Pardaev Muxriddin Xusniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “So‘x havzasida antropogen landshaft shakllanishi va urbanizatsiya jarayonlari”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1501
Ilmiy rahbar: Anarbaev Abdulhamidjon, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor, Suleymanov Rustam Xamidovich va Termiz davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Shaydullaev Alisher Shapulatovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi So‘x havzasida antropogen landshaftning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini yoritib berishdan iborat:
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘rta paleolit davrida antropogen landshaftlar So‘x havzasining janubiy qismida shakllanganligi, mezolit-neolit davrlarida quyi oqimigacha kengayganligi, ilk metall davrida tog‘oldi tegrasida saqlanib qolib, antik va ilk o‘rta asrlarda havzaning barcha qismlariga yoyilganligi, rivojlangan o‘rta asrlarga kelib esa shaharsozlik va dehqonchilik madaniyati hududi shimoliy-g‘arbiy va janubiy qismlariga ko‘chganligi, shuningdek, havzaning inson jamoalari tomonidan o‘zlashtirilishi uzlyuksiz kechganligi isbotlangan;
So‘x havzasi tosh va ilk metall davri jamoalarining dengiz sathidan 1000 m yuqorida, oqarsuv manbalariga 300 metrgacha masofada, quyoshga tik qaragan 90–270 daraja azimutda, 10–20 daraja qiyalikda hamda sel yo‘llaridan yuqoridagi ekologik burchaklardagina o‘rnashganligi isbotlangan;
So‘x havzasining antik va ilk o‘rta asrlar davri dehqonchilik madaniyatiga mansub jamoalarning Bachqir, Qatron-Gijon, Qo‘qonsoy, Nursuq, Sariqo‘rg‘on, Zohidon va Yuqori So‘x kabi ettita irrigatsion mikrovohalarda istiqomat qilganligi hamda ulardan shahar xarobasi, qishloq xarobasi, yakka turdagi turar-joy, qal’a-qo‘rg‘on va qabriston-mozorqo‘rg‘on kabi besh turdagi arxeologik yodgorliklar majmualari saqlanib qolganligi aniqlangan;
Eramizdan avvalgi II–I asrlar va eramizning I–VI asrlarida So‘x havzasining o‘rta oqimida intensiv sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi, So‘x daryosi suvining kuchli tarmoqlanishi, erosti suvlarining ko‘tarilishi va tuproqlarning sho‘rlanishi natijasida havzaning quyi oqimidagi manzilgohlar VII asrda tashlab ketilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “So‘x havzasida antropogen landshaft shakllanishi va urbanizatsiya jarayonlari” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta paleolit davrida antropogen landshaftlar So‘x havzasining janubiy qismida shakllanganligi, mezolit-neolit davrlarida quyi oqimigacha kengayganligi, ilk metall davrida tog‘oldi tegrasida saqlanib qolib, antik va ilk o‘rta asrlarda havzaning barcha qismlariga yoyilganligi, rivojlangan o‘rta asrlarga kelib esa shaharsozlik va dehqonchilik madaniyati hududi shimoliy-g‘arbiy va janubiy qismlariga ko‘chganligi, shuningdek, havzaning inson jamoalari tomonidan o‘zlashtirilishi uzlyuksiz kechganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” va “Ibtido” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 11-dekabrdagi 06-28-1862-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonning tarixi va madaniy merosini targ‘ibotiga xizmat qilgan.
So‘x havzasi tosh va ilk metall davri jamoalarining dengiz sathidan 1000 m yuqorida, oqarsuv manbalariga 300 metrgacha masofada, quyoshga tik qaragan 90–270 daraja azimutda, 10–20 daraja qiyalikda hamda sel yo‘llaridan yuqoridagi ekologik burchaklardagina o‘rnashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” va “Ibtido” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 11-dekabrdagi 06-28-1862-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonning tarixi va madaniy merosini targ‘ibotiga xizmat qilgan.
So‘x havzasining antik va ilk o‘rta asrlar davri dehqonchilik madaniyatiga mansub jamoalarning Bachqir, Qatron-Gijon, Qo‘qonsoy, Nursuq, Sariqo‘rg‘on, Zohidon va Yuqori So‘x kabi ettita irrigatsion mikrovohalarda istiqomat qilganligi hamda ulardan shahar xarobasi, qishloq xarobasi, yakka turdagi turar-joy, qal’a-qo‘rg‘on va qabriston-mozorqo‘rg‘on kabi besh turdagi arxeologik yodgorliklar majmualari saqlanib qolganligi haqidagi ma’lumotlar Madaniy meros agentligi Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan yangi madaniy meroslarni xatlovdan o‘tkazish, ularni pasportlashtirish va hujjatlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2024-yil 06-sentyabrdagi 04-09/379-sonli ma’lumotnomasi).
Eramizdan avvalgi II–I asrlar va eramizning I–VI asrlarida So‘x havzasining o‘rta oqimida intensiv sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi, So‘x daryosi suvining kuchli tarmoqlanishi, erosti suvlarining ko‘tarilishi va tuproqlarning sho‘rlanishi natijasida havzaning quyi oqimidagi manzilgohlar VII asrda tashlab ketilganligi haqidagi ma’lumotlar “Qo‘qon” davlat-muzey qo‘riqxonasida ekskursiya matnlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2024-yil 06-sentyabrdagi 04-09/379-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, Tepaqo‘rg‘on arxeologik yodgorligidan topilgan yuzdan ortiq moddiy ashyolar Ushbu topilmalar muzey fondini boyitishga hamda tashrif buyuruvchilarda Qo‘qon mikrovohasining moddiy madaniyati tarixi haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish