Yuldashev Farxod Talazovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida texnika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnogen chiqindilardan sementga faol mineral qo‘shimcha va uni tayyorlash usuli”, 11.00.05-Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari buyicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr297
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Ilmiy rahbar: Aminov Hamza Husanovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.18/30.11.2022.T.153.01.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining ixtiroga olingan patent nomi: “Chiqindilardan sementga faol mineral qo‘shimcha va uni tayyorlash usuli” (№ IAP 05372, 2017 y.) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining 2017 yil 10 martda O‘zR Intelektual mulk agentligida ro‘yxatga olingan.
II. Tadqiqotning maqsadi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sanoat chiqindilardan (fosfogips, kul-shlaklar) avtoklavda qayta ishlab, sementga faol mineral qo‘shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
sement ishlab chiqarishda texnogen chiqindilardan foydalanib (fosfogips, kul va shlak) yangi turdagi faol mineral qo‘shimcha "Fosfozol" olish texnologiyasi yaratilgan;
sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish orqali faol mineral qo‘shimcha - "Fosfozol" olish texnologiyasining optimal parametrlari asoslangan;
atrof-muhitni ifloslantiruvchi texnogen chiqindilarni qayta ishlab olingan "Fosfozol"ni sementga 20 % qo‘shilishi orqali 400 markali sement olingan;
texnogen chiqindilardan olingan "Fosfozol"ni sementga qo‘shishda uning miqdoriga qarab, sementning qotish vaqti jarayonini boshqarish mumkinligi isbotlangan;
texnogen chiqindilar asosidagi qo‘shimchali sementlarning qotishishida "tarkib-struktura-xususiyat" korreliatsion bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqotning natijalarini joriy qilinishi
Ilmiy tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan va № IAP 05372 ixtiro patenti bilan himoyalangan texnologiya “ELEMENTAL” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Ohangaron tumani joylashgan “AXANGARANSEMENT” aksionerlik jamiyatlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 17 maydagi 03-03/3-4826-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tashkilotlarda texnogen chiqindilardan ofydalanib, yaratilgan texnologiya bo‘yicha 3 million tonnadan ortiq qo‘shimchali sement ishlab chiqarilgan. Taklif etilayotgan texnologiya qo‘llanilganda 1 tonna sement ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga CO2 gazlarning chiqishi 30-35 % ga kamaytirilgan. Joriy etilgan tashkilotlardagi katta miqdorda energiya tejalishi hisobiga mazkur korxonaning yangi texnologiyani joriy etishdan iqtisodiy samaradorligi qariyb 350 milliard so‘mni tashkil etgan. Mazkur texnologiyani joriy qilish natijasida sement ishlab chiqarish sanoatida yiliga ishlatiladigan 2 mln. tonna gipsni tejashga va ochiq usulda kovlab olinadigan gips karerlaridan atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni ma’lum miqdorda kamaytirish imkoniyati yaratilgan. Ijtimoiy samaradorlik sanoat chiqindilarni utilizatsiya qilinishi, atmosferaga tashlanayotgan chiqindi gaz tashlamalari miqdorini kamaytirilishi xamda aholini yashash va ishlash sharoitini yaxshilanishiga imkon yaratilgan.