Zufarova Nozima Gulamiddinovnaning
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi):“Oliy ta’lim tizimida brend kapitalini yaratish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-«Marketing» hamda 08.00.05 – «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» tutash ixtisosliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt633.
Ilmiy maslahatchi: Ergashxodjaeva Shaxnoza  Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzaev Abdullajon Topilovichni va iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullaev Ilyos Sultanovich. Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. Dissertatsiya yo ’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida brend kapitalini yaratish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasi brend kapitali” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oliy o‘quv yurtining ta’lim, ilmiy va ijtimoiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan nomoddiy qadriyatlarni aks etadigan funksiya sifatida qaralib, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun uzoq muddatli qiymatga ega bo‘lgan barqaror raqobatdosh ustunlikni yaratish uchun asos bo‘lgan nomoddiy aktivlar va resurslar majmuini ifodalovchi nomoddiy kapital nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasining brend kapitalini rivojlantirish uslubi an’anaviy brend kapitalini shakllantirish tizimini brend taniqliligi, brend imiji va brendga bo‘lgan his tuyg‘uni oshirishda ijtimoiy-marketing vositasidan foydalangan holda takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimi transformatsiyasi jarayonida ta’lim turiga qarab davlat, xususiy va xalqaro bo‘yicha brend nufuzini oshirishda multinominal logistik modeli ta’lim sifat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi hayotiylik davrining davomiylik Ologit nisbiy logarifm regressiya modeli orqali bilim darajasining bir birlik o‘sishi natijasida (1≤2), kutilayotgan universitet taniqliligining ehtimoliy logarifmik koeffisienti 1.537 ga yuqoriligi va Sj = β xj + uj  orqali  P(ut=“1”) = P(S + u ≤ _cut1) = P(S + u ≤ 7.014); P(ut=“2”) = P(S + u ≤ _cut2) = P(7.014<S + u ≤ 8.8); P(ut=“3”) = P(S + u ≤ _cut3) = P(8.8<S + u ≤ 11.344); P(ut=“4”) = P(S + u ≤ _cut4) = P(11.344<S + u ≤ 14.65) ko‘rsatkichlar asosida baholash taklif etilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi transformatsiyasi jarayonidagi ekzogen omillarni inobatga olgan holda talabalar soni dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida brend kapitalini yaratish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasi brend kapitali” tushunchasining iqtisodiy mazmunini oliy o‘quv yurtining ta’lim, ilmiy va ijtimoiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan nomoddiy qadriyatlarni aks etadigan funksiya sifatida qaralib, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun uzoq muddatli qiymatga ega bo‘lgan barqaror raqobatdosh ustunlikni yaratish uchun asos bo‘lgan nomoddiy aktivlar va resurslar majmuini ifodalovchi nomoddiy kapital nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Brend boshqaruvi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-yil 25-apreldagi 111-13-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida marketing yo‘nalishidagi talabalarda talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun uzoq muddatli qiymatga ega bo‘lgan barqaror raqobatdosh ustunlikni yaratish uchun asos bo‘lgan nomoddiy aktivlar va resurslar majmuini ifodalovchi nomoddiy kapital nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan oliy ta’lim muassasasi brend kapitali tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasining brend kapitalini rivojlantirish uslubi an’anaviy brend kapitalini shakllantirish tizimini brend taniqliligi, brend imiji va brendga bo‘lgan his tuyg‘uni oshirishda ijtimoiy-marketing vositasidan foydalangan holda takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-iyundagi №04/04-1698-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida brend kapitalini baholash imkoni yuzaga kelgan, fakultetlararo talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatlashuvni rivojlantirish asosida Xalqaro turizm fakultetiga tabaqalashtirilgan (oshirilgan) qo‘shimcha shartnoma (kontrakt) bilan kirgan talabalar soni 2023-2024 o‘quv yilida 70 tani tashkil etib, 2022-2023 o‘quv yiliga nisbatan 14,8 foizga oshgan va kontrakt tushumlari hajmi 3,94 mlrd so‘mni tashkil etgan;                    
oliy ta’lim tizimi transformatsiyasi jarayonida ta’lim turiga qarab davlat, xususiy va xalqaro bo‘yicha brend nufuzini oshirishda multinominal logistik modeli ta’lim sifat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-iyundagi №04/04-1698-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2022-yil yakuni bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti milliy reytingda 9-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan;    
      oliy ta’lim muassasasi hayotiylik davrining davomiylik Ologit nisbiy logarifm regressiya modeli orqali bilim darajasining bir birlik o‘sishi natijasida (1≤2), kutilayotgan universitet taniqliligining ehtimoliy logarifmik koeffisienti 1.537 ga yuqoriligi va Sj = β xj + uj  orqali  P(ut=“1”) = P(S + u ≤ _cut1) = P(S + u ≤ 7.014); P(ut=“2”) = P(S + u ≤ _cut2) = P(7.014<S + u ≤ 8.8); P(ut=“3”) = P(S + u ≤ _cut3) = P(8.8<S + u ≤ 11.344); P(ut=“4”) = P(S + u ≤ _cut4) = P(11.344<S + u ≤ 14.65) ko‘rsatkichlar asosida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-iyundagi №04/04-1698-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2022-yil yakuni bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nufuzli QS Stars xalqaro reytingida faxrli 5 yulduzni qo‘lga kiritgan;    O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi transformatsiyasi jarayonidagi ekzogen omillarni inobatga olgan holda talabalar soni dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-iyundagi №04/04-1698-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlardan mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish