivojlantirish uchun zaxiralar tugallanganini ko‘rsatib, qishloqlardagi ijtimoiy muammolarning keskinlashishiga sabab bo‘lganligi haqidagi natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloqlarni rivojlantirish, Davlat dasturlarining bajarilishida foydalanilgan (QR Qishloq xo‘jaligi vazirligi 01/011-2743-sonli ma’lumotnomasi 2022-yil 28-sentyabr). Natijalarning qo‘llanilishi hududlardagi qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni takomillashtirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish