Jo‘raeva Nargiza Abduvohidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududiy agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy- iqtisodiy asoslarini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)», 08.00.17 - «Turizm va mehmonxona faoliyati» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt891.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «agroturizm» tushunchasining iqtisodiy mazmuni
qishloq joylarida mehnatga qobiliyatli aholini doimiy ish bilan ta’minlash, uning
daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasini oshirishga kuchli ijobiy ta’siri bilan bog‘liq jihatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
Toshkent viloyatida agroturizm va agroturizm xizmatlarini rivojlantirishda
Ohangaron tumanidagi Qurama tog‘ tizmasining archazor hududida eko, agro,
gastronomik va boshqa turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish loyihalarini
«Ovjazsoy turizm qishlog‘i»ni tashkil qilish orqali amalga oshirish taklifi asoslangan;
Toshkent viloyatiga agroturizm maqsadida tashrif buyuruvchilar soniga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz
ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Toshkent viloyatida agrobiznes loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish dasturi doirasida agroturizm klasterlarini tashkil qilish imkoniyatlarining institutsional
tizimini ishlab chiqish asosida 2027-yilga qadar prognoz parametrlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif hamda tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «agroturizm» tushunchasining iqtisodiy mazmunini qishloq joylarida mehnatga qobiliyatli aholini doimiy ish bilan ta’minlash, uning daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasining oshirishga kuchli ijobiy ta’siri bilan bog‘liq jihatlariga ko‘ra takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Regionalnie turisticheskie resursi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda hududlarda agroturizmni asosiy turlari, ularni rivojlantirish, tashkil etish imkoniyatlarini aniqlash, aholini doimiy ish bilan ta’minlash, uning daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasini oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
Toshkent viloyatida agroturizm va agroturizm xizmatlarini rivojlantirishda Ohangaron tumanidagi Qurama tog‘ tizmasining archazor hududida eko, agro, gastronomik va boshqa turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish loyihalarini «Ovjazsoy turizm qishlog‘i»ni tashkil qilish orqali amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 7-dekabrdagi PQ-4916-son “2021-2022-yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 31-maydagi 03-12-17-3372-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent viloyatida agroturizm va agroturizm xizmatlarini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Toshkent viloyatiga agroturizm maqsadida tashrif buyuruvchilar soniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida «Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 31-maydagi 03-12-17-3372-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirishning o‘rta muddatli davrdagi maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish va o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
Toshkent viloyatida agrobiznes loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish dasturi doirasida agroturizm klasterlarini tashkil qilish imkoniyatlarining institutsional tizimini ishlab chiqish asosida 2027-yilga qadar baholangan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 228-sonli «2022—2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 31-maydagi 03-12-17-3372-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan yangi tartib asosida Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlarini o‘rganib, tahlil qilish imkoni yaratilgan.