Isakova Lola Isakovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zahiralari kollejlari o‘quvchilarining salomatlik holatini majmuaviy gigienik baholash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib241.

Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: kasbiy yo‘naltirilgan o‘quvchi-sportchilarda kasallanish, funksional va jismoniy rivojlanish mezonlarini ilmiy asoslash asosida bolalar salomatlik holati buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning samarali tizimini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sport maktabi va olimpiya zahiralari kolleji o‘quvchilarining o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan sport turi asosida darsdan tashqari faoliyati, o‘quv mashg‘ulotlari, bolalar salomatlik holati, dam olish, ta’lim va tarbiya sharoitlarining  tizimi  takomillashtirilgan;

mamlakatimiz xududlarining antropometrik, morfofunksional ko‘rsatkichlari  asosida maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini yangi yosh-jins standartlari ishlab chiqilgan;

gipodinamik holati va asab-emotsional zo‘riqishni pasaytirish, o‘quvchilarning kunlik jismoniy yuklamasini optimallashtirish natijasida harakat faolligining gigienik me’yorlari ishlab chiqilgan;

aniq tanlangan sport turi bo‘yicha ta’lim muassasasi turiga mos ravishda sportchi o‘quvchilarni kasallanish ko‘rsatkichlari asosida shifokorgacha bo‘lgan skrining ko‘rik o‘tkazish mezonlari, shifokor kasbiy maslahati, kasb tanlash, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha kasbga yo‘naltirish mezonlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zahiralari kollejlari o‘quvchilarining salomatlik holatini majmuaviy gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘zbekiston Respublikasida 7-17 yoshdagi maktab o‘quvchilari jismoniy rivojlanishining baholashning me’yoriy jadvallari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamlakatimizda istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar orasida jismoniy rivojlanishning me’yoriy ko‘rsatkichlari asosida jismoniy rivojlanishni baholash, uning asosida o‘quvchilar foliyatining gigienik me’yorlarini ishlab chiqish va ular yordamida salomatlik holatini baholash imkonini bergan;

«O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash va harakat faolligining gigienik me’yorlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalar va o‘smirlar orasida aqliy va jismoniy rivojlanishining uyg‘unligini ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya va harakat faolligini ta’minlovchi giginenik me’yorlar ishlab chiqish va ular yordamida salomatlik holatini ta’minlash imkonini bergan;

«O‘quv tarbiya muassasalari tibbiy hamshirlari uchun shifokorlargacha skrining-kuzatuv qo‘llanmasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘quv tarbiya muassasalarida o‘quvchilarni tibbiy hamshiralar tomonidan salomatlik holati, jismoniy va funksional holatidagi o‘zgarishlarini erta aniqlash va ularning oldini olish maqsadida korreksiyalovchi chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;

ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zahiralari kollejlari o‘quvchilarining salomatlik holatini majmuaviy gigienik baholash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Bolalar va o‘smirlar sport maktablari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, Respublika, Toshkent shahar va Toshkent viloyati davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 8n-z/128-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarni joriy etish o‘quvchi-sportchilarni jismoniy tayyorgarlikning gigiena sharoitlarini nazorat qilishni yaxshilashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish