Qurbonov Jasurbek Akmaljonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarning intellektual madaniyatini falsafiy rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped394.
Ilmiy tadqiqod ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatni falsafiy rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini falsafiy rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati intellektual madaniyat tushunchasining pedagogik asoslarini takomillashtirishning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv-baholovchi  komponentlarini intellektual faoliyat  vositalari va bilish algoritmi hamda strategiyalariga ta’lim mazmuniga muvofiq gorizontal integratsiyalash orqali asoslangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirishning integrativ-innovatsion shakllari va usullari o‘quv-tarbiya jarayonida integratsion yondashuv va hamkorlikdagi harakatning kooperativlikka asoslangan jamoada ishlash, muloqotchanlik, liderlik kompetensiyalarini shakllantirish imkonini beruvchi o‘z-o‘zini baholash va qayta aloqa mexanizmiga moslashtirilgan pedagogik algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirishning metodik va texnologik tizimi integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlarini modellashtirish orqali madaniyatni rivojlantirishning ko‘p bosqichli kvalimetrik baholash mezonlarini reproduktiv, produktiv va ijodiy ko‘rsatkichlar bilan qayta aloqasini ta’minlovchi korrelyasion mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini va intellektual faoliyat darajalarini kognitiv, assotsiativ, avtonom va grafik organayzerlar ko‘rinishida integrativ tasvirlash hamda jarayon algoritmini o‘quv elementlari grafik mantig‘iga muvofiq modellashtirish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini rivojlantirishning muammoli, evristik texnologiyalari orqali intellektual faoliyatga qiziqishning ekstensiv, kompensatorli, kommunikativ funksiyalarini nostandart fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini zamonaviy pedagogik yondashuvlarga muvofiq takomillashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirishning metodik asoslarini rivojlantirish asoslangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatni rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
intellektual madaniyat tushunchasining pedagogic asoslarini takomillshtirishning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv-baholovchi   komponentlarini intellektual faoliyat  vositalari va bilish algoritmi hamda strategiyalariga ta’lim mazmuniga muvofiq gorizontal integratsiyalash orqali asoslangan bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini falsafiy rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruratiga oid tavsiyalar “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 314-295-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
o‘quv-tarbiya jarayonida integratsion yondashuv va hamkorlikdagi harakatning kooperativlikka asoslangan jamoada ishlash, muloqotchanlik, liderlik kompetensiyalarini shakllantirish imkonini beruvchi o‘z-o‘zini baholash va qayta aloqa mexanizmiga moslashtirilgan pedagogik algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirishning integrativ-innovatsion shakllari va usullariga doir takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent  davlat  pedagogika universitetida bajarilgan FZ-2020010829 sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 18-yanvardagi 11-05-159/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatni rivojlantirishga doir integrativ ta’lim-tarbiyani tashkil etish bosqichlari o‘quv-tarbiya jarayonida integratsion yondashuv va hamkorlikdagi harakatning koperativlikka asoslash imkoni yaratilgan;
integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlarini modellashtirish orqali madaniyatni rivojlantirishning ko‘p bosqichli kvalimetrik baholash mezonlarini reproduktiv, produktiv va ijodiy ko‘rsatkichlar bilan qayta aloqasini ta’minlovchi korrelyasion mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillshtirilgan integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirishning metodik va texnologik tizimiga oid xulosalar “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 314-295-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlarini modellashtirish orqali madaniyatni rivojlantirish imkoni yaratilgan;
ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini va intellektual faoliyat darajalarini kognitiv, assotsiativ, avtonom va grafik organayzerlar ko‘rinishida integrativ tasvirlash hamda jarayon algoritmini o‘quv elementlari grafik mantig‘iga muvofiq modellashtirish asosida ishlab chiqilgan integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirish mexanizmlariga oid takliflar “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 314-295-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini rivojlantirish modelining amaliy komponentlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini rivojlantirishning muammoli, evristik texnologiyalari orqali intellektual faoliyatga qiziqishning ekstensiv, kompensatorli, kommunikativ funksiyalarini nostandart fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini zamonaviy pedagogic yondashuvlarga muvofiq takomillashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual madaniyatni rivojlantirishning metodik asoslarini rivojlantirishga doir tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent  davlat  pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170930223 - raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent  davlat  pedagogika universitetining 2024-yil 18-yanvardagi 11-05-159/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini rivojlantirishning muammoli, evristik texnologiyalari intellektual faoliyatga qiziqishlarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish