Ishmuratov Shavkat Saparovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning ekish muddati va me’yorlariga bog‘liq holda qo‘shimcha oziqlantirish samaradorligi (Surxondaryo viloyatining taqir-o‘tloqi tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx797.
Ilmiy rahbar: Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining taqir-o‘tloqi tuproqlari sharoitida soyadan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda ekish muddati va me’yorlarini ishlab chiqish hamda bentonit loyqasi bilan qo‘shimcha oziqlantirishning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” navini maqbul ekish muddati 5-10 aprel va me’yori 350 ming dona/ga yoki 50 kg/ga ekanligi aniqlangan;
Xovdak bentonit loyqasini soyaning shoxlanish, gullash va dukkaklash davrlarida 250 kg dan mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llash samarali ekanligi aniqlangan;
tadqiqotlar natijasida soyani 20-25 mart sanasida gektariga 500 ming dona (70 kg) ekilganda don tarkibida oqsil miqdori yuqori bo‘lishi aniqlangan;
soyani 5-10 aprel sanasida 350 ming dona/ga (50 kg/ga) me’yorda ekilganda esa don tarkibidagi moy miqdori yuqori bo‘lishi aniqlangan;
bentonit loyqasi mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llanilganda bentonit loyqasi qo‘llanilmagan variantga nisbatan soyaning poya balandligi 4,3-6,1 sm, bir o‘simlikdagi dukkaklar soni 2,1-3,5 dona, bir dukkakdagi don vazni 0,05-0,09 g, 1000 dona don vazni 2,2-3,6 g yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqlari sharoitida soyani ekish muddati, me’yorlari va qo‘shimcha oziqlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Surxondaryo viloyati sharoitida soyani ekish muddati, me’yorlari hamda qo‘shimcha oziqlantirish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi №06/22-21-07/12-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Surxondaryo viloyatida soya etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soyani 5-10 aprelda 350 ming dona/ga me’yorda ekish texnologiyasi Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Termiz tuman elita urug‘chilik” MChJ da 5,2 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining
2024 yil 17 yanvardagi №06/22-21-07/12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soyadan 25,7 s don hosili va 7190 ming so‘m/ga foyda olingan hamda rentabellik 57,8 % ni tashkil etgan.
soyani 5-10 aprelda 350 ming dona/ga ekish va bentonit loyqasi bilan gektariga 750 kg me’yorda qo‘shimcha oziqlantirish texnologiyasi Jarqo‘rg‘on tumani “Akbarjon-Jo‘rabekjon” f/x 6,7 ga, “Minor shodasi” f/x 6,2 ga, “Olmazor Baraka” f/x 4,5 ga, “Otaqum umidli baraka” f/x 4,7 ga, “Yangi usul baraka” f/x 5,3 ga, jami 27,4 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi №06/22-21-07/12-sonli ma’lumot-nomasi). Bunda, 27,5-28,7 s/ga don hosili etishtirilib, 6387-7490 ming so‘m/ga foyda olingan va 48,6-60,4 % rentabellikka erishilgan.