Musaeva Nafisa Kudratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar kvazidialogik nutqining pragmatik xususiyatlari”, 10.00.01 - O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1488.
Ilmiy rahbar: Davlatova Ra’no Haydarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qurbonova Munavvara Abdujabborovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar yolg‘iz, sahnalashtirib o‘ynaydigan o‘yin jarayonida yuzaga keladigan kvazidialogik nutqining pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda dialog va uning kommunikativ mohiyati, dialogik nutqning bir turi bo‘lgan kvazidialogni dialog, monolog, polilogdan muayyan makon va zamonda haqiqiy muloqot subektlarining navbatma-navbat ishtiroki kuzatilmasligi, muloqotning mazmunli kechishini ta’minlash va muhokama uchun mavzu obektining tanlanishi orqali farq qilishi aniqlangan;
kvazidialogda nutqiy sharoit, nutqning talaffuz etilish va etilmasligi (ichki va tashqi), ishtirokchilar miqdori kabi belgilariga ko‘ra bolaning ichki kvazidialogik nutqi, bolaning tashqi kvazidialogik nutqi, monologik tabiatli kvazidialogik nutq, dialogik tabiatli kvazidialogik nutq, bolaning ommaviy kvazidialogik nutqi kabi tiplari ochib berilgan;
sahnalashtirilgan kvazidialogda nutqiy vaziyatning markaziy belgilari bo‘lgan “so‘zlovchi – hozir − shu erda” tushunchalarining proeksiyasi, ya’ni “soyasi” yaratilib, deyksisning shaxs, predmet, zamon, makon, belgi, miqdor, ijtimoiy, emotsional, propozitiv deyksis kabi turlari ikkilamchi usulda ifodalananishi asoslab berilgan;
sahnalashtirilgan kvazidialogning kompozision tuzilishini uning mavzuiy repurtuari va muayyan tarkibiy tuzilmasi tashkil etib, bolalar tomonidan sahnalashtirilgan kvazidialoglar turiga ko‘ra kasbiy faoliyatga oid, oilaviy va shaxsiy, ijtimoiy-maishiy, bo‘sh vaqtdagi turli munosabatlar kabi mavzularga bag‘ishlanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar kvazidialogik nutqining pragmatik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda dialog va uning kommunikativ mohiyati, dialogik nutqning bir turi bo‘lgan kvazidialogni dialog, monolog, polilogdan farqli jihatlari yoritilganligiga oid materiallar tahlilidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 25-avgustdagi 04/1-1562-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslikda dialog va uning kommuniktiv mohiyati, dialogik nutqning bir turi bo‘lgan kvazidialogni dialog, monolog, polilogdan farqli jihatlariga oid materiallar tahlili ilmiy hamda amaliy manba boʻlib xizmat qilgan;
bolalar kvazidialogik nutqining pragmatik xususiyatlari; monolog, dialog, va kvazidialog bolalar nutqining diskursiv shakllari haqidagi qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutda 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 23-maydagi 17.01/78-son ma’lumotnomasi). Natijada monolog, dialog, va kvazidialogning qiyosiy tahlili asosida ularning har biri alohida til hodisasi ekanligi aniqlangan;
sahnalashtirilgan kvazidialogda nutqiy vaziyatning markaziy belgilari bo‘lgan “so‘zlovchi – hozir − shu erda” tushunchalarining proeksiyasi, ya’ni “soyasi” yaratilib, deyksisning shaxs, predmet, zamon, makon, belgi, miqdor, ijtimoiy, emotsional, propozitiv deyksis kabi turlari ikkilamchi usulda ifodalananishi asoslab berilganligi hamda sahnalashtirilgan kvazidialogning kompozision tuzilishini uning mavzuiy repurtuari va muayyan tarkibiy tuzilmasi tashkil etib, bolalar tomonidan sahnalashtirilgan kvazidialoglar turiga ko‘ra kasbiy faoliyatga oid, oilaviy va shaxsiy, ijtimoiy-maishiy, bo‘sh vaqtdagi turli munosabatlar kabi mavzularga bag‘ishlanishi isbotlanganligi haqidagi nazariy fikr-qarashlardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom yangi kun!”, “Diyor 24” tonggi dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 01-10/86-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida bolalar nutqi individualligini ta’minlashda kvazidialogik nutqning muhim o‘ringa egaligi ota-onalar va pedagoglarga tushuntirilgan hamda bolalar kvazidialogik nutqi to‘g‘risidagi nazariy bilimlar mazmuni mukammallashgan.