Baytanov O‘ralboy Miraqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulot sifatini boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt2487
Ilmiy rahbar: Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponentlar sifatida i.f.d., prof. Abdullaev Abdujabbor, i.f.d., prof. Saidaxmedova Nodira Ilxomovna, yetakchi tashkilot sifatida esa Namangan davlat universiteti tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik yondashuv asosida risklarni va boshqaruvning kritik nuqtalarini tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qilish hamda natijalarini doimiy monitoringini olib borish taklifi asoslangan;
oziq-ovqat sanoatida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni mavjud infratuzilmani tahlil qilish hamda oziq-ovqat sifatini, xavfsizligini nazorat qilish tizimini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash asosida takomillashtirish taklif etilgan;
korxonada mahsulot sifatini boshqarishni modernizatsiya xarajatlari, korxona personali tarkibiy ko‘rsatkichlari, ish staji, tajribalari, yollanma xodimlari malakasini oshirish xarajatlari hamda mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan jami xarajatlari asosida reyting (0< <1) baholash tizimi taklif qilingan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulot sifatini boshqarishning xalqaro ISO 22 000 seriyali standartlariga integratsiyalash darajasi bo‘yicha 2024-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mualliflik yondashuv asosida risklarni va boshqaruvning kritik nuqtalarini tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qilish hamda natijalarini doimiy monitoringini olib borish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5853-sonli Farmonini, 2-ilovasi 1-punktini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 6-apreldagi 06-30/04-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish asosida oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ta’sir doiralari aniqlanib, ularning samaradorligini oshirishga erishilgan;
oziq-ovqat sanoatida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni mavjud infratuzilmani tahlil qilish hamda oziq-ovqat sifatini, xavfsizligini nazorat qilish tizimini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash asosida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5853-sonli Farmonini, 2-ilovasi 11-punktini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 6-apreldagi 06-30/04-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatimizda xalqaro ISO 22 000 seriyali standarti sertifikatsiyalashdan o‘tgan oziq-ovqat korxonalari sonini 203 taga etkazilgan;
korxonada mahsulot sifatini boshqarishni modernizatsiya xarajatlari, korxona personali tarkibiy ko‘rsatkichlari, ish staji, tajribalari, yollanma xodimlari malakasini oshirish xarajatlari hamda mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan jami xarajatlari asosida reyting (0< <1) baholash tizimini joriy etish taklifidan “Bonu Shirinliklari” MChJ, ”Samandar Shirinliklari” OK, “IRUSKON” MChJ korxonalari faoliyatini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 6-apreldagi 06-30/04-24-sonli, ”Samandar Shirinliklari” OKning 2024-yil 5-martdagi 30-2024-sonli, “IRUSKON” MChJning 2024-yil 14-fevraldagi 02-184-T-sonli, ma’lumotnomalari). Natijada korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha umumiy reyting ko‘rsatkichlari “Bonu Shirinliklari” MChJda (0,987), ”Samandar Shirinliklari” OKda (0,981) va “IRUSKON” MChJda (0,966) natijaga ega bo‘lganligi aniqlangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulot sifatini boshqarishning xalqaro ISO 22 000 seriyali standartlariga integratsiyalash darajasi bo‘yicha 2024-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-sentyabrdagi ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonining 1-ilovasi 54-maqsadining samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 6-apreldagi 06-30/04-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi asosida oziq-ovqat korxonalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichini 25 foizdan yuqori bo‘lishi ta’minlanadi.