Ayasov Xushbek G‘aybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent vohasi sharoitida Bo‘yoqli basma (Indigofera tinctoria L.) va Bog‘ balzami (Impatiens balsamina L.) ning bioekologik xususiyatlari va etishtirish texnologiyasi”, 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx882.
Ilmiy rahbar: Axmedov Egamyor Toshboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilobar Tolibjonovna, biologiya fanlari doktori; Baratova Moxidil Raximovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent vohasi sharoitida Bo‘yoqli basma (Indigofera tinctoria L.) va Bog‘ balzami (Impatiens balsamina L.) ning bioekologik xususiyatlari va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent vohasining och tusli va tipik bo‘z tuproq sharoitlarida Bo‘yoqli basma o‘simligini maqbul ekish muddati 30 aprel va ekish me’yori 3 kg/ga hamda Bog‘ balzami o‘simligini maqbul ekish muddati 15 aprel va ekish me’yori 4 kg/ga teng bo‘lishi ilmiy isbotlanib, dala sharoitlarida Bo‘yoqli basma o‘simligini urug‘ unuvchanligi 83,5% ni va Bog‘ balzami o‘simligida esa 82 % ni tashkil etganligi aniqlangan;
o‘simlik urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligi harorat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, Bo‘yoqli basma o‘simligida maqbul harorat +250C bo‘lganda unuvchanlik miqdori 82% ni hamda Bog‘ balzami o‘simligida esa maqbul harorat +200C bo‘lganda bu ko‘rsatkichlarni 95% ga yuqori bo‘lganligi ilmiy isbotlandi;
och tusli bo‘z tuproq sharoitida Bo‘yoqli basma va Bog‘ balzami o‘simliklariga N60P60K40 kg/ga qo‘llanilganda Bo‘yoqli basma o‘simligining er ustki vazni 5,730 kg/ga, urug‘ hosildorligi 1,861 kg/ga va tipik bo‘z tuproq sharoitlarida Bo‘yoqli basma o‘simligining er ustki vazni 6778,9 kg/ga, urug‘ hosildorligi 2184 kg/ga hamda och tusli bo‘z tuproq sharoitida Bog‘ balzami o‘simligida bu ko‘rsatkichlar 3,354 kg/ga va 705,2 kg/ga va tipik bo‘z tuproq sharoitlarida esa bu ko‘rsatkichlarni 3768,7 kg/ga va 782,5 kg/ga yuqori bo‘lganligi ilmiy isbotlangan;
Bo‘yoqli basma o‘simligini etishtirishda N60P60K40 kg/ga me’yorda qo‘llanilishi natijasida o‘simlik barglari tarkibidagi apigenin 35,51 mg/100 g, gall kislota 1,97 mg/100 g, giperazid 8,12 mg/100 g, rutin 0,72 mg/100 g.ni hamda Bog‘ balzami o‘simligini etishtirishda bu ko‘rsatkichlar o‘simlik bargidagi apigenin 41,72 mg/100 g, gall kislota 8,15 mg/100 g, gipolaetin 0,18 mg/100 g. bo‘lganligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘yoqli basma va Bog‘ balzami o‘simliklarining Toshkent viloyati sharoitida bioekologik xususiyatlarini va etishtirish texnologiyasini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Bo‘yoqli basma va Bog‘ balzami o‘simliklarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarni N60P60K40 kg/ga me’yorda qo‘llash ishlanmasi Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida 4 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 29-dekabrdagi 04/21–7768–son ma’lumotnomasi). Natijada, Bo‘yoqli basma poya, barg va urug‘ xom ashyo hosildorligi 1,5 barobarga va olingan daromad 99867380 so‘m/ga, o‘simlik urug‘laridan olinadigan daromad 34626743 so‘m/ga atrofida qayd etilgan, Bog‘ balzami poya, barg va urug‘ xom ashyo hosildorligi 1,3 barobarga va olingan daromad 38566414 so‘m/ga, o‘simlik urug‘laridan olinadigan daromad 12457815 so‘m/ga ni tashkil etgan;
Bo‘yoqli basma va Bog‘ balzami o‘simliklarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarni N60P60K40 kg/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Darxon” tajriba xo‘jaligi sharoitida 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 29-dekabrdagi 04/21–7768–son ma’lumotnomasi). Natijada, Bo‘yoqli basma o‘simligining poya, barg va urug‘ xomashyo hosildorligi 1,7 barobarga va olingan daromad 123994380 so‘m/ga, o‘simlik urug‘laridan olinadigan daromad 44965943 so‘m/ga so‘m atrofida qayd etilgan, Bog‘ balzami xom ashyo hosildorligi 1,5 barobarga va olingan daromad 47632414 so‘m/ga, o‘simlik urug‘laridan olinadigan daromad 16322815 so‘m/ga ni tashkil etgan.