Djalilova Gulnora Tulkunovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston o‘rta va past tog‘laridagi eroziya jarayonlarini geoaxborot tahlili (Chotqol va Turkiston tog‘lari tuproqlari misolida)», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/B72.

Ilmiy maslahatchi: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Anvar Xaydarovich, biologiya fanlari doktori;Yuldashev G‘ulom, qishloq ho‘jaligi fanlari doktori, professor; Mazirov Mixail Arnol`dovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: Chotqol va Turkiston o‘rta va past tog‘ tizmalari tuproqlaridagi eroziya jarayonlarini aniqlash va baholash uchun GAT texnologiyalarini moslashtirish (adaptatsiya)dan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor GAT asosida distansion ma’lumotlarga ishlov berish hamda atributiv ma’lumotlardan foydalanish tog‘li hududlarda kechadigan eroziya jarayonlarini aniqlash va baholashda aniq axborotlari bilan ta’minlashi isbotlangan;

eroziya jarayonlarini keltirib chiqaruvchi tabiiy-iqlim va tuproq-ekologik sharoitlarining o‘ziga xos regional xususiyatlari aniqlangan;

tuproq tiplarining asosiy  xossalarini eroziyalanish darajasi va qiyalik ekspozisiyasi bo‘yicha o‘zgarishi hamda ularning hududiy farqlanishlari inobatga olinib, tuproqlarning atributiv ma’lumotlar banki yaratilgan;

GAT texnologiyalarini qo‘llagan holda distansion tasvirlarni qayta ishlash asosida  tuproqlarning  atributiv ma’lumotlar banki natijalariga ko‘ra  eroziyaga xavflilik darajasi bo‘yicha hudud erlari guruhlarga ajratilgan va baholangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston past va o‘rta tog‘lari tuproqlaridagi  eroziya jarayonlarini geoaxborot tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

mavzuli elektron xaritalar ko‘rinishidagi ma’lumotlar banki «O‘zbekiston Respublikasining yangilangan geologik xaritasini tuzish va milliy potensial geologik boylik ob’ektlarini monitoring qilish» mavzusi bo‘yicha to‘rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasini tuzish uchun joriy etilgan  (Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining 2018 yil 23 maydagi 04/09-son ma’lumotnomasi). Natijada mavzuli elektron xaritalar zamonaviy yotqiziqlarning geologik-genetik tavsifini aniqlashtirishda va geokimyoviy anomaliyasini interpretatsiya qilishda xizmat qilgan;

vegetatsion indekslar aks ettirilgan mavzuli xaritalardan iborat ma’lumotlar banki  o‘simlik dunyosining holatini, o‘rmon xo‘jaligida foydalaniladigan erlarning yaroqliligini tahlil qilish va muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 maydagi 03-03/2-2636-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ma’lumotlar ilmiy tavsiyalar, konsepsiyalar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan;

tuproqlarning atributiv va vegetatsion indeks xaritalarini aks ettiruvchi geoaxborot ma’lumotlar banki Baxmal tumanida 15000 gektar er maydonda monitoring qilishga joriy etilgan  (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 29 maydagi 02-05-4259-son  ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlar banki tuproqlar klassifikatsiyasi va tasnifini mukammallashtirish, geografik qonuniyatlarga aniqlik kiritish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish