Kulmatov Baxram Gulyamovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilini innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitishda CEFR mezonlaridan foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped149.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandon Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilini innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitishda CEFR mezonlaridan foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik kompetensiyalari kommunikativ rivojlanishni yo‘naltirish (guided) va nazoratga olish (controlled) orqali takomillashtirilgan;
til ko‘nikmalari integratsiyasi bo‘yicha xalqaro standart mezonlari asosida ingliz tilini o‘qitishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
mustaqil ta’limni rivojlantirish asosida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitish va baholash uzviyligini ta’minlash bo‘yicha kommunikativ kompetensiyaga asoslangan baholashning innovatsion ta’lim texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilini innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitishda CEFR tizimidan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
talabalarning lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik kompetensiyalari yo‘naltirish (guided) va nazoratga olish (controlled) orqali takomillashtirilgan kommunikativ rivojlanishidan 5111400 – xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bakalavriati va 5A 111401 – xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligining DTSni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018 yil 3 maydagi 05/2352-son ma’lumotnomasi). Natijada fan mazmuniga qo‘yiladigan talablar, yo‘nalishning namunaviy o‘quv rejasi, ishchi o‘quv reja, fanning namunaviy dasturi, fanning ishchi dasturi, fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua kabi hujjatlari mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
til ko‘nikmalari integratsiyasi bo‘yicha xalqaro standart mezonlari asosida ingliz tilini o‘qitishning ishlab chiqilgan didaktik ta’minotidan 2017–2018 yillarga mo‘ljallagan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 maydagi 89-03-1686-son ma’lumotnomasi). Natijada “Reading”, “Writing”, “Listening” o‘quv qo‘llanmalar mavzularini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mustaqil ta’limni rivojlantirish asosida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning takomillashtirilgan metodik ta’minotidan «Dunyo bo‘ylab» telekanalida shu yilning 10 fevral` kuni efirga uzatilgan “Turfa olam” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 20 apreldagi 08-14-219-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tilidagi mustaqil ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz tilini o‘qitish va baholash uzviyligini ta’minlash bo‘yicha kommunikativ kompetensiyaga asoslangan ishlab chiqilgan baholashning innovatsion ta’lim texnologiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” radioeshittirishining 2018 yil 21 aprel` kunidagi sonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 4 maydagi 04-25-697-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitishda CEFR tizimidan foydalanishning tashkiliy-metodik ta’minoti ommalashtirilgan.