Olimov Maqsudjon Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish asosida hududlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1410.
Ilmiy rahbar: Xotamov Ibodullo Sadulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Saidrasulova Xolida Bekpo‘latovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish orqali hududlarda iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlatni barqaror rivojlantirish uchun iqtisodiy omillarning ta’minlanganlik darajasi bilan belgilanuvchi, davlatning turli sohalarni barqaror rivojlanishini ta’minlashi uchun muayyan standartlar orqali namoyon bo‘luvchi, aholining yuqori turmush darajasini shakllantirish asosi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
sanoat ishlab chiqarishi korxonalari samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarining
(90≤Syu≤100 ball), “yaxshi” (70≤Sya≤89 ball), “qoniqarli” (50≤Sq≤69 ball), “qoniqarsiz” (30≤Sqz≤49 ball) va “xavfli” (1≤Sx≤29 ball) chegaralarida hududning iqtisodiy xavfsizligining tegishli darajalarini ta’minlash asoslangan;
Namangan viloyati sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq hudud iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tarkibidagi sanoat ishlab chiqarish indeksi (Sichi≥105%), asosiy kapitalga investisiyalar umumiy hajmida xorijiy investisiyalar ulushi (XIu≥20%), tovarlar va xizmatlar hajmida mashina va uskunalar ishlab chiqarish ulushi (MUu≥20%) darajasida hudud iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda drayver vazifasini bajarishi asoslangan;
Namangan viloyati sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati hamda rivojlanish imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida 2030-yilga qadar hududiy iqtisod va sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish asosida hududlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash doirasida olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlatni barqaror rivojlantirish uchun iqtisodiy omillarning ta’minlanganlik darajasi bilan belgilanuvchi, davlatning turli sohalarni barqaror rivojlanishini ta’minlashi uchun muayyan standartlar orqali namoyon bo‘luvchi, aholining yuqori turmush darajasini shakllantirish asosi nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy xavfsizlik” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i) va “Kreativ fikrlash” nomli darsliklarni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda aholining yuqori turmush darajasini shakllantirish asosi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan kengaytirilgan nazariy bilimlar hosil qilish imkoni yaratilgan;
sanoat ishlab chiqarishi korxonalari samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarining (90≤Syu≤100 ball), “yaxshi” (70≤Sya≤89 ball), “qoniqarli” (50≤Sq≤69 ball), “qoniqarsiz” (30≤Sqz≤49 ball) va “xavfli” (1≤Sx≤29 ball) chegaralarida hududning iqtisodiy xavfsizligining tegishli darajalarini ta’minlash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 13-maydagi №9/06-30-7962-sonli hamda O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2024-yil 15-maydagi № 03/25-1033-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini baholash amaliyotini takomillashtirish hamda korxonalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning tahlil qilinishi asosida asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, iqtisodiy samaradorlikni pasayish xavfini oldindan aniqlash, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi muammolarni bartaraf etish uchun samarali echimlar va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishga erishilgan;
Namangan viloyati sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq hudud iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tarkibidagi sanoat ishlab chiqarish indeksi (Sichi≥105%), asosiy kapitalga investisiyalar umumiy hajmida xorijiy investisiyalar ulushi (XIu≥20%), tovarlar va xizmatlar hajmida mashina va uskunalar ishlab chiqarish ulushi (MUu≥20%) darajasida hudud iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda drayver vazifasini bajarishi taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 13-maydagi
№9/06-30-7962-sonli hamda O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2024-yil 15-maydagi
№ 03/25-1033-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalar faoliyatini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari, shuningdek uzoq muddatli strategik dastur va rejalar ishlab chiqilib, barqaror rivojlanishni ta’minlovchi asosiy omillar belgilab olingan;
Namangan viloyati sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati hamda rivojlanish imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida 2030-yilga qadar hududiy iqtisod va sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 13-maydagi №9/06-30-7962-sonli hamda O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2024-yil 15-maydagi № 03/25-1033-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilishi va uni ta’minlaydigan sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarini baholash, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish rejalarini o‘rganish va tahlil qilib borish hamda imkoniyatlardan samarali foydalanish aniqligini yanada oshirishga erishilgan.