Majidov Jasur Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Professional futbol jamoalarida o‘zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P56.
Ilmiy rahbar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Baratov Xumoyun Sharifovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional futbol jamoalarida o‘zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlarini ochib berish hamda uning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional futbol jamoalarida o‘zaro munosabatlarning («emotsional», «kasbiy-professional») differensial namoyon bo‘lishi ta’sirida mashg‘ulotlardagi «moslashuv» «axloqiy xulq», «kasbiy-mahorat», «yetakchilik» sifatlari bilan bog‘liq holda shakllanishi tufayli jamoaviy munosabatlarining samaradorligi asoslangan;
professional futbol jamoalarida muloqotning individual xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra guruhni idrok qilishning individualistik, kollektivistik tipidan farqli ravishda pragmatik tipning ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxslararo munosabatning ijtimoiy psixologik omillari dalillangan;
professional futbolchi shaxsining shakllanishiga ko‘ra ularda ijtimoiy meyorlarga amal qilish, mas’uliyat, qat’iylik kabi xislatlarning kommunikativ sifatlarga bog‘liq yuzaga chiqishi tufayli jamoaviy munosabatlarning integral ta’siri isbotlangan;
professional futbolchilarning o‘zaro munosabatlarini shakllanishiga ko‘ra o‘zaro munosabat jarayonida shaxslararo ziddiyatlarda murosa, hamkorlik, vaziyatga moslashish kabi omillarning integral namoyon bo‘lishi tufayli nizoli vaziyatdan qochish va vaziyatni yumshatishga intilishning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Professional futbol jamoalarida o‘zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
professional futbol jamoalarida o‘zaro munosabatlarning («emotsional», «kasbiy-professional») differensial namoyon bo‘lishi ta’sirida mashg‘ulotlardagi «moslashuv» «axloqiy xulq», «kasbiy-mahorat», «yetakchilik» sifatlari bilan bog‘liq holda shakllanishi tufayli jamoaviy munosabatlarining samaradorligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM123-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM123a-son ma’lumotnomasi). Natijada professional futbol jamoalarida o‘zaro munosabatlarni darajaviy ifodalanishi xususiyatlarini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan.
professional futbol jamoalarida muloqotning individual xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra guruhni idrok qilishning individualistik, kollektivistik tipidan farqli ravishda pragmatik tipning ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxslararo munosabatning ijtimoiy psixologik omillari dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM123-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM123a-son ma’lumotnomasi). Natijada professional futbol jamoalarida shaxslararo munosabatlarning xususiyatlarini psixologik jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
professional futbolchi shaxsining shakllanishiga ko‘ra ularda ijtimoiy meyorlarga amal qilish, mas’uliyat, qat’iylik kabi xislatlarning kommunikativ sifatlarga bog‘liq yuzaga chiqishi tufayli jamoaviy munosabatlarning integral ta’siri isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM123-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM123a-son ma’lumotnomasi).  Natijada professional futbolchilarda o‘zaro munosabatlarning shakllanishida shaxs xususiyatlarini psixologik jihatlari ochib berilgan.
professional futbolchilarning o‘zaro munosabatlarini shakllanishiga ko‘ra o‘zaro munosabat jarayonida shaxslararo ziddiyatlarda murosa, hamkorlik, vaziyatga moslashish kabi omillarning integral namoyon bo‘lishi tufayli nizoli vaziyatdan qochish va vaziyatni yumshatishga intilishning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM123-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM123a-son ma’lumotnomasi). Natijada professional futbolchilarning o‘zaro munosabatlarini shakllanishida nizoli vaziyatlarning ta’siri aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish