Xasanov Sardor Faxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli ekish sxemalarida ekilgan soyaning qator oralariga ishlov berish tizimini ishlab chiqish (Toshkent viloyatini tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1240.
Ilmiy rahbar: Namozov Fazliddin Bahramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xatamov Salimjon Rahimjon o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida, tuproq unumdorligini saqlovchi, oshiruvchi, takroriy ekin sifatida etishtiriladigan soya navlarini turli ekish sxemalari va qator oralariga ishlov berishning agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida ilk bor soyaning “Nafis” va “Selekta-201” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish sxemalari hamda qator oralariga ishlov berishda yuqori don hosili etishtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida soyaning “Nafis” va “Selekta-201” navlarini 60x8-2 ekish sxemasi va qator orasiga ishlov berish chuqurligi 12-14 sm hamda 16-18 sm chuqur ishlov berilganda tuproqning hajm massasi amal davri oxirida haydov (0-30 sm) qatlamida 0,004-0,005 g/sm3, soyani Selekta-201 navida 0,003-0,004 g/sm3 yaxshilanganligi aniqlangan;
soyaning “Nafis” hamda “Selekta-201” navlarida ekish sxemasi (60x8-2; 70x8-2) qator orasiga ishlov berish chuqurligi (12-14 sm; 14-16 sm), qator orasiga chuqur ishlov berilib (16-18 sm; 18-20 sm) parvarishlanganda amal davri oxiriga kelib, amal davri boshiga nisbatan tuproqning suv o‘tkazuvchanligi kamaygani va tuproqning suv fizik hususiyatlariga ijobiy ta’sir qilganligi aniqlangan;
tipik bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan soyaning “Nafis” navida ekish sxemasi 60x8-2 qator orasiga ishlov berish chuqurligi 12-14 sm, qator orasiga chuqur ishlov berilib 16-18 sm, etishtirilganda don hosili 28,6 s/ga, oqsil miqdori 36,9 %, moydorligi 22,4 %, “Selekta-201” navida ekish sxemasi 70x8-2 va qator orasiga ishlov berish chuqurligi 14-16 sm, qator orasiga chuqur ishlov berilib 18-20 sm parvarishlashganda don hosili 29,0 s/ga, oqsil miqdori 36,6%, moydorligi 21,1 % gacha bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” va “Selekta-201” navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda maqbul ekish sxemalari va qator oralariga ishlov berish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
takroriy ekin sifatida ekilgan soyadan yuqori va sifatli hosil olish bo‘yicha “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida soya navlarining ekish sxemalari va qator oralariga ishlov berish bo‘yicha (Toshkent viloyati sharoitida) tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 27-martdagi № 05/05-04-97-sonli ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va mutaxassislar uchun soya etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
takroriy ekin sifatida soyaning “Nafis” hamda “Selekta-201” navlarini 60x8-2 ekish sxemasida qator orasiga 12-14 sm va 16-18 sm chuqurlikka ishlov berish bo‘yicha Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 22 gektar, Yangiyo‘l tumanida 24 gektar, jami 46 gektar maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27-martdagi № 05/05-04-97-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 60x8-2 ekish sxemasida soyaning “Nafis” navidan 28,6 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 42,6% ga, “Selekta-201” navidan 28,3 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 41,1% ga teng bo‘lgan;
takroriy ekin sifatida soyaning “Nafis” hamda “Selekta-201” navlarini 70x8-2 ekish sxemasida qator orasiga 14-16 sm va 18-20 sm chuqurlikka ishlov berish bo‘yicha Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 22 gektar, Yangiyo‘l tumanida 24 gektar, jami 46 gektar maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27-martdagi № 05/05-04-97-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 70x8-2 ekish sxemasida soyaning “Nafis” navidan 28,8 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 43,0% ga va “Selekta-201” navidan 29,0 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 44,0% ga teng bo‘lgan.