Jabarova Lyusiya Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy xizmatchilar oilalarida ajralishning psixologik xususiyatlari: sabablari va oqibatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P231.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuritdin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy xizmatchilar oilalarida ajralishning psixologik xususiyatlari, sabablari va oqibatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchining oilasida xiyonatning ijtimoiy-psixologik sabablariga ko‘ra, juftni noto‘g‘ri tanlash, shaxs xususiyatlarining etarlicha shakllanmaganligi, psixofiziologik xususiyatlarning juftni tasavvurlari, ehtiyojlari va qarashlari hamda qadriyatlariga mos kelmasligi, shuningdek, harbiy oilalariga xos bo‘lgan qiyinchiliklar tufayli sobiq turmush o‘rtoqlar va ularning farzandlari salomatligida salbiy o‘zgarishlar bo‘lishi asoslangan;
harbiy xizmatchilar oilasidagi ajrimlar tabiat, muhitning o‘zgarishi oiladagi ijtimoiy-psixologik iqlimning transformatsiyalanishiga, ayollarning muqim ish joyini topishdagi muammolarni keltirib chiqarganligi, shaxslararo munosabatlardagi qatʼiy tartib-intizom, muloqotning kamligi psixik va jismoniy zo‘riqish, nizolar, stresslarni, psixologik diskomfortni kuchaytirganligi tufayli xizmat faoliyatida yangi joyga qayta adaptatsiya bilan bog‘liq holda intensiv kechishi dalillangan;
ajrim holatidagi harbiy xizmatchilarning individual xususiyatlariga ko‘ra oilaviy ajrim bilan bog‘liq aybdorlik va majburiyat hissi ularni avtoriteti yuqori shaxslarga nisbatan itoatkor, yon beruvchanlik sifatlarini kuchayishiga olib kelganligi tufayli xavotirlanishning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
harbiy xizmatchilardagi ijtimoiy rollar bilan bog‘liq kutuvlar, rashq hissini namoyon bo‘lishidagi buzilishlarni bartaraf etish uchun emotsional barqarorlik, hissiy etuklikni rivojlantirish orqali nizolashuvchanlik darajasini pasaytirish muhimligi tufayli ijtimoiy-psixologik treninglar asosida korreksion adaptiv ta’sir etish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy xizmatchilar oilalarida ajralishning psixologik xususiyatlari: sabablari va oqibatlarini o‘rganish natijalari asosida:
harbiy xizmatchining oilasida xiyonatning ijtimoiy-psixologik sabablariga ko‘ra, juftni noto‘g‘ri tanlash, shaxs xususiyatlarining etarlicha shakllanmaganligi, psixofiziologik xususiyatlarning juftni tasavvurlari, ehtiyojlari va qarashlari hamda qadriyatlariga mos kelmasligi, shuningdek, harbiy oilalariga xos bo‘lgan qiyinchiliklar tufayli sobiq turmush o‘rtoqlar va ularning farzandlari salomatligida salbiy o‘zgarishlar bo‘lishiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 27-apreldagi 6-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-60-q-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy oilalarda ajralish jarayonining ijtimoiy-psixologik sabablari va ta’sirini aniqlash imkoni yaratilgan;
harbiy xizmatchilar oilasidagi ajrimlar tabiat, muhitni o‘zgarishi oiladagi ijtimoiy-psixologik iqlimning transformatsiyalanishiga, ayollarning muqim ish joyini topishdagi muammolarni keltirib chiqarganligi, shaxslararo munosabatlardagi qatʼiy tartib-intizom, muloqotning kamligi psixik va jismoniy zo‘riqish, nizolar, stresslarni, psixologik diskomfortni kuchaytirganligi tufayli xizmat faoliyatida yangi joyga qayta adaptatsiya bilan bog‘liq holda intensiv kechishi haqidagi ilmiy bilimlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 27-apreldagi 6-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-60-q-son ma’lumotnomasi). Natijada bu harbiy psixologlar tomonidan ushbu masala bo‘yicha qo‘llaniladigan psixodiagnostik usullarning arsenalini kengaytirishga yordam bergan;
ajrim holatidagi harbiy xizmatchilarning individual xususiyatlariga ko‘ra oilaviy ajrim bilan bog‘liq aybdorlik va majburiyat hissi ularni avtoriteti yuqori shaxslarga nisbatan itoatkor, yon beruvchanlik sifatlarini kuchayishiga olib kelganligi tufayli xavotirlanishning ustuvor xarakterga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 27-apreldagi 6-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-60-q-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ajralish jarayonida va undan keyin harbiy xizmatchilar bilan individual ish samaradorligini oshirishga imkon yaratgan;
harbiy xizmatchilardagi ijtimoiy rollar bilan bog‘liq kutuvlar, rashk hissini namoyon bo‘lishidagi buzilishlarni bartaraf etish uchun emotsional barqarorlik, hissiy etuklikni rivojlantirish orqali nizolashuvchanlik darajasini pasaytirish muhimligi tufayli ijtimoiy-psixologik treninglar asosida korreksion adaptiv ta’sir etish zarurati isbotlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 27-aprel 6-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda Umumiy psixologiya moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-60-q-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy psixologlarning uslubiy bazasi yangilangan.