Axmadalieva Sabo Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pragmatonimlarning etimologik, leksik-semantik va struktur tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2692.
Ilmiy rahbar: Rozikova Gulbaxor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Azimov Inomjon Mamasodikovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pragmatonimlarning nazariy masalalarini aniqlash, ularning onomastik ko‘lamdagi o‘rnini belgilash va amalda qo‘llanishda bo‘lgan pragmatonimlarni lisoniy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pragmatonimlarning farqlovchi, informativ, “asrovchi”, kafolat, psixologik funksiyalari brend nomlari misolida dalillanib, brend nomi, logotip, shior, shakl, rang, tovush, ifor, ta’m, harakat kabi brend elementlarining vazifalari ochib berilgan hamda hozirda iste’molda bo‘lgan mahsulot va xizmat nomlarining lug‘aviy qatlamida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillarga ko‘ra asosan chet tili (ingliz tili)ning ta’siri kuchli ekanligi aniqlangan;
bir tarkibli pragmatonimlarning, asosan, ot, sifat, fe’l, son, taqlid so‘zlardan iborat ekanligi, birikmali pragmatonimlarning ot + ot, ot + sifat, sifat + ot, olmosh + ot, son + ot kabi modellar, shuningdek, qisqartmalar, bo‘g‘inlar qo‘shilmasi, predikativ birlik, so‘roq gap + so‘z qisqartmasi kabi modellar asosida hosil qilinganligi aniqlangan;
pragmatonimlarning transonimizatsiya hamda apellyativ leksika asosida, xususan, antroponimlar, toponimlar, kosmonimlar, mifonimlar, teonimlar, gidronimlar, etnonimlar, hayvon, qush va parrandalar nomlari, meva nomlari, miqdor ifodalovchi so‘zlar, tarkibidagi elementlari nomi, mahsulot ta’sir ko‘rsatadigan kasallik nomi asosida hosil qilinganligi dalillangan;
brend nomlarida uslubiy-pragmatik jihatdan taqlid so‘zlar, alliteratsiya, qofiya, takror kabi fonetik stilistik vositalar qo‘llanilishi aniqlanib, pragmatonimlarda milliy va madaniy bo‘yoqqa ega presedent nomlardan foydalanish iste’molchida mahsulotga nisbatan ishonch hissini uyg‘otish uchun xizmat qilishi, mahsulotning nomi, ya’ni pragmatonim tovar haqida dastlabki tasavvurni shakllantirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pragmatonimlarni sistem-struktur va antropotsentrik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pragmatonimlarning farqlovchi, informativ, “asrovchi”, kafolat, psixologik funksiyalari brend nomlari misolida dalillanib, brend nomi, logotip, shior, shakl, rang, tovush, ifor, ta’m, harakat kabi brend elementlarining vazifalari ochib berilgan hamda hozirda iste’molda bo‘lgan mahsulot va xizmat nomlarining lug‘aviy qatlamida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillarga ko‘ra asosan chet tili (ingliz tili)ning ta’siri kuchli ekanligi aniqlanganligi hamda bir tarkibli pragmatonimlarning, asosan, ot, sifat, fe’l, son, taqlid so‘zlardan iborat ekanligi, birikmali pragmatonimlarning ot + ot, ot + sifat, sifat + ot, olmosh + ot, son + ot kabi modellar, shuningdek, qisqartmalar, bo‘g‘inlar qo‘shilmasi, predikativ birlik, so‘roq gap + so‘z qisqartmasi kabi modellar asosida hosil qilinganligi aniqlanganligiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekistondagi Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari filiali tomonidan 2020-2023-yillarda bajarilgan ESN 400678-raqamli “English Speaking Nation: Coaches Program” mavzusidagi xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari filialining 2022-yil 10-iyundagi 22-245-son ma’lumotnomasi). Natijada brend nomlarining ma’nosi va yasalish modellariga oid ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan lug‘atlarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
pragmatonimlarning transonimizatsiya hamda apellyativ leksika asosida, xususan, antroponimlar, toponimlar, kosmonimlar, mifonimlar, teonimlar, gidronimlar, etnonimlar, hayvon, qush va parrandalar nomlari, meva nomlari, miqdor ifodalovchi so‘zlar, tarkibidagi elementlari nomi, mahsulot ta’sir ko‘rsatadigan kasallik nomi asosida hosil qilinganligi dalillanganligiga doir xulosalardan “Teaching intercultural communication” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 9-sentyabrdagi 332-sonli buyrug‘iga asosan 302-0490-raqamli ruxsatnomasi). Natijada idiomalarning brend nomlari tarkibida shior sifatida qo‘llanilishiga doir fikr-mulohazalar o‘quv qo‘llanma materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
brend nomlarida uslubiy-pragmatik jihatdan taqlid so‘zlar, alliteratsiya, qofiya, takror kabi fonetik stilistik vositalar qo‘llanilishi aniqlanib, pragmatonimlarda milliy va madaniy bo‘yoqqa ega presedent nomlardan foydalanish iste’molchida mahsulotga nisbatan ishonch hissini uyg‘otish uchun xizmat qilishi, mahsulotning nomi, ya’ni pragmatonim tovar haqida dastlabki tasavvurni shakllantirishi asoslanganligiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Ma'naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarning ssenariylarini tayyorlashda (2022-2023 yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 15-maydagi 04-36-759-501-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan yosh avlodni xalqimizning buyuk moddiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.