Asadova Nigora Hamroevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Timusning morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1818.
Ilmiy rahbar:Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidulla Abdullaevich Rasulov, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: «Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti (Türkiye Sağlık Bilimleri Üniversitesi) (Turkiya)»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: timusning morfofunsional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlarini qiyosiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali nurlanish olgan laboratoriya hayvonlari timusidagi morfologik o‘zgarishlar intensivligi yuqoriligi nurlanishning timusga salbiy ta’sirini isbotlagan.
surunkali nurlanish ta’sirida nurlantirilgan kalamushlar timusi subkapsulyar, gematotimik, kortikomedulyar zonalaridagi makrofaglar kamayishi hisobida immun tizim faolligi pasayishi isbotlangan.
nur kasalligida markaziy immun tizim a’zosi hisoblangan timusda struktur o‘zgarishlar, ya’ni organ ichi tomirlarining shakllanishining chuqur buzilishi, tomirlar ichki diametrining o‘zgaruvchanligi, qavatlarda distrofik o‘zgarishlar, etilgan limfotsitlarning kamayishi, degenerativ o‘zgargan tanachalarning paydo bo‘lishi aniqlangan.
nur kasalligi fonida Dorogovning septik antistimulyatori bilan biokorreksiya o‘tkazilgandan so‘ng etilgan limfotsitlar soni oshishi, timotsitlar ko‘payishi, barcha zonalardagi makrofaglar faollashishi, Gassal tanachalarining kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 14 maydagi 24-Z/022 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali nurlanish olgan laboratoriya hayvonlari timusidagi morfologik o‘zgarishlar intensivligi yuqoriligi nurlanishning timusga salbiy ta’sirini isbotlagan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan  ma’lumotlar  kalamushlar timusining makroanatomik parametrlarining rivojlanishi va tuzilishi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirishga va olingan natijalar nurlanish ta’sirida immun a’zolarida paydo bo‘ladigan o‘ziga xos o‘zgarishlarni aniqlashga va shunga mos ravishda davolash usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (28.12.2022; № 36) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.03.2023; №21) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali nurlanishning timus biometrik parametrlariga ta’siri bo‘yicha aniqlangan qonuniyatlar erta tashxis qo‘yish sifatini yanada yaxshilashga, prognozlash usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nazorat va surunkali nurlanishga chalingan hayvonlarda timus organometrik ko‘rsatgichlarini qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha nazariy bilimlarni kengayishi surunkali nurlanish ta’siri bo‘yicha eksperimental  tadqiqotlar o‘tkazishda diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor hisobida 140000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: Timusning surunkali nurlanishi patologiyasini erta tashxislash prognozlash natijasida 1 nafar bemor hisobiga 140000 so‘mga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timusning morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga  Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 27 fevraldagi 04/1267-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali nurlanish ta’sirida nurlantirilgan kalamushlar timusi subkapsulyar, gematotimik, kortikomedulyar zonalaridagi makrofaglar kamayishi hisobida immun tizim faolligi pasayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tajribaviy modelda timusdagi organizmni turli patogen omillardan himoya qiladigan T-limfotsitlar, makrofaglar sonini oq kalamushlarda aniqlanishi immun tizim kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, tashxisi va davolanishi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish uchun zarurligi aniqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (28.12.2022; № 36) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.03.2023; №21) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali nurlanish ta’sirida paydo bo‘ladigan morfometrik ko‘rsatkichlarining me’yordagi ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlili erta tashxis qilish, davo samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nurlanishning hayvonlar timusining mikroanatomik parametrlariga surunkali ta’sirini baholash metodologiyasi bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar diagnostika usullarini takomillashtirish orqali tadqiqotlar davomida 1 nafar bemor hisobiga 145000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Timusning surunkali nurlanishi patologiyasini erta tashxislash prognozlash natijasida  1 nafar bemor hisobiga 145000 so‘mga byudjet mablag‘larini iqtisod  kilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timusning morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 27 fevraldagi 04/1267-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: nur kasalligida markaziy immun tizim a’zosi hisoblangan timusda struktur o‘zgarishlar, ya’ni organ ichi tomirlarining shakllanishining chuqur buzilishi, tomirlar ichki diametrining o‘zgaruvchanligi, qavatlarda distrofik o‘zgarishlar, etilgan limfotsitlarning kamayishi, degenerativ o‘zgargan tanachalarning paydo bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali nurlangan kalamushlar timusi nurlanish ta’siri natijasida aniqlangan patologik effekt timusda kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hujayra darajasida baholash, nogironlik holatlarini oldini olib, davolash davomiyligini qisqartiradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (28.12.2022; № 36) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.03.2023; №21) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali nurlanish ta’sirida immun tizimga javobgar hujayralar turining kamayish mexanizmlarini bilish aholining immun sistema salomatligi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish va davolash uchun ularni tartibga solish yo‘llarini ishlab chiqishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nurlanish ta’sirida kelib chiqqan funksional o‘zgarishlarni tadqiq qilish, ularni aniqlash va baholash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 125000 so‘mga byudjet  mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 115000 so‘mga  iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: timus patologiyalarni o‘z vaqtida baholash, erta tashxislash va bashorat qilish natijasida 1 nafar bemor xisobiga 125000 so‘mga byudjet  mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 115000 so‘mga  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timusning morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga  Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 27 fevraldagi 04/1267-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nur kasalligi fonida Dorogovning septik antistimulyatori bilan biokorreksiya o‘tkazilgandan so‘ng etilgan limfotsitlar soni oshishi, timotsitlar ko‘payishi, barcha zonalardagi makrofaglar faollashishi, Gassal tanachalarining kamayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: eksperimental tajribalar tekshirishda qo‘llanilgan usullar nurlanishdan keyin timus hujayra strukturasidagi ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish imkonini berdi, olingan natijalar bo‘lsa morfologik diagnostika jarayonini osonlashtirishga va takomillashtirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (28.12.2022; № 36) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.03.2023; №21) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: timus to‘qimasida morfometrik parametrlar va immun hujayralar strukturasini nurlanish va biostimulyator – Dorogovning septik antistimulyatori 2 fraksiyasi bilan korreksiya ta’siriga javoban a’zodagi proliferativ faollik va reaktiv jarayonlarning holatini aniqlashga, onkologik va immunopatologik kasalliklarga erta tashxis qo‘yishga, davolashni optimallashtirishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prognostik ahamiyatga ega morfologik mezonlarni o‘z vaqtida aniqlash natijasida tashxislash usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga davolanish uchun ketadigan byudjet mablag‘laridan 140000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 115000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: nurlanish fonida va undan keyingi davrlarda biostimulyator bilan korreksiya qilish 1 nafar bemor xisobiga davolanish uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 140000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 115000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timusning morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga  Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 27 fevraldagi 04/1267-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish