Yusupov Farruxbek Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq ma’muriyatchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3545
Ilmiy rahbar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoykulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Fayzulloev Mirsaid Shuhratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq ma’muriyatchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berish tartibiga o‘tish orqali soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish takomillashtirilgan;
soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish ob’ekti bo‘yicha hisobga qo‘yishni soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshirishda  qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar, yirik soliq to‘lovchilar va boshqa soliq to‘lovchilar toifalari nuqtai-nazaridan yondashish taklifi asoslangan;
yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlash hamda soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini takomillashtirish orqali xalqaro miqyosda ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda davlat xizmati organlariga murojaat qilgan soliq to‘lovchilarning vaqti va xarajatlari tejalishini ta’minlash asoslangan;
Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq majburiyatlari hisobi yuritilayotgan (yuritilgan) tegishli shaxsiy hisobvaraqlardagi ma’lumotlar asosida onlayn tarzda soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq ma’muriyatchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berish tartibiga o‘tish orqali soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 18 oktyabrdagi “Soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 548-son qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi 33/7-109004-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq xizmati organlari tomonidan ushbu jarayon yuzasidan soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hisob-kitob qilishda qulay imkon yaratilgan;
yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlash hamda soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini takomillashtirish orqali xalqaro miqyosda ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda davlat xizmati organlariga murojaat qilgan soliq to‘lovchilarning vaqti va xarajatlari tejalishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 apreldagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 150-son qarorida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi 33/7-109004-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida chet el yuridik va jismoniy shaxslarga mamlakatda soliq imtiyozlardan foydalanishga hamda soliqqa tortish bo‘yicha hisob-kitoblarni adolatlilik tamoyili asosida amalga oshirish imkoni yaratilgan;
soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish ob’ekti bo‘yicha hisobga qo‘yishni soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshirishda  qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar, yirik soliq to‘lovchilar va boshqa soliq to‘lovchilar toifalari nuqtai-nazaridan yondashish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 apreldagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha maʻmuriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 150-son qarorida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi 33/7-109004-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni ob’ekt bo‘yicha hisobga olishda hududlarni soliq solish ob’ekti joylashgan joyida amalga oshirilishiga imkon yaratilgan;
Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq majburiyatlari hisobi yuritilayotgan (yuritilgan) tegishli shaxsiy hisobvaraqlardagi ma’lumotlar asosida onlayn tarzda soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 apreldagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 150-son qarorida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 oktyabrdagi 33/7-109004-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida soliq to‘lovchilarga masofadan turib, o‘ziga tegishli soliqqa oid ma’lumotlari va qarzdorliklari yuzasidan axborot almashishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish