Mamatkulov Ilxom Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Don jo‘xorining “Massino” navini ekish muddati va tup sonini o‘sish, rivojlanishi hamda hosildorlikka ta’siri”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Qx576.
Ilmiy rahbar: Tellyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti, Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bo‘riev Salimjan Samedjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi don jo‘xori “Massino” navi o‘simligidan yuqori sifatli urug‘lik va tovar don hosili etishtirishda maqbul ekish muddati, me’yori, sxemasi, tup sonlarini aniqlash hamda don va em-xashak etishtirish hajmini oshirish orqali qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikka erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida don jo‘xorining “Massino” navi o‘simligidan yuqori sifatli urug‘lik don etishtirishning maqbul ekish muddati (10.04), me’yori (3,9 kg/ga), sxemasi 70×16-1, o‘simlik soni gektariga 90 ming/dona, tovar don etishtirish uchun esa ekish muddati (20.04), me’yori (4,3 kg/ga), sxemasi 70×14-1, o‘simlik soni gektariga 100 ming/dona ekanligi aniqlangan;
jo‘xorini don uchun maqbul ekib etishtirish muddati kechikkan holatda (30.04) ekish me’yori (4,8 kg/ga), sxemasi 70×13-1, o‘simlik soni gektariga 110 ming/dona parvarishlanib, kuz qulay kelsa tovar don, bo‘lmasa chorvachilik uchun yuqori don hosili hamda qimmatli ozuqa quruq em-xashak 12,07 t/ga etishtirish (4097 t/ga ozuqa birligi) imkoni aniqlangan;
“Massino” navini maqbul ekish muddati (10.04), me’yori (3,9 kg/ga) sxemasi 70×16-1 va tup soni gektariga 90 ming bo‘lganda o‘simlik o‘sishi va rivojlanishi jadallashib, bo‘yi 125,3 sm, barg sathi 99300 m2/ga, barg soni o‘rtacha 16,3 dona, fotosintetik sof mahsuldorligi gullash fazasida 648,7 sm2/o‘simlik, bo‘g‘im soni 0,22 donaga ortib faoliyati yaxshilanishi evaziga 71,2 s/ga sifatli hosil olinishi hamda ro‘vakdagi donlar soni bo‘liq bo‘lishi bilan don hosili o‘rtasida o‘rtacha darajada korrelyasion bog‘liqlik (korrelyasiya koeffisienti y=1,0464x+54,303) borligi isbotlangan;
don jo‘xori “Massino” navining maqbul ekish muddat, me’yor, sxema va tup sonlarida etishtirish samarali ekanligi aniqlanib, urug‘lik don uchun ekilganda 58500000 so‘m/ga, tovar don uchun ekilganda 22753024 so‘m/ga va don uchun kechikkan muddatda ozuqa sifatida foydalanilganda 20836980 so‘m/ga sof foyda olinib, qo‘shimcha yuqori sifatli urug‘lik, tovar don hamda em-xashak etishtirish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Don jo‘xorining “Massino” navini ekish muddati, me’yori, sxemasi, tup sonini o‘sish, rivojlanish va hosildorlikka ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Jo‘xori navlarini etishtirish agrotexnikasi” hamda “Don jo‘xorining “Massino” navini etishtirish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-04-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyalar jo‘xori etishtiradigan dehqon va fermer xo‘jaliklari, klasterlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
don jo‘xorining “Massino” navidan don olish uchun hamda boshlang‘ich urug‘chilik sinovi ishlari Toshkent viloyatining Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasining tajriba maydonlarida 10 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-04-101-son ma’lumotnomasi).  Natijada, aprel` oyining ikkinchi dekadasida, 70×14-1 sxemada ekilganda, don jo‘xorining “Massino”  navi – o‘rtacha 63,5-70,4 s/ga, andoza sifatida olingan “O‘zbekiston-5” naviga (51,9-54,1 s/ga) nisbatan 11,6-16,3 s/ga yuqori urug‘lik don hosili berganligi qayd etilgan. Ishlab chiqarishda “Massino” navi urug‘lik don yo‘nalishida etishtirilganda gektaridan 6,9-9,8 mln so‘m qo‘shimcha sof foyda hamda rentabellik darajasi 63-89% olishga erishilgan;
“Massino” navi bo‘yicha tadqiqotlar Chimboy tumani Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonlarida jami 5,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-04-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, may oyining birinchi dekadasida, 70×14-1 sxemada ekilganda, “Massino” navidan o‘rtacha 61,3-63,4 s/ga, andoza sifatida olingan “Boyjugari” naviga (55,7-57,6 s/ga) nisbatan 5,6-5,8 s/ga yuqori urug‘lik don hosili olinganligi va to‘liq pishish davri 11-13 kunga qisqarganligi aniqlangan. Ishlab chiqarishda “Massino” navi urug‘lik don yo‘nalishida etishtirilganda, har bir gektardan 3,4-3,5 mln so‘m qo‘shimcha sof foyda, rentabellik darajasini 31-33% olishga erishilgan;
don va em-xashak hosildorligiga ta’sirini o‘rganish Sirdaryo  viloyati Yangier shahar “Energiya Nasl Chorva” fermer xo‘jaligida 30 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-04-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, don jo‘xorining “Massino” navida o‘simlik qalinligi 90 ming bo‘lganda – 112 kunda don to‘liq pishib etilib, hosildorlik - 58,9 s/ga, 100 ming bo‘lganda – 115 kunda don to‘liq pishib etilib, hosildorlik - 65,2 s/ga, 110 ming bo‘lganda – 117 kunda don to‘liq pishib etilib, hosildorlik 67,7 s/ga.ni tashkil etib, gektaridan 8,8-10,1 mln.so‘m sof foyda, rentabellik darajasi 23,7-57,1 foizga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish