Shin Ekaterina Illarionovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab o‘quvchilari uchun funksional sport kiyimlarini ergonomik loyihalashning metodologik asoslari», 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni  (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T117.

Ilmiy rahbar: Nigmatova Fotima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Aripjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi bolalarning  fiziologik xususiyatlari, harakatlar biomexanikasi va tashqi muhit omillarini nazarga olib, issiqlik saqlash xossali bolalar sport kiyimini ergonomik loyihalash  asoslarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sport kiyimining hayot davri bosqichlarini nazarga olib, kiyim yosh dinamikasiga konstruktiv qo‘shimchani hisoblash usuli ishlab chiqilgan;

tajriba natijalariga splayn-approksimatsiya usuli yordamida ishlov berib, bolalar va o‘smirlar tanasi asosiy antropologik belgilarining yoshga bog‘liq dinamikasi olingan;

insonning fiziologik ko‘rsatkichlariga mos (issiqlik oqimi, tana harorati) materiallarning teplofizik xossalari va issiqlik almashinuvi shartlariga ko‘ra aniqlanuvchi harorat qarshiligi ekvivalentligiga asoslangan trikotaj matoning zarur qalinligini hisoblash algoritmi va usuli ishlab chiqilgan;

ilk marotaba taklif qilingan issiqlikni ushlash koeffisienti bilan baholanadigan trikotaj matolarida issiqlikni ushlash xususiyatini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;

turli o‘rilishli va zichlikdagi paxta-nitronli trikotaj matolarida ter yutish kinetikasini aniqlash qurilmasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun issiqlik saqlovchi va namlik o‘tkazuvchi xususiyatga ega bo‘lgan sport kiyimini ergonomik loyihalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bolalar sport kiyimining yangi namunasiga Intellektual mulk agentligining sanoat namunasi uchun patent olingan (“O‘g‘il bolalar uchun funksional vazifali sport kiyimi komplekti”, №SAP 01388-2015y.). Natijada kichik maktab yoshidagi bolalar uchun gigienik xususiyatga ega bo‘lgan sport kiyim bilan ta’minlash imkonini bergan;

GEMINI dasturiy to‘plam yordamida kiyimlarni avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi bazasi asosida trikotaj polotnosidan bolalar sport kiyimini loyihalash jarayoni algoritmi va ma’lumotli mantiqiy tuzilmasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “LYUKS PLUS SERVIS” MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasining 2018 yil 13 iyundagi BM-06-4061-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh bolada statika va dinamikaga mos qomatda yaxshi joylashish ko‘rsatkichlarini inobatga olish imkonini bergan;

o‘g‘il bolalar uchun funksional mo‘ljaldagi sport kiyimi komplektining bazaviy konstruksiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “LYUKS PLUS SERVIS” MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasining 2018 yil 13 iyundagi BM-06-4061-son ma’lumotnomasi). Natijada ergonomik jihatdan qulayroq import mahsuloti o‘rnini bosa oladigan va qishki-kuzgi mavsumda kiyish mumkin bo‘lgan bolalar sport kiyimi yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish