Turdıev Baxtıyar Berdixanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy malumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlari (XVIII-XX asr boshlari)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar917
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Koshanov Baxitbay Abdikerimovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD 03/30.12.2019.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Karlibaev Makset Abdibaevich - tarix fanlari doktori (DSc).
Berdiev Jamiet Toremuratovich - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Urganch davlat universiteti
II.  Tadqiqotning maqsadi: tarixiy qo‘shiqlarning qoraqalpoqlar tarixini o‘rganishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlarini tarixiy manba sifatida yig‘ish, tizimlashtirish, qayta ishlash va o‘rganish uchun 1926-1930 yillarda ilmiy ekspedisiyalar tashkil etilishi qoraqalpoq urug‘-arislari va umumiy birliklarining kelib chiqishi va tarkibi, Amudaryo deltasiga kelishdan oldin va keyin ularning ko‘chishlari haqidagi afsonalarni yozib olish bilan birga ularni tarixiy manba sifatida turkumlash imkonini berganligi asoslangan;
XIX asrning birinchi yarmidagi voqealarning tarixiy qo‘shiqlarda aks etishi Esengeldi, Jilgeldi, Aydos bobo, Baroq botir va boshqa tarixiy shaxslarning faoliyati bilan birga mazkur davrda Xiva xonligining og‘ir solig‘i va ichki biylar tomonidan har taraflama azob chekkan xalqning turmush tarzi qator qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlarida real tasvirlanganligi ochib berilgan;
1873 yili qoraqalpoqlar hududining (Amudaryoning o‘ng sohili) Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davrdagi siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar Berdaq, Otesh, Sidiq, Omar – mumtoz shoirlarimizning asarlarida real voqeliklar yoritilishi barobarida qoraqalpoq xalqining engilmas irodasi, ziddiyatli davrida aholi ijtimoiy hayotidagi  o‘zgarishlar ham yoritilgan;
XX asr boshlaridagi yirik siyosiy voqealar – mardikorlik, qazish ishlari, 1916 yil qo‘zg‘olonlari «Jeti úyden bir beldar», «Márdikar», «Náyleyin», «Tapsırdım» qo‘shiqlari, «Márdikar» dostoni kabi xalq shoirlarining ijodida o‘z aksini topib, tarixiy xalq qo‘shiqlarining asosiy tasvirlovchi obekti xalqning noroziliklari, shuningdek, shu davrdagi bo‘lgan tarixiy o‘zgarishlar, tarixiy voqealarga bo‘lgan xalqning qarashlari tasvirlanganligi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlarining tarixiy voqelikni aks ettirishi muammolari yo‘nalishida foydalanilgan uslubiy yondashuvlar va nazariy xulosalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati oliy va o‘rta maxsus hamda umumta’lim muassasalarida qoraqalpoq tarixi, adabiyoti va folklori fanlari bo‘yicha darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirishga xizmat qilishi mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari. Qoraqalpoq xalqi tarixiga oid ilmiy muomalaga yangi tarixiy manbalar majmuini – XVIII-XX asrlardagi qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlari kiritildi, tarixiy qo‘shiqlarning axborot imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqot va targ‘ibot ishlarini olib borish borasida amaliyotchilar, o‘qituvchilar, olimlar, sayyohlar foydalanishi mumkin.
XVIII-XX asrlarda istiqomat qilgan qoraqalpoqlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotining muhim tomonlarini chuqurroq anglash imkonini berib, faktik materiallardan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktab va maktabdan tashqari muassasalarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixini, boshqa ijtimoiy fanlarni o‘qitishda, shuningdek, turizm sohasida foydalanish mumkin.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. XVIII-XX asr boshlaridgi Qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlari tahlili jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan:
Qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlarini tarixiy manba sifatida yig‘ish, tizimlashtirish, qayta ishlash va o‘rganish uchun 1926-1930 yillarda ilmiy ekspedisiyalar tashkil etilishi qoraqalpoq urug‘-arislari va umumiy birliklarining kelib chiqishi va tarkibi, Amudaryo deltasiga kelishdan oldin va keyin ularning ko‘chishlari haqidagi afsonalarni yozib olish bilan birga ularni tarixiy manba sifatida turkumlash imkonini berganligiga oid tadqiqot natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi «Miyras», teleko‘rsatuv va eshittirish tayyorlashda qo‘llanildi (QR Teleradiokompaniyasi 05-22/514-sonli ma’lumotnomasi 2023-yil 9-oktyabr). Natijada teletomoshabinlarning qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlarining ilmiy ahamiyati borasidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
XIX asrning birinchi yarmidagi voqealarning tarixiy qo‘shiqlarda aks etishi Esengeldi, Jilgeldi, Aydos bobo, Baroq botir va boshqa tarixiy shaxslarning faoliyati bilan birga mazkur davrda Xiva xonligining og‘ir solig‘i va ichki biylar tomonidan har taraflama azob chekkan xalqning turmush tarzi qator qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlarida real tasvirlanganligiga oid natijalardan ilmiy amaliy anjumanlar o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi №2-02/1448-sonli ma’lumotnomasi 2023-yil 10-oktyabr). Natijalarning qo‘llanilishi ilmiy anjumanlar dasturlarini ilmiy asosda tashkil qilish imkonini bergan.
1873 yili qoraqalpoqlar hududining (Amudaryoning o‘ng sohili) Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davrdagi siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar Berdaq, Otesh, Sidiq, Omar – mumtoz shoirlarimizning asarlarida real voqeliklar yoritilishi barobarida qoraqalpoq xalqining engilmas irodasi, ziddiyatli davrida aholi ijtimoiy hayotidagi  o‘zgarishlar ham yoritilganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘istan Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasini tarixi o‘qitilishiga doir ilmiy seminarlarni tashkil qilish jarayonida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘istan Respublikasi Maktabgacha va maktab  ta’limi vazirligining 01-05/2-3921-sonli ma’lumotnomasi 2023-yil 30-oktyabr). Natijalarning qo‘llanilishi yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish