Orziev Iqbol Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda sekulyarizm omilining ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fa989
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh. ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxonjonovich Siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjonovich falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent; Musaev Odil Raxmatovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Axborotlashgan jamiyatda sekulyarizm omilining jamiyat ijtimoiy barqarorligiga ta’siri hamda ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
sekulyarizm omilining ijtimoiy-falsafiy tahlili orqali axborotlashgan jamiyat barqarorligi uchun dunyoviylik va diniylik tamoyillarining ekzogen (ijtimoiy me’yor) va endogen (ijtimoiy ruhiyat) omillari dialektik aloqadorligiga asoslangan konfessional va nokonfessional jarayonlar uyg‘unligini ta’minlash hamda jamiyatning ma’naviy hayotini ratsionalizatsiya qilishning ijtimoiy shakli sifatidagi holati qiyosiy o‘rganilgan;
axborot texnologiyalarining ijtimoiy barqaror rivojlanish hamda inson axloqiy tarbiyasi va axborot madaniyatining konstruktiv faoliyatiga bog‘liqligi, dunyoviylik va diniylikning yaxlitligi o‘zlikni anglash hamda plyuralistik jamiyatning shakllanishiga olib keluvchi ratsional echim ekanligi tadrijiy ravishda ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda sekulyarizm omilining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida inson axloqiy tarbiyasi va axborot madaniyatining konstruktiv faoliyatiga bog‘liq parametrlarining ijtimoiy makonning konfessiyalararo tolerantlik vektorida uyg‘unlashish darajasi kishilarda plyurialistik tafakkurni shakllantiruvchi ratsional echim ekanligi bosqichma-bosqich yoritilgan;
axborotlashgan jamiyatning barqaror rivojlanishida dunyoviylikka xos ijtimoiy (yumshoq kuch (Soft power), media tolerantlik, erkinlik illyuziyasi, virtual chegara) texnologiyalar inson va jamiyat ekzistensiyasiga bog‘liq potensial ijtimoiy (konfliktogen ijtimoiy vaziyat, sotsial kataklizm kabi) xavflarni ratsional echimga yo‘naltiruvchi pragmatik yondashuv ekanligi faktorli tahlil asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda diniylik va dunyoviylik uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
dissertatsiyaning axborotlashgan jamiyat barqarorligini ta’minlashda dunyoviylik va diniylik tamoyillarining ekzogen (ijtimoiy me’yor) va endogen (ijtimoiy ruhiyat) omillari fuqarolik jamiyatining barqaror rivojlanishini ta’minlashiga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlari dasturining V- yo‘nalishi Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari 22-bandi Jamiyat hayotida yuz berayotgan turli ijtimoiy masalalarni tahlil qilish uchun podkast (audio, video mahsulot) formatidagi loyihani ishga tushirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 6-iyuldagi 247-son ma’lumotnomasi). Natijada, konfessional va nokonfessional jarayonlar uyg‘unligini ta’minlashga hamda jamiyatning ma’naviy hayotini ratsionalizatsiya qilishga oid targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyatda sakralizatsiya va ijtimoiy desekulyarizatsion omillari ijtimoiy makonda sivilizatsiya va konfessiyalararo muvozanatni ta’minlashga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “Oilaviy hamjihatlik, keksalarga hurmat va bolalarga g‘amxo‘rlik, barqaror turmush tarzi, reproduktiv salomatlikka qaratilgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish” kabi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining 2023-yil 6-iyuldagi 1-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ma’naviy-ruhiy hodisalarning insonning tabiiy holatiga ta’sirini ochib berishga hamda g‘amxo‘rlik, barqaror va reproduktiv turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda informatsion texnologiyalarning barqaror rivojlanishi, inson axloqiy tarbiyasi va axborot madaniyatining konstruktiv faoliyatiga bog‘liqligiga doir xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlari dasturining V- yo‘nalishi Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari 22-bandi Jamiyat hayotida yuz berayotgan turli ijtimoiy masalalarni tahlil qilish uchun podkast (audio, video mahsulot) formatidagi loyihani ishga tushirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 6-iyuldagi 247-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyoviylik va diniylikning muhim algoritmi bo‘lmish ma’naviy o‘zlikni anglash, ijtimoiy makonda konfessiyalararo tolerantlik vektorida uyg‘unlashishi, kishilarda plyurialistik tafakkurni shakllantiruvchi ratsional echimlarini ochib berishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatning barqaror rivojlanishida dunyoviylikka xos ijtimoiy (yumshoq kuch (Soft power), media tolerantlik, erkinlik illyuziyasi, virtual chegara) texnologiyalarning jamiyatning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siriga doir ilmiy xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “Oilaviy hamjihatlik, keksalarga hurmat va bolalarga g‘amxo‘rlik, barqaror turmush tarzi, reproduktiv salomatlikka qaratilgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish” kabi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining 2023-yil 6-iyuldagi 1-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson va jamiyat ekzistensiyasining jamiyatda potensial ijtimoiy (konfliktogen ijtimoiy vaziyat, sotsial kataklizm kabi) xavflarni oqilona hal etish, jamiyat birdamligini ta’minlovchi demokratik qadriyatlar mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.