Lutfullaeva Gulnoza Umrilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetni 1-turi bilan kasallangan bemorlarda koxleovestibulyar buzilishlarni tashxislash va reabilitatsiyasini takomillashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.1.PhD/Tib3285.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djamaludinov Yunuskadi Asxabalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Dog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qandli diabet 1-turida kuzatilgan koxleovestibulyar buzilishlarni tashxisot va reabilitatsiya tadbirlari algoritmini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda eshitish va vestibulyar analizatorlarning periferik va markaziy qismlaridagi uzgarishlar assoslangan;
qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda audiologik va vestibulometrik uzgarishlar qandli diabetning davomiyligi va kompensatsiya bosqichiga qarab uning klinik ko‘rinishlarini xususiyatlari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda eshitish analizatorining periferik va markaziy qismlari buzilishlarini har tomonlama baholash asosida klinik-tashxisot va reabilitatsiya tadbirlari algoritmi ishlab chiqilgan;
qandli diabetning 1-turida koxleovestibulyar buzilishlarning rivojlanishiga ko‘ra xavf guruhlarini shakllantirishga imkon beradigan mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 23 apreldagi 32-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 20 apreldagi 2982-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda eshitish va vestibulyar analizatorlarning periferik va markaziy qismlaridagi uzgarishlar assoslangan. O‘tkazilgan tadqiqotlarda qandli diabet 1-turida eshitish va vestibulyar analizatorlarning periferik va markaziy bo‘limlaridagi buzilishlarni tavsiflovchi klinik va funksional ko‘rsatkichlarni o‘rganish dastlabki buzilishlarni ko‘rsatuvchi asosiy parametrlarni ajratishga hamda davolash va reabilitatsiya tadbirlari algoritmini shakllantirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarning asosiy kasalligini korreksiyalovchi terapiya paytida dinamik o‘zgarishlarni ko‘rsatadigan va klinikadan oldingi bosqichda eshitish analizatoridagi sensonevral buzilishlarni tashxislash imkonini beruvchi asosiy audiologik ko‘rsatkichlar 8kGs dan 16kGs gacha chastota diapazonidagi tonal bo‘sag‘ali audiometriyaning ma’lumotlari va QYaEChP lar I va V asosiy cho‘qqilarining ko‘rsatkichlari hisoblanishi asosida terapevtik aralashuvlarning ovozni idrok etish ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash va ularning eshitish analizatorining sensor tuzilmalariga ta’sirini baholash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 22 fevraldagi 13-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlar eshitish analizatorining periferik va markaziy qismlarini tavsiflovchi ma’lumotlarning tahlili asosida asosiy kasallikning davomiyligi mezoni ajratilgan. Bundan tashqari, kasalxonada bo‘lgan bemorlarda korreksion terapiyaning mavjudligini hisobga olinib, ushbu holat terapevtik aralashuvlarning ovozni idrok etish ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash va ularning eshitish analizatorining sensor tuzilmalariga ta’sirini baholash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1. Zamonaviy va arzon usullar yordamida Qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda boshlanayotgan koxleo-vestibulyar buzilishlarni erta aniklash xamda ularni erta davolash kasallikdan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirish imkonini berdi. Bu boshqa qo‘shimcha tekshiruv va muolajalardan o‘tishni va bu tekshiruvlarga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishiga olib keldi. 2) Qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda eshitish va vestibulyar analizatorlarning periferik va markaziy qismlari patologiyasini tashxislash va reabilitatsiyasi takomillashtirilgan va bu bilan dori darmonga ketadigan sarf xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: Qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlar eshitish analizatorining periferik va markaziy qismlarini tavsiflovchi ma’lumotlarning tahlili asosida asosiy kasallikning davomiyligi mezoni, terapevtik aralashuvlarning ovozni idrok etish ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan va ularning eshitish analizatorining sensor tuzilmalariga ta’siri baholangan. Buning natijasida bu guruh bemorlarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar bemorga hisobiga byudjet mablaglarini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet 1-turida kuzatiladigan koxleo-vestibulyar buzilishlarning rivojlanishida miyadagi qon aylanishining surunkali etishmovchiligini roli», «Qandli diabetning 1-turida koxleo-vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni prognozlash, davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi» mavzularida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash va soglomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 20 apreldagi 2982-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda audiologik va vestibulometrik uzgarishlar qandli diabetning davomiyligi va kompensatsiya bosqichiga qarab uning klinik ko‘rinishlarini xususiyatlari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qandli diabetni 1-turi bilan kasallangan bemorlarni ochiq va yopiq ko‘zlar bilan Romberg holatida o‘rganish orqali stabilometriya ma’lumotlarining spektral tahlilida statokineziogrammaning maydoni va uzunligi kabi ko‘rsatkichlarning, shuningdek, muvozanat funksiyasi koeffisientining asosiy kasallik kechishining shakli va klinik variantlariga bog‘liqligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 22 fevraldagi 13-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Romberg sinamasida ochiq ko‘zlar bilan 72,2±1,8% dan 85,3±1,4% gacha, yopiq ko‘zlar bilan 55,6±2,4% dan 69,4±2,7% gacha, statokineziogramma uzunligining 12,7±0,9%ga, maydonining 10,2±1,7% ga oshishi singari muvozanat funksiyasi koeffisientining (MFK) dinamik o‘zgarishlarida QD 1-turi bilan kasallangan bemorlarda vestibulyar buzilishlarning rivojlanish xavfi aniqlandi. Eshitish va vestibulyar analizatorlarni o‘rganish ma’lumotlarining oldingi tahlili natijalariga asoslanib, quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘tkazish kerakligi tavsiya qilingan: yuqori chastotalar zonasida bo‘sag‘alar tahliliga urg‘u bergan holda 125 dan 16000 Gs gacha kengaytirilgan chastota diapazonidagi tonal bo‘sag‘ali audiometriya, QYaEChP ko‘rsatkichlari; “ruxsat berish nazorati” sinamasi va “Romberg sinamasi”ni bajarish bilan o‘tkazilgan stabilometrik tadqiqot. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Qandli diabetni 1-turi bilan kasallangan bemorlarni ochiq va yopiq ko‘zlar bilan Romberg holatida o‘rganish orqali stabilometriya ma’lumotlarining spektral tahlilida retinopatiya va diabetik polineyropatiya kabi asoratlari eshitish va vestibulyar analizatorlarda patologik jarayonlarning dastlabki ko‘rinishlarini ifodalanishini erta tashxislashda prognostik bo‘lishi mumkinligi aniklandi va shu asosida reabilitatsiya o‘tkazilgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruvlar va asoslanmagan davolashga ketadigan sarf xarajatlar keskin kamaytirildi. Xulosa: Bemorlarda qandli diabetning 1-turini kechish davomiyligi, qondagi glyukoza darajasi, asosiy kasallikning klinik ko‘rinishlari boshlangan paytdagi bemorning yoshi, retinopatiya va diabetik polineyropatiya kabi asoratlari eshitish va vestibulyar analizatorlarda patologik jarayonlarning dastlabki ko‘rinishlarini ifodalanishi bilan statistik jihatdan ishonchli o‘zaro bog‘liqligini (r≤0,001) aniqlash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 60000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet 1-turida kuzatiladigan koxleo-vestibulyar buzilishlarning rivojlanishida miyadagi qon aylanishining surunkali etishmovchiligini roli», «Qandli diabetning 1-turida koxleo-vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni prognozlash, davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi» mavzularida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash va soglomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 20 apreldagi 2982-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bemorlarda eshitish analizatorining periferik va markaziy qismlari buzilishlarini har tomonlama baholash asosida klinik-tashxisot va reabilitatsiya tadbirlari algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Funksional kompyuter stabilometriyasining ma’lumotlari bo‘yicha muvozanat funksiyasi holatini baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlardan foydalanish postural buzilishlarning ham klinik namoyon bo‘lgan, ham subklinik shakllarini aniqlashga imkon berdi. Biz belgilagan stabilometrik ko‘rsatkichlar asosida muvozanat holati buzilishining og‘irlik darajasini aniqlash qandli diabet 1-turi bilan kasallangan bemorlarda audiologik buzilishlarning shikastlanish darajasini aniqlashga imkon beradigan tashxisot choralari algoritmini aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 22 fevraldagi 13-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet 1-turi bilan kasallangan bemorlarda eshitish analizatorining periferik va markaziy qismlari buzilishlarini har tomonlama baholash asosida klinik-tashxisot va reabilitatsiya tadbirlari algoritmining joriy etilishi qandli diabet 1-turida kuzatiladigan koxleo-vestibulyar buzilishlarning tashxislashni optimallashtirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, muvozanat va eshitish qobiliyatining turg‘un shikastlanishini oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Funksional kompyuter stabilometriyasining ma’lumotlari bo‘yicha muvozanat funksiyasi holatini baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlardan foydalanish postural buzilishlarning ham klinik namoyon bo‘lgan, ham subklinik shakllarini aniqlashga imkon bergan, buning natijasida qo‘shimcha tekshiruv usullarini, hamda asoslanmagan davolash o‘tkazish oldi olindi va buning xisobiga xarajatlar keskin kamaytirildi. Bemorlarda vestibulyar buzilishlar oldi olinib bemorlar koyka kunlari 30% ga kamaydi (1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan). Xulosa: Qandli diabetning 1-turida koxleo-vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni prognozlash, davolash va reabilitatsiya qilish algoritmini kiritish tashxis qo‘yishda to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘ldi. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 4200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, ya’ni koyka kunlarini 3,2 kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet 1-turida kuzatiladigan koxleo-vestibulyar buzilishlarning rivojlanishida miyadagi qon aylanishining surunkali etishmovchiligini roli», «Qandli diabetning 1-turida koxleo-vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni prognozlash, davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi» mavzularida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash va soglomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 20 apreldagi 2982-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 1-turida koxleovestibulyar buzilishlarning rivojlanishiga ko‘ra xavf guruhlarini shakllantirishga imkon beradigan mezonlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Audiologik va neyrovestibulyar tekshiruvlarning natijalarini hisobga olgan holda, qandli diabetni 1-turi bilan kasallangan bemorlarni taktik davolash va reabilitatsiya qilish choralarini shakllantirishda shifokorlar harakatlari algoritmi hamda ishlab qilgan prognostik baholash dasturi ushbu toifadagi bemorlarda koxleovestibulyar buzilishlarning profilaktikasini optimallashtirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 22 fevraldagi 13-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Qandli diabetning kompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan kechish shaklini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega. Shubhasiz, endokrinolog mazkur ishni umumiy amaliyot shifokoridan ko‘ra professionalroq tarzda amalga oshirishi mumkin. Ammo, tavsiya etilgan talqinda qandli diabet 1-turi shakllarini ajratib turadigan juda oddiy belgilar mavjud bo‘lganligi sababli, algoritm hamda dastur bilan ishlash katta qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. QD 1-turi bilan kasallangan bemorlarda koxleovestibulyar buzilishlarning rivojlanishini prognostik baholash uchun kompyuter dasturi QD 1-turida koxleovestibulyar buzilishlarning rivojlanishiga ko‘ra xavf guruhlarini shakllantirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Amaliy sog‘liqni saqlash uchun postural buzilishlarni aniqlashning boshqa an’anaviy usullariga qaraganda eng katta qiyosiy tashxisot qiymatiga ega bo‘lgan yuklamali sinamalar bilan birga funksional kompyuter stabilometriyasi usullari qandli diabet 1-turi bilan kasallangan bemorlarda aprobatsiyadan o‘tkazildi va joriy etildi. Funksional kompyuter stabilometriyasining ma’lumotlari bo‘yicha muvozanat funksiyasi holatini baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlardan foydalanish postural buzilishlarning ham klinik namoyon bo‘lgan, ham subklinik shakllarini aniqlashga imkon beradi. Belgilagan stabilometrik ko‘rsatkichlar asosida muvozanat holati buzilishining og‘irlik darajasini aniqlash qandli diabet 1-turi bilan kasallangan bemorlarda audiologik buzilishlarning shikastlanish darajasini aniqlashga imkon beradigan tashxisot choralari algoritmini aniqlashga imkon bergan. Buning natijasida qandli diabetning 1-turida koxleo-vestibulyar buzilishlarni aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib,1 nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: QD 1-turi bilan kasallangan bemorlarda eshitish va vestibulyar analizatorlardagi erta buzilishlarni prognostik baholash uchun kompyuter dasturi qo‘shimcha funksional audiometrik va vestibulometrik tadqiqotlar zarurligiga qaratilgan. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi qandli diabet 1-turida kuzatiladigan koxleo-vestibulyar buzilishlarning tashxislashni optimallashtirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, muvozanat va eshitish qobiliyatining turg‘un shikastlanishini oldini olishga imkon berdi. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, ya’ni koyka kunlarini 3,2 kamayishiga olib keldi va iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet 1-turida kuzatiladigan koxleo-vestibulyar buzilishlarning rivojlanishida miyadagi qon aylanishining surunkali etishmovchiligini roli», «Qandli diabetning 1-turida koxleo-vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni prognozlash, davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi» mavzularida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash va soglomlashtirish muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 20 apreldagi 2982-sonli xat yuborilgan.tomonidan 27-son bilan 2024 yil 21 fevralda tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiya bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, muvozanat va eshitish qobiliyatining turg‘un shikastlanishini oldini olishga imkon beradi; qandli diabet 1-turida koxleo-vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 22 fevraldagi 13-sonli xulosasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi qandli diabet 1-turida kuzatiladigan koxleo-vestibulyar buzilishlarning tashxislashni optimallashtirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, muvozanat va eshitish qobiliyatining turg‘un shikastlanishini oldini olishga imkon berdi.