Tursunov Muhammadsolih Sa’din o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek lingvistik korpusini yaratish tajribasidan (konkordans, tokenayzer, lemmatayzer, razmetkalash dasturlari asosida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3991.
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.l32.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xamroeva Shahlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili milliy korpusini tuzish va undan foydalanishning veb sahifaga asoslangan (konkordanser, tokenayzer, lemmatayzer, razmetkalash) dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili milliy korpusi dasturiy ta’minotini yaratish orqali milliy til korpusining internet tarmog‘ida foydalanuvchiga taqdim etilishiga ko‘ra Milliy korpusni yaratish, uni internet tarmog‘ida ishlashini ta’minlash, matnlarni lingvistik jihatdan tasnif etish hamda shu asosda har bir xalqning milliy tili va uning o‘ziga xos xususiyatlari sofligini saqlab qolish mumkinligi dalillangan;
o‘zbek tili milliy korpusini yaratish va boshqarishga mo‘ljallangan uzbekcorpora.uz dasturiy ta’minoti yaratilib, u so‘z va iboralarni korpus bo‘ylab qidirish (konkordans), razmetkasini aniqlash (so‘z morfologiyasi), lemmalash, tokenlash va chastotali lug‘atlarni yaratish kabi tarkibiy qismlardan iborat ekanligi asoslangan;
korpusni yaratishga mo‘ljallangan dasturlar va korpusdan foydalanishga xizmat qiladigan dasturlar matnlar bazasini shakllantirish, korpus lug‘atini tuzish va tahrirlash, matnlarni razmetkalash kabi vazifalarni bajarishi lingvistik aspektda dalillangan.
til korpusining dasturiy ta’minotida tanlangan matndagi so‘zlar yoki gaplarning grammatik va stilistik jihatdan xususiyatlarini samarador aniqlash va o‘zgartirish imkoniyati mavjud ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek lingvistik korpusini yaratish tajribasidan (konkordans, tokenayzer, lemmatayzer, razmetkalash dasturlari asosida) olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili milliy korpusi dasturiy ta’minotini yaratish orqali milliy til korpusining internet tarmog‘ida foydalanuvchiga taqdim etilishiga ko‘ra Milliy korpusni yaratish, uni internet tarmog‘ida ishlashini ta’minlash, matnlarni lingvistik jihatdan tasnif etish hamda shu asosda har bir xalqning milliy tili va uning o‘ziga xos xususiyatlari sofligini saqlab qolish mumkinligi kabi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 9-sentyabrdagi 01/4-1716-son ma’lumotnomasi). Natijada matnlarni raqamlashtirish, korpusga kiritish va tadqiqotlarni takomillashtirishga erishilgan;
o‘zbek tili milliy korpusini yaratish va boshqarishga mo‘ljallangan uzbekcorpora.uz dasturiy ta’minoti yaratilib, u so‘z va iboralarni korpus bo‘ylab qidirish (konkordans), razmetkasini aniqlash (so‘z morfologiyasi), lemmalash, tokenlash va chastotali lug‘atlarni yaratish kabi tarkibiy qismlardan iborat ekanligi hamda korpusni yaratishga mo‘ljallangan dasturlar va korpusdan foydalanishga xizmat qiladigan dasturlar matnlar bazasini shakllantirish, korpus lug‘atini tuzish va tahrirlash, matnlarni razmetkalash kabi vazifalarni bajarishi haqidagi ilmiy takliflar “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-20-sonli “Oila, mahalla va gender tengligi mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 4-sentyabrdagi 01-09/1608-son ma’lumotnomasi). Natijada Uzbekcorpora.uz yordamida badiiy asarlardagi so‘z va iboralarni qidirish, ularning kontekstida qo‘llanilishini aniqlash, konkordanslar tuzish orqali kengaytirilgan kontekstlar hosil qilish, shuningdek, so‘zlarning morfologik razmetkasini aniqlash, lemmalash va tokenlash jarayonlari orqali matnlarning tuzilishi va ularning lingvistik xususiyatlarini o‘rganish, mahalla va gender tengligi mavzusidagi asarlarning lingvistik xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini bergan;
til korpusining dasturiy ta’minotida tanlangan matndagi so‘zlar yoki gaplarning grammatik va stilistik jihatdan xususiyatlarini samarador aniqlash va o‘zgartirish imkoniyati mavjud ekanligi isbotlanganligi to‘g‘risida xulosalardan “Samarqand” viloyat telekanalida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” kabi ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-apreldagi 01-07/138-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar ilmiy dalillar bilan boyitilib, ko‘rsatuvlar mazmuni ma’rifiy va amaliy jihatdan mukammallashuvi ta’minlangan.