Xudoyberdiev G‘iyosiddin Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiy matnlar vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4044.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Meliev Xamidullo Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi adabiy matnlar vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini nazariy asoslash orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
        o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari murakkab pedagogik tizimning komponenti sifatida o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini oshirishga nisbatan didaktik va metodik ko‘rsatkichlarni zamonaviy pedagogik paradigmalarga muvofiq qo‘llash asosida aniqlshtirilgan;
sog‘lom turmush tarzini tashkil etishning pedagogik mazmuni etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish yo‘nalishlarini oquvchilarning gender xususiyatlariga muvofiq ta’lim amaliyotiga ergonomik talablar asosida tatbiq etish hamda o‘quvchi shaxsining ontogenez rivojlanish jarayonida jismoniy mashqlarning pragmatik xususiyatlarini aniqlshtirish orqali ochib berilgan;
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini adabiy matnlar vositasida rivojlantirish modeli an’anaviy va masofaviy ta’lim imkoniyatlarini ta’lim jarayonining pedagogik va psixologik, o‘quvchilarning fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda gorizontal integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va fiziologik xususiyatlarini ularning rivojlanish vektoriga nisbatan nisbatan gorizontal va vertikal to‘g‘ri yo‘naltirish hamda adabiy matnlarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan komporotivistik qiyoslah vositasida ta’lim samaradorligini oshirish zarurati asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: o‘quvchi-yoshlarda adabiy matnlar vositasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, tayyorlangan ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida:
murakkab pedagogik tizimning komponenti sifatida o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini oshirishga nisbatan didaktik va metodik ko‘rsatkichlarni zamonaviy pedagogik paradigmalarga muvofiq qo‘llash asosida aniqlshtirilgan o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari bo‘yicha xulosalar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 30-martdagi 39-son buyrug‘i asosida berilgan 39-09-raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga oid  bilim, amaliy ko‘nikmalarini  rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish yo‘nalishlarini oquvchilarning gender xususiyatlariga muvofiq ta’lim amaliyotiga ergonomik talablar asosida tatbiq etish hamda o‘quvchi shaxsining ontogenez rivojlanish jarayonida jismoniy mashqlarning pragmatik xususiyatlarini aniqlashtirish orqali ochib berilgan sog‘lom turmush tarzini tashkil etishning pedagogik mazmuni, an’anaviy va masofaviy ta’lim imkoniyatlarini ta’lim jarayonining pedagogic va psixologik, o‘quvchilarning fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda gorizontal integratsiyalsh hamda komponentlarini izchillik asosida tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini adabiy matnlar vositasida rivojlantirish modeliga oid taklif va tavsiyalar  “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘yinlarni o‘qitish metodikasi”, “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2023 yil 30 maydagi 71-son buyrug‘i asosida berilgan 71-15 raqamli hamda 2023 yil 30 sentyabrdagi 156-son buyrug‘i asosida berilgan 156-06 raqamli guvohnomalari). Natijada, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik vositalari qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlik asosida takomillashtirilgan;
  boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va fiziologik xususiyatlarini ularning rivojlanish vektoriga nisbatan gorizontal va vertikal to‘g‘ri yo‘naltirish va bunda zamonaviy pedagogic yondashuvlar asosida adabiy matnlarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan komporotivistik qiyoslash vositasida ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan asoslangan amaliy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining OT-F-02-raqamli «Sport madaniyatini rivojlantirish orqali yoshlarda ruhiy va ongli chiniqishini shakllantirish» (2017-2020 yy.) nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-15G‘5138-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning motivatsion, qadriyatli munosabatlar, jismoniy salomatlik, ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlanirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish