Nurmatov Baxriddin Qo‘ziboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19ni davolashga ixtisoslashgan shifoxona ichki muhit gigienik omillarini o‘rganish asosida tibbiyot xodimlari salomatligini muhofaza qilish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2712.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxodir Baxtiyor o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Botirjon Jo‘raboevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Koreya Universiteti, Mehnat muhiti & atrof muhit salomatligi instituti (Janubiy Koreya).
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun ixtisoslashgan shifoxonaning ichki muhit havosidagi xodimlar salomatligiga xavf soluvchi omillarni kamaytirish va ular salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxona ichki muhiti havosini ifloslantiruvchi biologik omillarni (SARS-CoV-2 virusini) havodagi miqdori, ishchi soha yuzalarida, shaxsiy himoya vositalaridan olingan namunalarda virus yuklamasini maxsus oziqa muhitidan foydalanilgan holda hamda polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida virusni yopiq muhitda tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
koronavirus infeksiyasining tarqalishida shifoxonaning ichki muhitining fizikaviy, ya’ni havoning harorati, nisbiy namligi, havo harakat tezligi kabi mikroiqlim parametrlari hamda havoning kimyoviy changlanganligi, havo tarkibidagi karbonat angdirid, ammiak, formaldegid miqdoriga bog‘liqligi isbotlangan;
COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona ish sharoitiga ta’sir qiluvchi omillarining zararliligi va xavfliligi bo‘yicha 3-sinfning 3-darajasiga, ya’ni o‘ta xavfli ish sharoitiga, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi bo‘yicha ham 3-sinf 3-darajasiga mosligi hamda gigienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi isbotlangan;
COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona xodimlari salomatlik holati va kasallikni yuqtirib olish xavflari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik regression progressiv tahlililar asosida baholanib, o‘ziga xos gigienik xususiyatlari birinchi martoba isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yildagi 13 maydagi 24-z/019-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 21 oktyabrdagi 1/29-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxona ichki muhiti havosini ifloslantiruvchi biologik omillarni (SARS-CoV-2 virusini) havodagi miqdori, ishchi soha yuzalarida, shaxsiy himoya vositalaridan olingan namunalarda virus yuklamasini maxsus oziqa muhitidan foydalanilgan holda hamda polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida virusni yopiq muhitda tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlari asoslanganligi Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Jizzax shahar bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/787-son, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Samarqand viloyati boshqarmasi Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 42-son hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tuman bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 355-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quydagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona ichi muhitidagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi koronavirusni havodagi miqdorini baholash tartibi, ishchi soha yuzalaridagi miqdoriy nisbati, shaxsiy himoya vositalaridan olingan namunalaridagi virus yuklamasining son va sifat ko‘rsatkichlarini maxsus oziq muhitidan foydalangan holda polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida baholash natijasida olingan ko‘rsatkichlarni kamaytirish orqali tavsiya etilgan profilaktik chora-tadbirlarni o‘rnini baholash natijasida shifoxona ishchilarning hayot sifati ko‘rsatkichini yaxshilash tizimi ishlab chiqilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxona ichki muhiti havosini ifloslantiruvchi biologik omillar SARS-CoV-2 virusini havodagi miqdori, ishchi soha yuzalarida shaxsiy himoya vositalaridagi namunalarida virus yuklamasini maxsus oziq muhitida polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m, yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxona ichki muhiti havosini ifloslantiruvchi biologik omillar SARS-CoV-2 virusini havodagi miqdori, ishchi soha yuzalarida shaxsiy himoya vositalaridagi namunalarida virus yuklamasini maxsus oziq muhitida polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari o‘rtacha 175000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasining tarqalishida shifoxona ichki muhitining fizikaviy omillaridan havoning harorati, nisbiy namligi va havo harakat tezligi kabi mikroiqlim parametrlari, havoning changlanganligi hamda kimyoviy omillardan havo tarkibidagi karbonat angidrid, ammiak, formal`degid miqdoriga bog‘liqligi isbotlangani Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Jizzax shahar bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/787-son, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Samarqand viloyati boshqarmasi Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 42-son hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tuman bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 355-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasiga shifoxona bo‘limlari va xonalari havo haroratining pasayishi va ko‘tarilishi, havoning nisbiy namligi va havo harakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan birgalikda sanitariya-gigienik talabalarni izdan chiqishi, havo tarkibidagi chang miqdorning 2 va undan ortiq darajada ortishi, havo tarkibidagi karbonat angidrid va formaldegid miqdorining me’yor darajadan siljishi natijasida xodimlar orasida kasallanishning ortishiga sharoit yaratilganligi, ushbu holatlarning o‘zgarishi bilan kasallanish darajasining o‘zgarishi orasidagi bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtda koronovirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m, yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxona ichki muhiti havosini ifloslantiruvchi biologik omillar SARS-CoV-2 virusini havodagi miqdori, ishchi soha yuzalarida shaxsiy himoya vositalaridagi namunalarida virus yuklamasini maxsus oziq muhitida polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida tarqalishini oldini olishning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari o‘rtacha 175000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona ish sharoitiga ta’sir qiluvchi omillarining zararliligi va xavfliligi bo‘yicha 3-sinf 3-darajaga, ya’ni o‘ta xavfli ish sharoitiga, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi bo‘yicha ham 3-sinf 3-darajaga mosligi va gigienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi isbotlangani Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Jizzax shahar bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/787-son, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Samarqand viloyati boshqarmasi Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 42-son hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tuman bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 355-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonadagi barcha xodimlar: ma’muriyat, davolovchi shifokorlar, tibbiyot hamshiralari, sanitariya xodimlari ish sharoitiga ta’sir qiluvchi omillarining zararliligi va xavfliligi bo‘yicha baholanganda, shifokorlar mehnatining og‘irligi va keskinligi 3-sinf 3 darajaga, ya’ni o‘ta xavfli ish sharoitiga, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi bo‘yicha ham 3-sinf 3-darajaga mosligi aniqlangan va gigienik chora-tadbirlarni zudlik bilan ishlab chiqish orqali mehnat sharoitining og‘irligi va keskinligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, profilaktik ratsionlar, samarali dam olish va ish yuklamasini kamaytirish orqali xodimlar orasida emotsional charchoqlikni oldini olish imkonini yaratishga sharoit yaratiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona ish sharoitiniga ta’sir qiluvchi omillarining zararliligi va xavfliligi bo‘yicha 3 -sinfning 3 darajasiga ya’ni, o‘ta xavfli ish sharoitiga, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi bo‘yicha ham 3-sinf 3-darajasiga mosligi va gigienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi isbotlangan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtda koronovirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m, yoki koronovirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda 250000000 so‘m to‘lov miqdori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4652-son qarori)ni inobatga olgan holda aytish mumkinki, 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona ish sharoitiga ta’sir qiluvchi omillarining zararliligi va xavfliligi bo‘yicha 3-sinfning 3 darajasiga o‘ta xavfli ish sharoitiga, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi bo‘yicha ham 3-sinf 3-darajasiga mosligi va gigienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi isbotlangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona xodimlari salomatlik holati va kasallikni yuqtirib olish xavflari o‘rtasidagi korreyalsion bog‘liqlik regression progressiv tahlililar asosida baholanib, o‘ziga xos gigienik xususiyatlari birinchi martoba isbotlangani Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Jizzax shahar bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/787-son, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi Samarqand viloyati boshqarmasi Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 42-son hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tuman bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 355-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonaning xududini gigienik sharoitlarini yaxshilash, sanitariya tizimi, kommunal xo‘jalik tizimi holati, biologik omillari ta’sirini kamaytirish, xodimlarining ish yuklamasini optimal variantini ishlab chiqish, dam olishi, ovqatlanish holatini yaxshilash natijasida ishchilari salomatlik holatini yaxshilash va kasallikni yuqtirish xavfining tahlika omillariga korrelyasion bog‘liqligi kabi gigienik o‘ziga xos xususiyatlar o‘rnini tizimli tartibi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona xodimlarini salomatlik holati regression-progressiv tahlillar asosida kasallikni yuqtirish xavfining korreyalsion bog‘liqligini baholashda sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m yoki koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda davlat byudjetidan 250000000 so‘m to‘lov miqdorini inobatga olgan tartibida 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona xodimlari regression progressiv tahlililar asosida ishchilarining salomatlik holati va kasallikni yuqtirish xavfining korreyalsion bog‘liqligining gigienik xususiyatlari birinchi martoba isbotlashda sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga to‘lanadigan bir martalik 100000000 so‘m yoki koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda davlat byudjetidan 250000000 so‘m to‘lov miqdorini inobatga olgan tartibida 1 nafar xodimni salomatligini saqlash va muhofaza qilish orqali o‘rtacha 175000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.