Sherqulova Jamila Payanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo vohasi sharoitida introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalar mikromisetlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/V103.

Ilmiy rahbar: Nuraliev Xamro Haydaralievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Kamilov Shuxrat G‘anievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo vohasi sharoitida introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalar mikromisetlarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralari samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qashqadaryo vohasi sharoitida introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalarda mikromisetlarning 2 bo‘lim, 7 sinf, 12 tartib, 25 oila, 39 turkumga mansub 117 tur va 3 ta formasi aniqlangan va konspekti tuzilgan;

ilk bor manzarali daraxt va butalarda O‘zbekiston mikobiotasi uchun 1 turkum va 47 zamburug‘ turlari aniqlangan;

introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalar mikromisetlarining mavsumiy rivojlanishi hamda o‘simlik oilalari bo‘yicha tarqalishi ochib berilgan.

mikromisetlarning 17 turini yangi xo‘jayin o‘simliklarda tarqalishi va manzarali daraxt va butalarda uchraydigan yangi zamburug‘ kasalliklari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qashqadaryo vohasida introdusiya qilingan manzarali daraxt va butalar mikromisetlarini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:

ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llanilayotgan manzarali daraxt va butalar mikromisetlarining mavsumiy rivojlanishi va o‘simlik oilalarida tarqalishi bo‘yicha ma’lumotlar Shahrisabz shahrining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 maydagi 02/023-94-son ma’lumotnomasi). Natijada manzarali daraxt va butalarni manzaralilik holatini saqlab qolish, shahardagi bog‘ va xiyobonlarni qo‘kalamzorlashtirishda zamburug‘ kasalliklariga chidamli o‘simlik turlarini tanlash imkonini bergan;

Qashqadaryo vohasining manzarali daraxt va butalarda uchraydigan 120 tur va forma zamburug‘lar asosida yaratilgan “Qashqadaryo vohasi manzarali daraxt va butalar mikromisetlari” elektron ma’lumotlar bazasi hamda zamburug‘ kasalliklariga qarshi kurarshish chora-tadbirlari Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03/17-1159-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar istirohat bog‘laridagi daraxt va butalarda uchraydigan parazit zamburug‘larni aniqlash va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini bergan;

mikromisetlarning 120 tur va formasidan iborat 203 tadan ortiq gerbariy namunalari Botanika instituti Mikologiya gerbariysi (TASM) Noyob ob’ektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 22 iyundagi 4/1255-1658-son ma’lumotnomasi). Namunalar respublika shaharlaridagi ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llanilayotgan manzarali daraxt va butalardagi xavfli zamburug‘ kasalliklari ma’lumotlar elektron bazasini tuzish va monitoringini amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish