Muxiddinova Mavzuna Sirojiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVIII-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligidagi tarixiy jarayonlar (Tarixi Xumuliy asari asosida)” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1801.
Ilmiy rahbar: Nasrullaev Maxmud Ibodullaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Normurodova Guzal Bekmurodovna, tarix fanlari doktori, dotsent; Xaitov Shodmon Axmatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan Buxoro amirligi tarixini “Tarixi Xumuliy” asari asosida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Buxoro amirligidagi mang‘itlarning hokimiyatga kelishida tarixiy muhit (jung‘orlar hujumi, Nodirshoh bosqini, ichki urug‘chilik), legitimlik mezonlari (“Taxti baxt”, “taxti saltanati Buxoro”, “taxti Turon”, “muqaddas burch”) muhim o‘rin tutganligi hamda Muhammad Rahimbiyning markazlashtirish (“Amiri Komgor”, “Saltanat nizomi zinalari”) siyosati olib borganligi asoslab berilgan;
Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan (soliq, sud, boshqaruv va harbiy) islohotlar, Samarqand shahrining qayta tiklanishidagi (Payqoboq, Qalandarxona, Xo‘ja Ahror, So‘zangaron) xizmatlari, boshqa amirlardan farqli (“noib”, diniy maqom, “amir ul-mo‘minin”) jihatlari va shaxsiy xislatlari (Xoqonlar hujjati va burhoni, tariqatning chirog‘i, avliyolar faxri, mannonning rahmati, millat ishlarini isloh qiluvchisi, bid’at va zalolatni yo‘q qiluvchisi, hidoyat va shariatning homiysi) ochib berilgan;
Buxoro amirligi an’anaviy ta’lim dargohlarida, jumladan madrasalarda o‘qitilgan diniy va dunyoviy bilimlar (ilmi masohat,  ilmi faroiz, shar’iya, arabiya, hikmat), mudarrislarning moddiy ta’minoti (muaxxaz” – daromad manbai), Lutfulloh Xojaning (“sulton ul-muhaqqiqin”, “imomlarning ustuni”) Samarqanddagi Tillakori madrasasida mudarrislik qilish bilan bir qatorda Samarqand shahri fatvo hay’atini ham boshqarganligi hamda keyinchalik Shahrisabzdagi Xolboy Oxund va Buxorodagi Ruhobod, Gulobod madrasalarida faoliyat yuritganligi dalillangan;
Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida Dahbediy ulamolarning tutgan o‘rni, davlat boshqaruvidagi roli (“Qayyumi zamon», (zamon ustuni), “qayyumiyat” martabasi, ma’naviy murshid, “O‘rini shohnishin”) va mavqei (“qutbul-mutaaxirini” (oxirgi qutblar qutbi), “a’liyai mujaddadiya”, oltin zanjir), shuningdek, Samarqand, Buxoro muhitida Dahbediy silsilasi vakillarining nufuzi (“qutbul-aqtob”, ”qutbul-olam”, “naqshbandiya-Dahbediya”) ko‘rsatib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVIII-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligidagi tarixiy jarayonlar(Tarixi Xumuliy asari asosida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
Buxoro amirligidagi mang‘itlarning hokimiyatga kelishida tarixiy muhit (jung‘orlar hujumi, Nodirshoh bosqini, ichki urug‘chilik), legitimlik me’zonlari (“Taxti baxt”, “taxti saltanati Buxoro”, “taxti Turon”, “muqaddas burch”) muhim o‘rin tutganligi hamda Muhammad Rahimbiyning markazlashtirish (“Amiri Komgor”, “Saltanat nizomi zinalari”) siyosati olib borganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Samarqand davlat universiteti tarix yo‘na¬lishi talabalari uchun chiqarilgan “O‘zbekiston tarixi: Samarqand  tarixi” o‘quv qo‘llanmasining (Samarqand, SamDU, 2023. – 322-bet) 1-2 mavzularida aks ettirilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024 yil 20 aprelda berilgan 10-1817 sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy natijalar Buxoro amirligining siyosiy va ma’muriy-boshqaruv sohasida  yuz bergan o‘zgarishlarni ochib berishga xizmat qilgan.
Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan (soliq, sud, boshqaruv va harbiy) islohotlar, Samarqand shahrining qayta tiklanishidagi (Payqoboq, Qalandarxona, Xo‘ja Ahror, So‘zangaron) xizmatlari, boshqa amirlardan farqli (“noib”, diniy maqom, “amir ul-mo‘minin”) jihatlari va shaxsiy xislatlari (Xoqonlar hujjati va burhoni, tariqatning chirog‘i, avliyolar faxri, mannonning rahmati, millat ishlarini isloh qiluvchisi, bid’at va zalolatni yo‘q qiluvchisi, hidoyat va shariatning homiysi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar Samarqand davlat universiteti tarix yo‘na¬lishi talabalari uchun nashr qilingan “O‘zbekiston tarixi: Samarqand  tarixi” o‘quv qo‘llanmasining (Samarqand, SamDU, 2023. – 322-bet) 1-2 mavzularida aks ettirilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024 yil 20 aprelda berilgan 10-1817 sonli ma’lumotnoma). Tadqiqotning ilmiy xulosalari Buxoro amirligidagi o‘tkazilgan  islohotlarni   ochib berishga xizmat qilgan;
Buxoro amirligi an’anaviy ta’lim dargohlarida, jumladan madrasalarda o‘qitilgan diniy va dunyoviy bilimlar (ilmi masohat,  ilmi faroiz, shar’iya, Arabiya, hikmat), mudarrislarning moddiy ta’minoti (muaxxaz” – daromad manbai),  Lutfulloh Xojaning (“sulton ul-muhaqqiqin”, “imomlarning ustuni”) Samarqanddagi Tillakori madrasasida mudarrislik qilish bilan bir qatorda Samarqand shahri fatvo hay’atini ham boshqarganligi hamda keyinchalik Shahrisabzdagi Xolboy Oxund va Buxorodagi Ruhobod, Gulobod madrasalarida faoliyat yuritganligiga doir tadqiqot materiallaridan Samarqand davlat universitetida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan F3-202001047 - “O‘zbekistonda madrasa ta’limi tarixi” elektron portalini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada shakllantirishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2023 yil 26 oktyabrdagi 10-5554-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy xulosalari Buxoro amirligining ijtimoiy-madaniy hayotida madrasa ta’limi holatini  ochib berishga xizmat qilgan;
Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida Dahbediy ulamolarning tutgan o‘rni, davlat boshqaruvidagi roli (“qayyumi zamon”, (zamon ustuni), “qayyumiyat” martabasi, ma’naviy murshid, “o‘rini shohnishin”) va mavqei (“qutbul-mutaaxirini” (oxirgi qutblar qutbi), “a’liyai mujaddadiya”, oltin zanjir), shuningdek, Samarqand, Buxoro muhitida Dahbediy silsilasi vakillarining nufuzi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat unitar korxonasida “Moziyga sayohat”, “Tadqiqot” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini  tayyorlashda foydalanilgan (2023-yil 9-iyundagi 02-02-03/132-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida  yuz bergan o‘zgarishlarni ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish