Yakubova Muxtaram Bakaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istoriya sotsial`no-ekonomicheskogo i kul`turnogo razvitiya Turkestana (po materialam nemeskoyazichnix issledovateley XIX -nachala XXvv.)” 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar 1835
Ilmiy rahbar: [Ziyaeva Dono Hamidovna] tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlar: Nasrullaev Maxmud Ibodullaevich tarix fanlari nomzodi, dotsent, Kobzeva Olga Petrovna tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX-XX asr boshlarida nemis tilida yozilgan ilmiy tadqiqotlar orqali Turkistonda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarning rivojlanish xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Germaniyada shakllangan «Nemis sharqshunoslik jamiyati» (Deusche Morgenlaendische GESellschaft) Turkiston o‘lkasini siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan o‘rganilishidagi yetakchi ilmiy markaz vazifasini o‘taganligi dalillangan;
XIX – XX-asr boshlaridagi nemiszabon tadqiqotchilar ekspedisiyalari kontekstida ochib berilgan ilmiy xulosalarda juda kamyob hisoblangan Turkiston shifobaxsh o‘simliklari (Sitver) asosida tayyorlangan tabiiy dori-darmonlar (santonin - antiparazitik vosita - ilmiy nomi “Artemisia maritima”) dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaganligi hamda jahon tibbiyot amaliyotida (Evropa va Amerika) keng qo‘llanilganligi aniqlangan;
ilmiy safarlar, geografik ekspedisiyalar, diplomatik elchiliklar va boshqa missiyalar davomida mintaqadagi turli etnik guruhlarning xilma-xilligi, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlaridan Turkistonda sodir bo‘lgan migratsiya jarayonlari, O‘zbekiston tarixini boyitgan etnografiya, etnologiya, tarix va boshqa ijtimoiy sohalarga oid muhim ma’lumotlar va kolleksiyalar to‘planganligi ochib berilgan;
Turkiston iqtisodiyotiga oid nemiszabon tadqiqotlar G‘arb investisiyalarini ushbu hududga faol joriy etilishini boshlab berganligi, ushbu tadqiqotlar asosida Germaniyaning mustamlakachilik va eksterritorial iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillari shakllanganligi, nemis millatiga mansub mutaxassislarning Turkistonga kelib joylashishi va faoliyat yuritganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish tarixi (XIX- XX asr boshlaridagi nemiszabon tadqiqotchilar materiallari asosida)ini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nemiszabon sayohatchilarning O‘zbekiston tabiatshunoslik (iqlimshunoslik, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mineralogiya), ijtimoiy-iqtisodiy, shuningdek, siyosiy (tarix, etnografiya, etnologiya, tilshunoslik, iqtisodiyot, siyosat) sohalariga oid tadqiqotlari ilmiy yangiligidan “O‘zbekiston tarixi” teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Taqdimot” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 iyun 06-28-941-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning nemis olimlarining XIX – XX-asrning boshlarida O‘zbekistonda olib borilgan ilmiy ekspedisiyalari o‘lkaning o‘simlik va hayvonot dunyosi, mintaqa xalqlarining intellektual darajasi haqida tasavvurlarining boyishi uchun xizmat qilgan;
dissertatsiya materiallaridan «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» kitobini tayyorlashda kutubxonada saqlanayotgan nemis tilidagi adabiyotlarning Toshkentda jamlanishi mintaqaning keng miqyosdagi xalqaro aloqalaridan darak berishi haqidagi nazariy amaliy ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022 yil 27 dekabrdagi 01-20/1351-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar keng mutaxassislar doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida saqlanayotgan nemis tilidagi ilmiy adabiyotlar haqidagi tasavvurlarning boyishiga xizmat qilgan;
XIX-XX asr boshlarida nemis tadqiqotchilarining O‘zbekiston tarixiga oid muhim ma’lumot va kolleksiyalari asosida Turkiston hunarmandchiligi haqidagi ma’lumotlardan «O‘zbekiston tarixiga oid manba va tadqiqotlar (XIX-XXasr boshlari)“ nomli fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024 yil 29 fevraldagi 3/1255-484-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Turkiston iqtisodiy tarixini yoritishga xizmat qilgan va uni yangi materiallar bilan boyitgan;
Turkiston tabiiy sohalarining orografiya, irrigatsiya, gidrografiya klimatologiya, zoologiya, entomologiya, ixtiologiya, alpinizm kabi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan XIX-XX asr boshlaridagi nemiszabon tadqiqotlar, Markaziy Osiyo va Evropa xalqlari o‘rtasidagi madaniy, savdo, elchilik aloqalari XVI asrdan boshlab susayib XIX asr o‘rtalaridan yana faollashgani, hamda madaniy, ilmiy, ijtimoiy sohalarda salmoqli ishlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekistonda intellektual meros tarixiga oid manbalar (XIX – XX asr boshlari) to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024 yil 29 fevraldagi 3/1255-484-sonli ma’lumotnomasi). Erishilgan natijalar O‘zbekiston tarixining hali tadqiq etilmagan tomonlarini yoritishga xizmat qilgan va uni yangi materiallar bilan boyitgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish