Norbekov Shohzod Mamarasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiiy tolalarning yarimo‘tkazgich xususiyatlarini tadqiq qilish va ular asosida diskret asboblar yaratishni tavsiya qilish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM819
Ilmiy rahbar: Mamadalimov Abdugafur Teshaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Zikrillaev Nurilla Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sharibaev Nosirjon Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy yarimo‘tkazgichli bambuk hamda paxta tolalarining elektrofizik va optik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yod bilan legirlangan bambuk tolalaridan va “Komolot-79” navli paxta tolalaridan o‘tayotgan tok qiymati harorat ortishi bilan eksponensial qonuniyat bo‘yicha ortishi va aktivatsiya energiyalari mos ravishda Et1=Ec-0,57 eV va Et2=Ec-0,83 eV ekanligi aniqlangan;
ilk bor λ=254 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik bilan yoritilganda (hν≥Eg) yod bilan legirlangan bambuk tolalarida fotoo‘tkazuvchanlikning uzoq muddatli (250 s) relaksatsiyasi aniqlangan va ularning klassik zona diagrammasi tavsiya qilingan;
ilk bor yod bilan legirlangan “Xorazm-150“ navli paxta tolalari namunalarida manfiy fotoo‘tkazuvchanlik fenomeni qayd qilingan;
ilk marotaba “Xorazm-150” navli paxta tolalarini KMnO4 bilan 80 °C haroratda 1, 3 va 6 soat davomida legirlangan va ushbu legirlash vaqti ortishi bilan tolalarning elektro‘tkazuvchanligi nochiziqli ortishi aniqlangan;
ilk bor γ-60So bilan nurlantirilgan bambuk tolalari va “Komolot-79” navli paxta tolalarining elektroo‘tkazuvchanligi γ nurlanish dozasiga bog‘liqligi aniqlangan va 1.2∙106÷28.4∙106 ren diapazonidagi radioaktiv nurlanish tabiiy tolalarda Frenkel nuqsonlarini hosil qilishi aniqlangan;
ilk bor KMnO4 bilan legirlangan bambuk tolalari uchun aktivatsiya energiyasi Et1=1,05 eV, “Xorazm-150“ navli paxta tolalari uchun esa Et2=0,54 eV ga tengligi hamda ushbu tolalardan 80 V kuchlanishda o‘tayotgan tok harorat ortishi bilan eksponensial qonun bo‘yicha ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta va bambuk tolalarining yarimo‘tkazgich xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Paxta tolalarining radioaktiv, kimyoviy va termik ishlov berilishi tufayli olingan noyob fotosezgirlikka egaligi hamda haroratning o‘zgarishi jarayonida elektro‘tkazuvchanlik gisterezisi yo‘qligi kabi noyob ilmiy natijalardan «FOTON» AJ da tayyorlangan yarimo‘tkazgich elektron namunalardan foydalanish uchun sinovdan o‘tkazilgan (“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 18-sentyabrdagi №-04-3/1234-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ilmiy natijalardan foydalanish natijasida tajribaviy namunalardan elektron sxema tuzishda, harorat va yorug‘likka sezgir elementlar ishlab chiqarishga tavsiya berilgan;
dissertasiya doirasida ishlab chiqilgan texnologik rejimlar asosida radioaktiv va kimyoviy ishlov berilib, yod hamda KMnO4 bilan legirlangan seluloza tolalaridan Namangan muhandislik-qurilish institutida bajarilgan OT-F2-70 raqamli “Kuchli elektromagnit maydondagi nano o‘lchamli yarimo‘tkazgich parametrlariga harorat, deformatsiya va yorug‘lik ta’siri” mavzusidagi loyixaning ilmiy texnikaviy vazifalarini bajarishda, jumladan loyixa doirasida qizdiruvchi o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonda gomo va geterostrukturalar ilk marta olinib, ularning elektrofizik va fotoelektrik xossalarini o‘rganishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-dekabrdagi №-4/17-13/0-09-1142-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ushbu materiallar asosida qizdiruvchi o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonda gomo va geterostrukturali noyob elektrofizik va fotoelektrik xossalariga ega bo‘lgan materiallarni olish imkonini bergan.