Boboqulov Farxod Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gazni qayta ishlash zavodlarining mash’ala gazlari tarkibidan CO2 va H2S ni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3810.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzulloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Shamshidinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gazni qayta ishlash sanoati mash’ala gazlari tarkibidagi CO2 va H2Sni ekologiyaga chiqayotgan zararli miqdorini kamaytirish, shu bilan birgalikda import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mash’ala gazini tozalashda gaz tarkibidagi nordon gazlarga nisbatan ishqor miqdorini 0,2-0,45 molyar nisbatda oshirilganda ishqorlarning o‘rta tuzlari olish mumkinligi isbotlangan;
mash’ala gazi tarkibidagi 69,61 % CO2 va 24,24 % H2S ni NH4OH ning 20-25 % (mass.) konsentratsiyali suvli eritmasiga 1:2,4-2,45 molyar nisbatida bo‘lganda CO2 ning 31,6 % va H2S ning 21,36 % gacha kamaytirish mumkinligi ilmiy asoslangan;
datlabki tozalangan gaz tarkibidagi 31,6 % CO2 va 21,36 % H2S ni NaOH ning 10-12 % (mass.) konsentratsiyali suvli eritmasi 1:2,0-2,2 molyar nisbatida bo‘lganda, umumiy CO2 ning 0,59 % gacha kamaytirishi va H2S ning to‘liq yutishi aniqlangan;
mash’ala gazi tarkibidagi CO2 va H2S komponentlarini ajratishda ammoniy gidroksid uchun bosim 6 atm va harorat 37 OC, natriy godroksidi uchun bosim 5 atm va harorat 33 OC bo‘lganda yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi aniqlangan;
aniqlangan maqbul sharoitlar asosida mash’ala gazini tozalashning ikki bosqichli texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gazni qayta ishlash zavodlarining mash’ala gazlari tarkibidan CO2 va H2S ni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gazni qayta ishlashda chiqadigan mash’ala gazlari tarkibidagi CO2 va H2S ni NH4OH ning 20-25 % (mass.) konsentratsiyali suvli eritmasi va NaOH ning 10-12 % (mass.) konsentratsiyali suvli eritmasi xemosorbentlari yordamida ajratish usuli Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023-yil 13-iyuldagi 01/1-24-1570-son ma’lumotnomasi). Natijada, mash’ala gazi tarkibidagi nordon komponentlar xemosorbsiyalanishi hisobiga sanoatda qo‘llaniladigan import mahsulotini mahalliylashtirish imkonini beradi;
mash’ala gazlari tarkibidagi CO2 va H2S ni NH4OH va NaOH xemosorbentlari yordamida ajratish texnologiyasi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023 yil 13 iyuldagi 01/1-24-1570-son ma’lumotnomasi). Natijada, mash’ala gazi tarkibidagi CO2 va H2S ning absorbentlarga xemosorbsion yutilishi hisobiga umumiy CO2 0,59 % gacha kamayishi va H2S ning to‘liq ajratib olinishi hisobiga ekologiyaga zararli gazlarni tarqalishini oldini olish imkonini beradi.