Uzoqov Farxod G‘afforovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jin kolosnigi hamda uzellarini tadqiq va modellashtirish orqali resurs tejamkorligini oshirish maqsadida parametrlarini optimallashtirish” 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1604.
Ilmiy rahbar: Azizov Shuxrat Mamatovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Xayrullo No‘monjanovich, texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani dastlabki qayta ishlashning texnologiyasi talablariga javob beruvchi resurstejamkor, yangi takomillashgan konsolli kolosnik konstruksiyasini yaratish, hamda samarali texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jin mashinalarida chigitni shikastlanishini kamaytiruvchi va o‘rtacha uzun tolalar chiqishi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beruvchi yarim aylanali konstruksiyaga ega konsolli kolosnik yaratilgan;
yangi konstruksiyadagi yarim aylanali konsolli kolosniklar o‘rnatilgan jinda jinlash jarayonida  sifatli tola olish va chigitni shikastlanishinini kamaytiruvchi paxta homashyo valigining massasi va og‘irlik markazining harakat qonunini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;  
yarim aylanali konsolli kolosniklar o‘rnatilgan jinda, xomashyo valigining namligi, turiga, paxtaning tashqi ishqalanish kuchi hamda arrali silindrning aylanish tezligini xisobga oluvchi xomashyo valigini aylantirish uchun zarur bo‘lgan quvvat aniqlangan;
yarim aylanali konsolli kolosnikni tayyorlashda unga mexanik ishlov berish qiymatlari kesish tezligi, keskich turlari, quymalar hamda kesish traektoriyasi G-kodlari asosida Puanson hamda Matrix mould qolipini CNC raqamli frezerlash dastgohida tayyorlash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arrali jinning takomillashtirilgan yarim aylanali konsolli kolosnik panjarasi yaratish hamda uning konstruktiv va texnologik parametrlarni aniqlashga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan yarim aylanali konsolli kolosnik panjarasi o‘rnatilgan jin mashinasi  “Art Soft Tex Claster FX” tasarufidagi “Pop paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 23 oktyabrdagi №03/22-807 son ma’lumotnomasi). Natijada arrali silindrlarni gorizizontal o‘qga nisbatan 600 burchak ostida o‘rnatilib, ishchi kamerani raduisi 180 mm bo‘lganda chigitni shikastlanishi 1,01% gacha kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish