Raxmatov Faxriddin Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlarda jinoiy xulq og‘ishining psixoprofilaktik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P652.
Ilmiy rahbar: Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Ostanov Shuhrat Sharipovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlarda jinoiy xulq og‘ishining psixoprofilaktik xususiyatlarini ochib berish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmaganlar xulq-atvorida jinoyat motivlarini faktorli tahlilida shaxsdagi motivatsion yo‘nalganlik o‘z tengdoshlari va jamoa orasida “o‘zini namoyon qilish, ularga o‘z ta’sirini o‘tkazish va o‘zini tan oldirish” bilan bog‘liq munosabatlar tizimiga qaratilganligi o‘zini va atrofdagilarni qabul qilish darajasini pasayishiga olib kelganligi tufayli “mavjud ehtiyojlarning qondirilmay qolishi”, “moddiy va ma’naviy narsalarga o‘zi xohlaganidek erishish”ga intilishning ustuvor omil ekanligi asoslangan;
voyaga etmaganlarda jinoiy xulq og‘ishidan himoya qiluvchi (huquqiy ongni shakllantiruvchi) psixologik mexanizmlar tuzilmasi shaxslararo munosabatlarda o‘zini va boshqalarni qabul qilish, emotsional komfort, internallik, ustunlikka intilishning barqarorligi moslashuvchanlik darajasini oshirganligi tufayli shaxsning “o‘ziga hissiy munosabati” komponentini kiritish asosida takomillashtirilgan;
voyaga etmaganlarning jinoiy xulq psixoprofilaktikasida o‘ziga va boshqalarga nisbatan emotsional munosabat, o‘zini qabul qilish va ishonishning yoshga oid dinamik xususiyati xulq motivlariga intensiv ta’sir etganligi tufayli ularning o‘z-o‘ziga integral munosabati ustuvor omil ekanligi asoslangan;
voyaga etmaganlarda jinoiy xulq og‘ishining psixoprofilaktikasida maktab hamda shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bezovtalanishni barqarorlashtirish orqali huquqiy ongni shakllanishini kuchayishiga ustuvorlik berilishi tufayli ijtimoiy vaziyatga bog‘liq xavotirlanish darajasiga manzilli “uyg‘unlashgan” korreksion ta’sir etish muhim ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmaganlarda jinoiy xulq og‘ishining psixoprofilaktik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
voyaga etmaganlar xulq-atvorida jinoyat motivlarini faktorli tahlilida shaxsdagi motivatsion yo‘nalganlik o‘z tengdoshlari va jamoa orasida “o‘zini namoyon qilish, ularga o‘z ta’sirini o‘tkazish va o‘zini tan oldirish” bilan bog‘liq munosabatlar tizimiga qaratilganligi o‘zini va atrofdagilarni qabul qilish darajasini pasayishiga olib kelganligi tufayli “mavjud ehtiyojlarning qondirilmay qolishi”, “moddiy va ma’naviy narsalarga o‘zi xohlaganidek erishish”ga intilishning ustuvor omil ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-120-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-120a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlar xulq-atvorida jinoyat motivlari faktorli tahlil qilingan;
voyaga etmaganlarda jinoiy xulq og‘ishidan himoya qiluvchi (huquqiy ongni shakllantiruvchi) psixologik mexanizmlar tuzilmasi shaxslararo munosabatlarda o‘zini va boshqalarni qabul qilish, emotsional komfort, internallik, ustunlikka intilishning barqarorligi moslashuvchanlik darajasini oshirganligi tufayli shaxsning “o‘ziga hissiy munosabati” komponentini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-120-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-120a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlar xulq-atvorida jinoyat motivlari shakllanishida salbiy omillardan himoya qiluvchi (huquqiy ongni shakllantiruvchi) psixologik mexanizmlar tuzilmasi ishlab chiqilgan;
voyaga etmaganlarning jinoiy xulq psixoprofilaktikasida o‘ziga va boshqalarga nisbatan emotsional munosabat, o‘zini qabul qilish va ishonishning yoshga oid dinamik xususiyati xulq motivlariga intensiv ta’sir etganligi tufayli ularning o‘z-o‘ziga integral munosabati ustuvor omil ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-120-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-120a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlarning jinoiy xulq psixoprofilaktikasidagi ustuvor omillar aniqlangan;
voyaga etmaganlarda jinoiy xulq og‘ishining psixoprofilaktikasida maktab hamda shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bezovtalanishni barqarorlashtirish orqali huquqiy ongni shakllanishini kuchayishiga ustuvorlik berilishi tufayli ijtimoiy vaziyatga bog‘liq xavotirlanish darajasiga manzilli “uyg‘unlashgan” korreksion ta’sir etish muhim ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-120-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-120a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlarda jinoyat motivlari shakllanishining oldini olishga yo‘naltirilgan manzilli “uyg‘unlashgan” korreksion va “huquqiy ongni shakllantiruvchi” psixologik trening dasturi ishlab chiqish va samaradorligi baholangan.