Xudaynazarov Sobirjon Qaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Moxov kasalligini sulfon preparatlari va kompleks dori terapiyasi yordamida davolash samaradorligini morfologik jihatdan asoslash” 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam:  B2022.4.PhD/Tib 3179.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajab Israilovich, tibbiyot fanlari doktori,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xuzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nazirov Sirojidin Nazirovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Tojikiston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Moxovni dori-darmonlar bilan kompleks davolashning oldingi sulfon preparatlari yordamida davolashdan farqini va solishtirganda residiv holatlarining vujudga kelishining patomorfologik belgilarini baholash va takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teri dermasida moxov lepramatoz va tuberkuloid shakllari tugunchasi tashkil topishining gistogenetik jixatlari  haqidagi ma’lumotlar  kelajakdagi prospektiv prognozini yoritishi aniqlangan;
moxovning xar xil shakllari bilan sulfanol dorilar bilan davolangan guruhda lepramatoz, tuberkuloid va lepramatoz shakllarida tugunchalarning keskin kichrayganligi va tarkibida  reparativ regenratsiyani morfologik belgilari bo‘lgan monotsito-makrofagal, gistiotsitar, retikulyar va limfoid hujayralar bilan infiltratsiyalanish paydo bo‘lishiga va kasallikni tuzalish davrini qisqarganligi isbotlangan;
kompleks dori-darmonlar ta’sirida moxovning lepramatoz, tuberkuloid formalari tugunchalarining hajmiy jihatdan keskin kichiklashganligi jarayonda reparativ regeneratsiya   rivojlanganligini aniqlangan;
sulfon guruh dorilar bilan davolangandan keyin moxov tugunchasi ko‘pikli makrofaglar miqdori kamaygani, ularning o‘rniga faol makrofaglar, limfotsitlar va plazmatik hujayralar ko‘payganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 17 maydagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: teri dermasida moxov lepramatoz va tuberkuloid shakllari tugunchasi tashkil topishining gistogenetik jixatlari  haqidagi ma’lumotlar  kelajakdagi prospektiv prognozini yoritishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Teri dermasida moxov lepramatoz va tuberkuloid shakllari bo‘yicha bemorlarning klinik anamnestik taxlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar va laborator ma’lumotlarini taxlili  asosida  retrospektiv taqqoslash orqali bemorlar yashovchanligini klinik-morfologik asoslash. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi asosida, teri dermasida moxov lepramatoz va tuberkuloid shakllari morfologik o‘zgarishlar asosida  klinik morfologik tashxislash, og‘ir asoratlar va mexnatga layoqatlilikni yo‘qotishga olib keluvchi omillarni oldindan prognozlash ularga qarshi profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: teri dermasida moxov lepramatoz va tuberkuloid shakllari bilan og‘rigan bemorlarni yashovchanlik darajasini baxolash asosida kasallik sababli yuz bergan og‘ir asoratlarining differnsial diagnostika muddatini qisqarishiga olib kelganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi aholisida tarqalgan moxov kasalligini  oxirgi 20 yillikda 0,8 barobardan  2,1 barobargacha oshganligi aniqlanib, jami moxovning xar xil shakllari bilan xastalangan bemorlar 224 tani tashkil etib, tashxislash va davolash taktikasini o‘zgartirilishidan keyingi statsionar davrni 35% ga qisqarishini, xar bir bemorda o‘rtacha 6 oylik davolash muddatini  2 oyga qisqarishiga olib kelgan. Bu esa, xar bir bemorni  leprozoriyada oziq ovqat uchun ketadigan  1814463 so‘m o‘rniga 1179400 so‘m  sarflanishiga olib kelgan. Davlat byudjetidan xar bir bemor uchun sarflanadigan  635062 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. (Qoraqalpog‘iston respublikasi leprozoriya  kasalxonasi  14.07.2023 yildagi № 61 sonli ma’lumotnomasiga asosan preyskurant narxlari bo‘yicha xisoblangan).  Xulosa: O‘zbekiston Respublikasi aholisida moxov kasalliklarini turlicha shakllari bo‘yicha davoash mudadatini 60 kunga qisqarishi va  bu  ko‘rsatkich o‘z navbatida xar bir bemor oziq ovqati uchun sarflanadigan  635062 so‘mni davlat byudjetidan  iqtisod qilish imkonini beradi. Xudaynazarov S.Q.ning “Moxov kasalligini sulfon preparatlari va kompleks dori terapiyasi yordamida davolash samaradorligini morfologik jihatdan asoslash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston respublikasining sog‘liqni saqlash vazirligining  2022 yil «19» oktyabrdagi 8i-z/556-sonli xati  yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: moxovning xar xil shakllari bilan sulfanol dorilar bilan davolangan guruhda lepramatoz, tuberkuloid va lepramatoz shakllarida tugunchalarning keskin kichrayganligi va tarkibida  reparativ regenratsiyani morfologik belgilari bo‘lgan monotsito-makrofagal, gistiotsitar, retikulyar va limfoid hujayralar bilan infiltratsiyalanish paydo bo‘lishiga va kasallikni tuzalish davrini qisqarganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: moxov kasalligini davolashda qo‘llanilgan sulfanol dorilar ta’sirida ham lepramatoz, ham tuberkuloid formalari tugunchalari hajmi kichiklashganligi, tarkibida ko‘pikli hujayralar miqdori kamayib, monotsito-makrofagal, gistiotsitar, retikulyar va limfoid hujayralar bilan infiltratsiyalanish paydo bo‘lganligi davolash va reabilitatsiya davrini odatdagi 180 kundan  120 kunga qisqarganligi va bemorlar xayotini tez ishtimoiy xayot tarziga qaytishiga olib keldi. Jumladan yuqoridagi ma’lumotlar bo‘yicha olingan taxlil natijalari, sulfanol dorilari bilan davolash taktikasini qo‘llash orqali kasallikni  davolanish davomiyligini 3 martagacham qisqartirish  imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi SSV qarashli Respublika patologik anatomiya markazi 03.01.2024 y,  7/U  -son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi SSV tumanlararo 2-son teri tanosil kasalliklari dispanseri 12.01.2024 y; 23-sonli buyruqlari bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi moxov kasalligini davolashda qo‘llanilgan sulfanol dorilar ta’sirida  lepramatoz va tuberkuloid turlarini davolash, ana’naviy davolashga nisbatan, bemorlarning  davolanish muddatini 180 kundan 120 kunga qisqarganligini va bemorlarda mexnatga layoqatlilik ko‘rsatkichini  tez orada qayta tiklanishi va ishtimoiy xayot tarziga  tez orada qaytishi, og‘ir asoratlarni deyarlik uchramasligiga va og‘ir asortalarni engib o‘tish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Moxov kasalligini davolashda qo‘llanilgan sulfanol dorilar ta’sirida lepramatoz va tuberkuloid turlarini davolash, ana’naviy davolashga nisbatan, bemorlarning  davolanish muddatini 180 kundan 120 kunga qisqarganligini  odatda shu bugungacham  sarflanayotgan 1999133 so‘m o‘rniga biz tomondan tavsiya etilgan usulda 1299436 so‘m sarflanishiga olib kelgan. Bu esa, xar bir moxov bilan  xastalangan bemor uchun sarflanadigan xarajatni  699696 so‘mga qisqarganligi va  ushbu summani davlat byudjetidan iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa, xar bir davolanayotgan bemorning jami  tashxislash va davolash uchun sarflanayotgan 1999133 mln so‘mdan  1299436 so‘mga qisqarganligi, va xar bir bemor uchun 699696 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xudaynazarov S.Q. ning “Moxov kasalligini sulfon preparatlari va kompleks dori terapiyasi yordamida davolash samaradorligini morfologik jihatdan asoslash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston respublikasining sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil «19» oktyabrdagi 8i-z/556-sonli xati  yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: kompleks dori-darmonlar ta’sirida moxovning lepramatoz, tuberkuloid formalari tugunchalarining hajmiy jihatdan keskin kichiklashganligi jarayonda reparativ regeneratsiya   rivojlanganligini aniqlangan Ilmiy yangilikning ahamiyati: kompleks dori-darmonlar ta’sirida moxovning lepramatoz, tuberkuloid formalari tugunchalarining hajmiy jihatdan keskin kichiklashganligi jarayonda reparativ regenratsiya keskin rivojlanganligini  davolanish muddatini 4/1 muddatga kamayishiga olib kelishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  O‘zbekiston Respublikasi SSV qarashli Respublika patologik anatomiya markazi 03.01.2024 y, 7/U -son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi SSV tumanlararo 2-son teri tanosil kasalliklari dispanseri 12.01.2024 y; 23-sonli buyruqlari bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:   Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisida tarqalgan moxov kasalligini morfologik  o‘zgarishlari asosida olingan natijalar taxlili bo‘yicha tashxislash va davolash taktikasini belgilash orqali, kutilayotgan og‘ir asoratlar va kasallikni uzoq vaqt davom etishini keskin  35 % ga  kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Moxovni kompleks dori-darmonlar davolash ta’sirida, moxovning lepramatoz, tuberkuloid formalari tugunchalarining hajmiy jihatdan keskin kichiklashganligi, ushbu kasallarga ko‘rsatiladigan  o‘rta tibbiy xizmatchilarning 6 oy uchun sarflanadigan  2450838 so‘mni (408473x6 oy) 1593044 sshmga  qisqarishi va o‘rta tibbiy personal xizmatini xam shunga monand ravish da qisqarishiga olib kelgan. Natijada, xar bir bemor uchun o‘rtacha 857793 so‘mni davlat byudjetidan iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Moxovni kompleks dori-darmonlar davolash ta’sirida, moxovning lepramatoz, tuberkuloid formalari tugunchalarining hajmiy jihatdan keskin kichiklashganligi, xar bir bemorga tavsiya etilgan usul orqali xar bir bemor uchun sarflanadigan  857793 so‘mni  iqtisod qilish imkonini bergan. Xudaynazarov S.Q. ning “Moxov kasalligini sulfon preparatlari va kompleks dori terapiyasi yordamida davolash samaradorligini morfologik jihatdan asoslash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston respublikasining sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil «19» oktyabrdagi 8i-z/556-sonli xati  yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: sulfon guruh dorilar bilan davolangandan keyin moxov tugunchasi ko‘pikli makrofaglar miqdori kamaygani, ularning o‘rniga faol makrofaglar, limfotsitlar va plazmatik hujayralar ko‘payganligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: qalqonsimon bez o‘smalarini tekshirishda  morfometrik taxlil natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida bemorni davolash taktikasi, kasalxonadagi murojati va  kasalxonadagi muddatini belgilashda, oldindan kutilayotgan prospektiv baxo berish, kutilayotgan asoratlarni oldini olish, konkret davo rejasiga yo‘naltirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  O‘zbekiston Respublikasi SSV qarashli Respublika patologik anatomiya markazi 03.01.2024 y,  7/U -son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi SSV tumanlararo 2-son teri tanosil kasalliklari dispanseri 12.01.2024 y; 23-sonli buyruqlari bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisi  orasida moxov bilan kasallanishning turli shakllaridagi morfologik o‘zgarishlarini  morfometrik tekshirish orqali raqamlarga tayanilgan ko‘rsatkichlarini ifodalash orqali, bemorlarni standart davolash usullaridan voz kechilganligi va morfometrik taxlil natijalaridagi  raqamli ko‘rsatkichlar orqali ballarda keltirilgan klinik morfologik  darajasiga qarab tashxislash va davolashni taktik usuli tanlanildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari  axolisidagi moxov kasalligini  davolashga bo‘lgan ko‘rsatmalar, morfometrik raqamlarga asoslangan klinik morfologik  darajalariga qarab,  bitta bemorni 180 kun davomida o‘rtacha davolanishi uchun sarflanadigan  4222069 so‘mni o‘rtacha 35% ga qisqarishi va xar bir bemordan o‘rtacha  2744344 so‘m sarflanishiga olib kelgan. Bu esa, o‘rtacha moxov bilan xastalangan bemorlarni  120 kun  muddatda,  biz taklif etgan usulda davolanishi orqali, 1477724 so‘m mablag‘ni davlat byudjetidan  iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisida moxov kasalligini davolash uchun sarflanadigan umumiy sarf xarajat bo‘lgan 4222069 so‘mni o‘rniga bizning usulda, o‘rtacha 2744344 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xudaynazarov S.Q.ning “Moxov kasalligini sul`fon preparatlari va kompleks dori terapiyasi yordamida davolash samaradorligini morfologik jihatdan asoslash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston respublikasining sog‘liqni saqlash vazirligining  2022 yil «19» oktyabrdagi 8i-z/556-sonli xati  yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish