Gulimov Amanlik Bazarbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi mintaqasida ekologiya va atrof-muhitni mufofaza qilish sohasida xalqaro huquqiy hamkorlik», 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Yu304.
Ilmiy maslahatchi: Saidova Lola Abuvaxidovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01.
Rasmiy opponentlar: Nugmanov Mugman Abdullaevich, yuridik fanlari doktori, professor; Aydarbaev Sag‘ing‘ali Jolamanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Tillabaev Mirzatillo Alisherovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi Orol dengizi mintaqasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi bo‘yicha xalqaro huquqiy hamkorlikni xalqaro huquq tamoyillari va normalari, xalqaro hujjatlar va huquqiy doktrinalarni tahlil qilish asosida ushbu sohani tartibga solish bo‘yicha kompleks tarzda, ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, ilmiy asoslangan, nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish va tiklash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan chora-tadbirlar ko‘rilishi birinchi marta asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga har kimning qulay atrof-muhitga, shuningdek, uning holati to‘g‘risida ishonchli axborot olishga bo‘lgan huquqini kiritish zarurligi asoslab berilgan;
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 49-moddasidagi har kimning qulay atrof-muhit holati to’g‘risida ishonchli axborot olishga bo’lgan huquqini ta’minlashning mexanizmini yaratish uchun O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining rasmiy veb-saytida «Ochiq ma’lumotlar» deb nomlanuvchi alohida veb-sahifa yaratilishi zarurligi asoslab berilgan;
fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha davlatning majburiyati asoslangan;
shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi asoslangan;
davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish qoidasi birinchi marta asoslangan;
fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburiyati asoslangan;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hujjatlar, shuningdek, xalqaro huquq nazariyasi va doktrinalarini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga va atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib saqlash tushunchasi kiritish shakllantiriladi va asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarining ekologik nazorat sohasidagi huquq va majburiyatlari asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orol dengizi mintaqasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi takliflar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi:
takliflar asoslantirilib, davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘rish «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan va 2023 yil 30 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2023 yil 18 iyuldagi 04/-2-10/2737-2248 son dalolatnomasi). Ushbu takliflar davlatning alohida Orolbo‘yi mintaqasini muhofaza qilish, tiklash va ekologik tizimini yaxshilash, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatining fundamental asosi bo‘lib xizmat qilgan;
milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha– «har kim qulay atrof-muhit, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega» taklifi asoslantirilib – «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan va 2023 yil 30 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2023 yil 18 iyuldagi 04/-2-10/2737-2248 son dalolatnomasi). Bildirilgan takliflar konstitutsiyaviy loyihani takomillashtirishga xizmat qildi va O‘zbekiston Respublikasi hududidagi har bir insonni qulay atrof-muhit bilan ta’minlash, shuningdek, atrof-muhit to‘g‘risida ishonchli axborot olish uchun fundamental huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
har kimning qulay atrof-muhit holati to’g‘risida ishonchli axborot olishga bo’lgan huquqini ta’minlashning mexanizmini yaratish uchun O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining rasmiy veb-saytida «Ochiq ma’lumotlar» deb nomlanuvchi alohida veb-sahifa yaratilishi taklifi asoslantirilib, vazirlikning ish faoliyatida foydalanilmoqda (O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining 2024 yil 21 iyundagi 03-08-6077 son ma’lumotnomasi). Bildirilgan taklif har kimning qulay atrof-muhit holati to’g‘risida ishonchli axborot olishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashning mexanizmi sifatida xizmat qilgan;
«Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi» degan taklif ishlab chiqilib, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan va 2023-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 18-iyuldagi 04/-2-10/2737-2248-son dalolatnomasi). Ko‘rsatilgan taklif davlat tomonidan respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sirlarning oldini olish uchun shaharsozlikda keng jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish tartibini belgilagan;
milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha «shaharsozlik hujjatlari loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi»dan iborat bo‘lgan taklifiga nisbatan ular «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy loyihani ishlab chiqishda qo‘llanildi va 2023-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 18-iyuldagi 04/-2-10/2737-2248-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning amalga oshirilishi respublikada shaharsozlik masalasida jamiyatning roli va mas’uliyatini kuchaytirgan;
davlatning barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflar «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy loyihani ishlab chiqishda qo‘llanilgan va 2023-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 18-iyuldagi 04/-2-10/2737-2248-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar davlatning barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish choralarini ko‘rishga, ekologik muvozanatni saqlashga g‘amxo‘rlik qilishga majburiyat yuklagan;
fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi majburligi taklifi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan va 2023-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 18-iyuldagi 04/-2-10/2737-2248-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi fuqarolarning atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini mustahkamlash uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha «mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini hozirgi va kelajak avlodlar uchun ko‘paytirish va muhofaza qilish, atrof-muhitni sog‘lom saqlashga astoydil ahd qilish» to‘g‘risidagi takliflar «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy loyihani ishlab chiqishda qo‘llanildi va 2023-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 18-iyuldagi 04/-2-10/2737-2248-son dalolatnomasi). Kiritilgan taklif va tavsiyalar konstitutsiyaviy loyihani takomillashtirishga yordam berdi va O‘zbekiston Respublikasi ega bo‘lgan bebaho tabiiy resurslarini ko‘paytirish, asrab-avaylash, hozirgi va kelajak avlodlar uchun sog‘lom va qulay atrof-muhitni saqlash zarurligi to‘g‘risida echim qabul qilish uchun odamlarning huquqiy ongiga ta’sir qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi berilgan takliflar «Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan va 2022-yil 7-apreldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunining 10-moddasida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 17-oktyabrdagi 03-1177-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatlari aniq ifodalashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarining ekologik nazorat sohasidagi huquq va majburiyatlari takliflaridan «Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunining 17-moddasida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 17-oktyabrdagi 03-1177-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolarining ekologik nazorat sohasidagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlash uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan.