Juraeva Gulshanoy Turdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadid ta’lim falsafasining milliy takakkur taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal723
Ilmiy rahbar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Amridinova Dilrabo Tursinovna, falsafa fanlari doktori, (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jadid ta’lim falsafasining milliy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rnini baholash va istiqbol tamoyillarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jadid ta’lim falsafasini tizimlashtirishdagi metodologik yondashuvlar asos sifatida ishlab chiqilgan va dalillangan;
Jadid ta’lim falsafasi manbalarining tasnifi va uni milliy tizimga moslashtirish strategiyasi, jadid ta’lim falsafasining milliy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni, ma’naviy, redagogik va iјtimoiy–ѕiyoѕiy јarayonlarni o‘z ichiga qamrab olgan jadidshilikning ta’lim orqali јamiyatni iѕloh qiliѕh g‘oyalari ochib berilgan;
milliy ta’lim tizimining asosi sifatida Jadid falsafasining tafakkur va ta’lim taraqqiyotidagi, yoshlar siyosatidagi o‘rni, uzviy bog‘liqligi o‘rganilgan;
Jadid ta’lim falsafasi konsepsiyaning ta’lim-tarbiya, ma’rifat, nazariya va amaliyot sinkretizmi, insonparvarlik, shaxs erki, diniy bag‘rikenglik kabi omillari jadidchilikning asosiy fenomeni ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Jadid ta’lim falsafasining milliy tafakkur va milliy ta’lim taraqqiyotidagi o‘rni” ni ilmiy tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jadid ta’lim falsafasi fanlar klassfikatsiyasi va uni milliy tizimga jalb etish strategiyasiga ilmiy baho berish, Jadid ta’lim falsafasining milliy tafakkur va milliy ta’lim taraqqiyotidagi o‘rni, milliy ta’limga ta’siri va istiqbol tamoyillari va Jadid ta’lim falsafasining hozirgi zamon yoshlar siyosatidagi dalillaridan, ta’limni maqsadli yo‘naltirishga oid nazariy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 14-sentyabrdagi 465-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalariga–Jadid ta’lim falsafasining milliy tafakkur va milliy ta’lim taraqqiyotidagi o‘rni, milliy ta’limga ta’siri va istiqbol tamoyillari, Jadid ta’lim falsafasining hozirgi zamon yoshlar siyosatidagi o‘rni asos bo‘lib xizmat qilgan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillar mobaynida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limining “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Ommaviy madaniyat va ma’naviy tarbiya”, “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”, “Maʼnaviyat odam va olam xaloskori” singari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalangan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilning 18-sentyabrdagi 02-22/970-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar yoshlarda bugungi kunga ya’ni mustaqilligimizga bo‘lgan shukronalik hislarini tuyish, hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni o‘tkazishda va ularning sifatini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Bugungi yoshlar siyosatida jadid ta’lim falsafasining o‘rni, ta’limni maqsadli yo‘naltirishga doir ilmiy-nazariy tahlillar va ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” ida muharririyatining “Ziyoli yoshlar” dasturlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 02-36-1454-son ma’lumotnomasi). Natijada OAV tizimida dissertatsiya ishida aniqlangan yangiliklar asosida jamiyat ma’naviy tafakkur taraqqiyotiga xizmat qiladigan g‘oyalardan foydalangan holda ko‘rsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularga amal qilish ko‘rsatuvlarning sifati, mazmuni va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
Milliy ta’lim taraqqiyotida jadid falsafasining ta’siri, ta’limni tizimlashtirish, maqsadli yo‘naltirishga doir taklif va tavsiyalalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “IV. Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamalakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘limidagi “Yangi O‘zbekistonni qurishda yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi-jadidlarning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi” mavzusida davra suhbati, “Ona vatan, ota yurt – jadidlardan qolgan tuproq” nomli tadbirda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashining 2023-yil 25-sentyabrdagi 02/05-56-sonli ma’lumotnomasi). Natijada partiya tizimidagi xodimlar va talaba yoshlarga siyosiy hamda ma’naviy-ma’rifiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish