Nabieva Diyora Yuldash kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatidan avvalgi va erta menopauzaning klinik va patogenetik jihatlari. Korreksiya usullari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2615.
Ilmiy raxbar: Kayumova Dilrabo Talmasovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: G‘afurova Feruza Axrarovna, tibbiyot fanlari doktori; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muddatidan avvalgi va erta menopauzaning klinik kechishini hamda yondosh metabolik buzilishlarni o‘rganish va ayollar hayot sifatini oshirish uchun bayonnoma ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasida muddatidan avvalgi va erta menopauza (8,3%) uchrash soni hamda klimakterik sindromning asoratli (11,5 va 27,7%), atipik, krizli (23,1 va 26,5%) kechishi aniqlangan;
muddatidan avvalgi va erta menopauza mavjud ayollarda menopauza yuzaga kelgan vaqtga bog‘liq holda metabolik buzilishlar komponentlarining chastotasi va yaqqolligi, shuningdek, aterogen xavf va insulinorezistentlikdan darak beruvchi S-reaktiv oqsilining hamda TyG indeksining oshishishi aniqlangan;
muddatidan avvalgi va erta menopauza mavjud ayollarda bioimpedans tekshiruvi yordamida aniqlanuvchi tananing kompozision tarkibining buzilishi ham yuqori, ham normal tana vazni indeksi holatida yog‘ massasi foizining oshishi va sarkopeniya bilan birga kechishi isbotlangan;
muddatidan avvalgi va erta menopauzali ayollarda davolash choralarining maqbul usulini tanlashga va davolash davomida ayollar holatini integrallashgan holda baholashga imkon beruvchi, tadqiqot natijalarini kompleks baholashga asoslangan tashxislash va olib borishga innovatsion yondashuvlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 30 sentyabrdagi № 6i-35/u xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida muddatidan avvalgi va va erta menopauzani uchrash soni hamda klimakterik sindromning asoratli, atipik, krizli kechishining tarqalganligini aniqlash Farg‘ona shahar poliklinikasi (buyruq №37 23.10.2023 y.dan), RIOvaBSIATM Namangan filiali (buyruq №21 20.10.2023y.dan) va Andijon shahar tug‘ruq kompleksi (buyruq №25 22.10.2023 y.dan) amaliyotiga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: populyasiyada muddatidan avvalgi va va erta menopauzani hamda klimakterik sindromning asoratli va atipik kechishini o‘z vaqtida aniqlash asoratlarni minimallashtirishga va ayollar HSni oshirishga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: muddatidan avvalgi va va erta menopauzani hamda klimakterik sindromning asoratli va atipik kechishini o‘z vaqtida aniqlash ni tatbiq qilish, o‘z vaqtida va patogenetik asoslangan davo o‘tkazish asoratlarni va davolash muddatini kamaytirdi. Yangi yondoshuvni tatbiq qilish natijasida tashxislash va davolash uchun ketadigan xarajatlar 768000 so‘mni tashkil etdi. Muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollar oilaviy shifokorga, tor mutaxassislarga murojaat etganda, ko‘p miqdorda tashxislash testlarining va asoslanmagan davolash ayinlanganda xarajatlar 1600000 so‘mni tashkil etadi. Natijada bitta bemorda 832000 so‘m tejaldi. Xulosa: muddatidan avvalgi va erta menopauzani hamda klimakterik sindromning asoratli va atipik kechishini tashxislash uchun prediktorlarni va so‘rovnomalarni qo‘llash erta estrogen tanqisligidan aziyat chekayotgan ayollarga sifatli yordam ko‘rsatilishi bitta ayolga 1664000 byudjet mablag‘larini va byudjedan tashkari mablag‘larini 832000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollarda menopauza kuzatilgan vaqtga bog‘liq holda metabolik buzilishlar komponentlarining uchrashi va kuchliligi, S-reaktiv oksil (SRO) ortishi hamda aterogen xavfni va insulinorezistentligini bildiruvchi TyG indeksi ortishi aniqlandi va Farg‘ona shahar poliklinikasi (buyruq №37 23.10.2023 y.dan), RIOvaBSIATM Namangan filiali (buyruq №21 20.10.2023y.dan) va Andijon shahar tug‘ruq kompleksi (buyruq №25 22.10.2023 y.dan) amaliyotiga tabiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollarda insulinorezistentlikni va aterogen omilni o‘z vaqtida aniqlash bir qator metabolik buzilishlarning oldini olib, undan so‘ng semizlik, qandli diabet va yurak ishemik kasalliklarining oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollarda SRO va TyG indeksining miqdorini o‘z vaqtida aniqlash yurak-qon tomir kasalliklari va metabolik buzilishlarning oldini olish, davolash muddatini qisqartirish hamda 1008000 so‘mni tejash imkoini beradi. muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollarda asoratlar yuzaga kelgandan so‘ng insulinorezistentlik va aterogen SROni aniqlash tashxislash va davolashga qo‘shimcha 12304000 so‘m xarajat bo‘lishiga olib keladi. Yangi yondoshuvni tatbiq qilish tashxislash va davolashda har bir ayoldan 11296000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: ayollarda metabolik buzilishlarni erta tashxislash erta estrogen tanqislikning kechki asoratlarining oldini olish imkonini berdi, bu esa byudjet mablag‘larini 22592000 so‘m tejash imkonini beradi va byudjetdan tashqari mablag‘larni 11296000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollarda bioimpedans usullar yordamida aniqlangan tanasining kompozision tarkibining buzilishi, yuqori tana vazni indeksidagi kabi normal tana vazni indeksida ham tananing yog‘ va mushak massasining % ko‘rsatkichlari oshishi isbotlangan va Farg‘ona shahar poliklinikasi (buyruq №37 23.10.2023 y.dan), RIOvaBSIATM Namangan filiali (buyruq №21 20.10.2023y.dan) va Andijon shahar tug‘ruq kompleksi (buyruq №25 22.10.2023 y.dan) amaliyotiga tabiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: o‘tkazilgan bioimpedans tahlil usuli qisqa vaqt davomida sarkopeniyani va o‘tkazilgan davoni dinamik baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tatbiq qilingan bioimpedans tahlil usuli densitometriyaga nisbatan afzalligi tananing kompozision tarkibini kompleks baholashdan iborat bo‘lib, davolash samaradorligini baholash xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Butun tanani densitometriya usulida tekshirishga ketadigan iqtisodiy xarajat 300000 so‘m bo‘lsa, bioimpedans tekshirishlar - 60000 so‘mni tashkil etadi, hisob-kitobda iqtisodiy foyda 300000-60000=240000 so‘mni tashkil etadi. Agar tekshirishlar davolashdan oldin va keyin amalga oshirilishini hisobga oladigan bo‘lsak, har bir ayol uchun 240000x2=480000 so‘m iqtisodiy foyda bo‘ladi. Xulosa: Bioimpedans taxlili orkali ayollarda tana kompozision tarkibini aniklashda xarajat 60000 so‘mni tashkil kiladi. Shunday qilib, har bir bemorga byudjet mablag‘larini 960000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 480000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollarda tekshirish natijalarini kompleks baholashga asoslangan tashxislash va olib borishga innovatsion yondoshuv, davolash tadbirlarining optimal usullarini tanlash va davolash dinamikasida ayollar ahvolini integrirlangan baholash Farg‘ona shahar poliklinikasi (buyruq №37 23.10.2023 y.dan), RIOvaBSIATM Namangan filiali (buyruq №21 20.10.2023y.dan) va Andijon shahar tug‘ruq kompleksi (buyruq №25 22.10.2023 y.dan) amaliyotiga tabiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: ushbu davrdagi ayollarning ijtimoiy holatini, ruhiy holatini va faolligini baholash ularning hayot tarzini dozalashtirilgan jismoniy yuklamalar, inozitol va fitoestrogenlar samplementatsiyasi bilan to‘g‘ri ovqatlanish ratsionini tuzish va qo‘llash orqali to‘g‘rilash imkonini beradi, bu esa ma’lumotga ega bo‘lmaslik va tadbirni amalga oshirolmaslikka nisbatan erta yoshda yuzaga kelgan menopauzal davrga yaxshiroq moslashishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: muddatidan avvalgi va va erta menopauza mavjud ayollarni olib borish algoritmini tatbiq qilish muddatidan avvalgi va va erta menopauza tashxisi aniqlanmagan ayollarning oilaviy shifokor va tor mutaxassislarga murojaati hamda hayot tarzini o‘zgartirmasdan asossiz davo olishdan hisoblangan xarajatlar 1579000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: Muddatidan avvalgi va erta menopauza tashxislangan ayollarni olib borish uchun taklif etilgan kompleks yondoshuv xarajatlarni kamaytirib, davolashning tibbiy va iqtisodiy samaradorligining oshishiga bu esa 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 3158000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1579000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.