Murodullaeva Gulinur Xikmatullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi) “Davlat boshqaruv tizimida korrupsiyani oldini olishning asosiy usuli sifatida manfaatlar to‘qnashuvini hal etish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu468.
Ilmiy rahbar: Samarxodjaev Botir Bilalovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Juraev Sherzod Yuldashevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi davlat boshqaruv tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy usuli sifatida manfaatlar to‘qnashuvi oldini olishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu to‘qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shartligi asoslab berilgan;
manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish chorasi sifatida davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi shartligi asoslangan;
davlat fuqarolik xizmati munosabatlarida rahbarlar jamoada guruhbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va qo‘llab-quvvatlash) ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning oldini olish zarurligi asoslangan;
davlat xizmatchilari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik kerakligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish samaradorligini oshirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu to‘qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shartligi haqidagi taklif 2022-uil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrursiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 3-noyabrdagi 57-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi davlat boshqaruvida korrursiyaga qarshi kurashishning asosiy usuli bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida oldini olish imkonini bergan;
davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi shartligi to‘g‘risidagi taklif 2022 yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliu Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 3-noyabrdagi 57-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya qilish orqali ular tomonidan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘umaslikka xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmati munosabatlarida rahbarlar jamoada guruhbozlik va favoritizm (aurim xodimlarni uaqin olish va qo‘llab-quvvatlash) ko‘rinishlariga uo‘l qo‘umaslik, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiu omillarning oldini olish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan taqdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 10-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 5-noyabrdagi 12/21-83-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan guruhbozlik va favoritizm ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik imkonini bergan;
davlat xizmatchilari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiu manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerakligi haqidagi taklif O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-uil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 22-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 5-noyabrdagi 12/21-83-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat boshqaruvida korrursiya va manfaatlar to‘qnashuvini asosi bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish