Muminov Ulmas Ravshanqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mahallalari hayoti: modernizatsiya jarayonlari va o‘zgarishlar dinamikasi (1991-2021 yy) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05
Ilmiy rahbar: Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari nomzodi, professor Ochil Bo‘riev, tarix fanlari doktori, professor Tolipov Fayzulla Saidovich.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mahallalari faoliyatidagi modernizatsiya jarayonlari va o‘zgarishlar dinamikasini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mahallalari hayotidagi ijtimoiy-ma’naviy va iqtisodiy o‘zgarishlar tarixi va dinamikasining ijtimoiy syosiy, ijtimoiy-ma’naviy bazasining vujudga kelishi bosqichi (1991-1994 yy.); 2. Mahallaning barqaror taraqqiyot bosqichiga o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash, bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish borasidagi va mahallaning ma’naviy-huquqiy tarbiya maskani sifatidagi o‘rni aniqlanib, manzilli ijtimoiy siyosat yuritishning milliy mexanizmining yaratilishi davridagi dinamikasi tadqiq etilgan (1994-2016 yy.); 3. Yangi O‘zbekistonda mahallaning rivojlanishi va uning strategik taraqqiyot bosqichi va tub modernizatsiya jarayonlarida (2017-2021 yy) gi faoliyati aniqlangan;
janubiy viloyatlar mahallalarining etnohududiy xususiyatlari aniqlanib, mahallalar hayotidagi tub modernizatsiya jarayonlari hamda o‘zgarishlar dinamikasi tadqiq etilib, ular hayotida sodir bo‘lgan tarixiy jarayonlar hamda tizimni isloh qilish jarayonida aniqlangan qator yo‘nalishlardagi muammolar va kamchiliklar mahallalar faoliyatining eng maqbul mexanizmlarini yaratishga imkon bermaganligi, mazkur tizimni tubdan isloh qilish zaruratini tug‘dirayotganligi asoslangan;
mahallalar hududida joylashgan tadbirkorlik sub'ektlarining daromdlardan kelib chiqib davlatga to‘laydigan daromad soliqlarining ma’lum ulushini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hisob raqamlariga o‘tkazishga oid takliflarning normativ –huquqiy, ya’ni qonuniy mexanizmini yaratish, shu asosda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi ta’sirchan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning zamonaviy mexanimlarini shakllantirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Yangi O‘zbekistonda mahalla hayotiga ta’sir ko‘rsatayotgan tub modernizatsiya jarayonlari va tuzilmaning davlat organlari va boshqa ijtimoiy-siyosiy institutlar bilan o‘zaro hamkorligi negizida yosh avlod tarbiyasi borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning milliy modeli shakllanganligi va rivojlanganligi ilmiy tadqiq etilgan, mahallaning ma’naviy targ‘ibot maskani sifatidagi rolini oshirish borasida o‘zaro hmkorlik aloqalarini kuchaytirish yuzasidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy etilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati mahallalari hayoti: modernizatsiya jarayonlari va o‘zgarishlar dinamikasi tarixini ilmiy tadqiq etish asosida:
mahallalar hududida joylashgan tadbirkorlik sub'ektlari daromad soliqlarining ma’lum ulushini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hisob raqamlariga o‘tkazishga oid takliflarning normativ – huquqiy mexanizmini yaratish, shu asosda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi ta’sirchan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning zamonaviy mexanimlarini shakllantirish borasida taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi ish faoliyatini samarali tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 29 iyuldagi 4-13-212068-sonli ma’lumotnomasi) Natijada agentlikning yoshlarni kichik biznes, maishiy xizmat ko‘rsatish turlariga jalb etish, shu aosda yoshlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish imkoniyatini bergan;
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati mahallalari hayotida sodir bo‘lgan tub islohotlar, modernizatsiya jarayonlari va o‘zgarishlar dinamikasiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini efirga uzatishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 3 apreldagi 02-31-505-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshobinlarga tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy manbalar asosida mahalliy boshqaruv tuzilmalari vakolatlarini kengaytirish va amalga oshirish, ushbu tuzilmalar ish faoliyatiga strategik menejment usullarini joriy qilish xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish