Norbutaeva Begoyim Xusan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli ekish muddat va me’yorlarini soyaning o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’siri (Sirdaryo viloyati misolida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx847.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Abduvali Akbaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan bo‘z o‘tloqi tuproqlari sharoitida soyaning o‘rtapishar maxalliy “To‘maris Man-60” hamda xorijiy “Selekta-302” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddatlari va ko‘chat qalinliklarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatining bo‘z o‘tloqi tuproqlari sharoitida soyaning o‘rtapishar mahalliy To‘maris Man-60 va Selekta-302 navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari hamda me’yorlari ishlab chiqilgan;
Soya navlari urug‘lari 10 aprel muddatda 60x4-1 sxemada ekilganda 417 ming dona/ga, 20 va 30 aprel muddatlarida 60x5-1 sxemada ekilganda 333 ming dona/ga ko‘chat qalinligida ekish yuqori samara berishi aniqlangan;
Urug‘ ekish muddatlari va ko‘chat qalinliklarini soya navlarining o‘sib rivojlanishi va hosil elementlarining shakllanishi o‘rtasidagi korrelyasion va regresion bog‘liqliklar aniqlangan;
Soya navlari urug‘larini 20 aprel muddatida ekib etishtirish urug‘larni 10 aprel va 30 aprel muddatlarida ekib etishtirishga nisbatan To‘maris Man-60 navida 1,9 s/ga dan 3,4 s/ga gacha, iqtisodiy rentabellik darajasi 10,0 foizdan 16,8 foizgacha, Selekta-302 navida 2,0 s/ga dan 3,4 s/ga gacha, iqtisodiy rentabellik darajasi 10,5 foizdan 16,9 foizga yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo viloyati sharoitida soya navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va ko‘chat qalinliklarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Donchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Turli ekish muddatlarini soyaning o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’siri” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 28.09.2023 yildagi №04/34-06/1119-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida soya navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Soyaning “To‘maris Man-60” hamda “Selekta-302” navlari Boyovut tumani “Xasanboy xusanboy” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, “Qayirma mirishkor” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Sirdaryo ITS ishlab chiqarish dalasida 20,5 gektar, jami 32,5 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 28.09.2023 yildagi №04/34-06/1119-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni ekishning eng maqbul muddati “To‘maris Man-60” hamda “Selekta-302” navlarida 20 aprel muddatida 60x5-1 ekish sxemasida gektariga 333 ming tup nazariy ko‘chat hisobida ekilib etishtirish yuqori samara berishi aniqlangan;
Soyaning “To‘maris Man-60” va “Selekta-302” navlari urug‘larini 20 aprel muddatida 60x5-1 ekish sxemasida gektariga 333 ming tup nazariy ko‘chat hisobida ekib etishtirish texnologiyasi Boyovut tumanida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 28.09.2023 yildagi №04/34-06/1119-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali don hosildorligi har gektaridan 3,5-4,0 sentnergacha yuqori bo‘lib, rentabellik darajasi 28-30 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish