Nasirov Bunyod Uralovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston aholisining kundalik hayotida maishiy xizmat tizimining o‘rni (1925–1991 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar28.

Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc 27.06.2017. Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: 1925–1991 yillarda O‘zbekistonda maishiy xizmat ko‘rsatish tizimining aholi kundalik turmushidagi o‘rnini tizimli ravishda ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

1920–1980 yillarda O‘zbekiston shahar va qishloqlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalari transformatsiya qilinishi natijasida maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari shakllanishi va faoliyati dinamikasi aniqlangan;

maishiy xizmatning yangi turlari – kir yuvish xizmati, dafn marosimlari byurosi, xonadonni tozalashga oid ishlarni o‘zida mujassam etgan xayrli ishlar byurosi kabi yo‘nalishlar vujudga kelgan bo‘lsa-da, ular o‘sha davrda aholining bu xizmat turlariga ehtiyoji bo‘lmagani sababli to‘liq qabul qilinmagani isbotlangan;

sohada etarlicha mehnat va turmush sharoiti mavjud emasligi, ish haqining kamligi, ijtimoiy himoyalash choralari ko‘rilmagani kadrlar qo‘nimsizligiga sabab bo‘lgani arxiv hujjatlari asosida isbotlangan;

sovet hokimiyati maishiy xizmatni rivojlantirishda kishilarning yangi ijtimoiy birligi “sovet kishisi”ni shakllantirish va aholi orasida “sovet turmush tarzi”ni targ‘ib etishni maqsad qilgani aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston aholisining kundalik hayotida maishiy xizmat tizimining o‘rni (1925–1991 yy.) mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

ilmiy tadqiqot ishiga daxldor maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va ularning faoliyati aks etgan tarixiy rasmlar, joylarda maishiy xizmat ko‘rsatish ahvoliga oid arxiv hujjatlaridan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «XIX-XX asrlarda O‘zbekiston» nomli ekspozisiyalar bo‘limini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 19 apreldagi 3/1255-1005-son ma’lumotnomasi). Bu XX asrning 30–80-yillarida respublikaning turli hududlarida maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining faoliyati, bu borada shahar va qishloqlarda uchragan muammolar, sohada yuqori darajada bo‘lgan kadrlar qo‘nimsizligi masalasi aks etgan tarixiy rasmlar orqali keng xalq ommasiga, yoshlarga o‘sha davr haqida yanada yorqin taassurot berishga xizmat qilgan;

Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyati va muammolariga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida amalga oshirilayotgan OT-F1-133 raqamli O‘zbekistonning eng yangi tarixi (4 jildlik) fundamental loyihada (2017–2020 yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 19 apreldagi 3/1255-1005-son ma’lumotnomasi). Bu keng kitobxonlar orasida sovet hokimiyati davrida aholining kundalik hayotida maishiy xizmat tizimining o‘rniga oid bo‘lgan tushunchalarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;

XX asrning 20–80-yillarida Respublikada aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyati, muammolari, aholining bu boradagi ehtiyoji, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarishlar, e’tibor, imkoniyat va yutuqlar xususidagi natijalaridan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Bunyodkorlik” “Diyor yangiliklari”, “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan “Diyor 24” informatsion dasturi, “Kun mavzusi” ko‘rsatuvlarida (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2017 yil 25 oktyabrdagi 02-08/819-son, 30 noyabrdagi 02-08/931-son va 28 dekabrdagi 01-08/1113-son ma’lumotnomalari) hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan “Tafsilot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2018 yil 4 apreldagi 02-09-294-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuvlar teletomoshabinlarda sovet hokimiyati davrida O‘zbekistonda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimining shakllanishi va maishiy xizmat muassasalarining faoliyati, maishiy xizmat sohasiga yangi turlarning kirib kelishi, sohadagi muammolar yuzasidan yanada aniqroq taassurot va xulosaga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish