Rashidova Umida Mansurovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili (“ko‘z”, “qo‘l” va “yurak” komponentli iboralar misolida)”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil125.

Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponetlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalarning o‘zbek tili materiali asosida mazmun-mohiyatini  aniqlash va matnda qo‘llanish xususiyatlarini semantik-pragmatik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek tilida faol qo‘llanuvchi ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalarning pragmatik, lingvokul`turologik, kognitologik, paradigmatik  va  sintagmatik xususiyatlari ochib berilgan;

ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalarning milliy-madaniy mohiyati hamda so‘zlashuv, badiiy-publisistik matndagi semantik-pragmatik va funksional-stilistik xususiyatlari asoslangan;

inson tana a’zolari bilan bog‘liq somatik frazemalarning o‘z  semantik maydonining kengligi, emotsional-ekspressiv jihatdan rang-barangligi bilan o‘z qatlamidagi iboralardan jiddiy farqlanishi, nisbiy kommunikativ ustunligi hamda faolligi aniqlangan;

ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalarning badiiy-publisistik matnlardagi eksplisit va implisit ifodalanish usullari aniqlanib, ularning konseptual belgilarni ifodalovchi leksikografik xususiyatlari dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlilini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

somatik frazemalarning o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, xususan, o‘zbek mifologiyasi tilida qo‘llanilishi xususidagi xulosalar «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni» mavzusidagi F1-F8-0-19919 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 10 oktyabrdagi FTA-02-11-914 con ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi natijasida o‘zbek mifologiyasida ko‘z tegmoq, yurak solmoq, qo‘l olmoq kabi somatik komponentli iboralarning o‘zbek xalq marosimlari semantikasini ochib berish imkonini bergan;

ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalarning «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati», «O‘zbek tilining etimologik lug‘ati» va turkiy tillarga oid bir qator leksikografik manbalarga qiyoslab chiqarilgan ayrim xulosalaridan FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» (2012–2016) mavzuidagi fundamental loyihaning bir yo‘nalishi bo‘lgan «O‘zbek tili leksikasi mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 1 iyundagi 89-03-2142-con ma’lumotnomasi). Natijada ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalar asosida mustaqillik davridan so‘ng yaratilgan hamda lug‘atlarda aks etmagan iboralar izohlari mukammalashtirilgan;

o‘zbek xalq maqollari va dostonlari tarkibida ayrim somatik iboralarning qo‘llanilishi haqidagi xulosalar «O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari» mavzusidagi XT-F2-004 raqamli yosh olimlar fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 apreldagi 89-03-1408-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘zbek xalq dostonlari va maqollari tarkibida uchraydigan ayrim somatik komponentli iboralar semantikasini yoritishga xizmat qilgan;

zamonaviy o‘zbek she’riyati va nasrida qo‘llanilgan somatikkomponentli frazemalarning yozuvchi va shoirlar tomonidan ijodiy-semantik o‘zgarishlarga uchrashi, individual-muallif iboralarining hosil bo‘lishi, frazeologizmlarning turli uzual va okkazional vazifalari haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi «Sadoqat» ijodiy to‘garagi yosh ijodkorlariga ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 31 sentyabrdagi 01-03/95-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning amaliyotda qo‘llanilishi to‘garak a’zolari bo‘lgan yosh ijodkorlarning badiiy asar yaratish jarayonida eng muhim vositalaridan biri poetik til ekanligini teranroq anglashlariga ko‘maklashgan;

tilimizning nodir boyligi bo‘lgan frazeologik birliklarning jonli nutqda keng qo‘llanilishi va nutq madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanalining «Ayvon» ko‘rsatuvi hamda «O‘zbekiston» teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanalining 2018 yil 3 apreldagi 14-01-306 son va O‘zbekiston milliy teleradiokanalining 2018 yil 15 maydagi 0818-1-87-con ma’lumotnomalari). Natijada ko‘rsatuvlar mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish