Masodiqov Qaxramonjon Xusanboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinasozlik maqsadlarida polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarini olish texnologiyasi va ulardagi ichki kuchlanishlarni aniqlash uchun samarali usul va qurilmani ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4430.
Ilmiy rahbar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Risqulov Olimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik maqsadlarida polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarini olish texnologiyasi va ulardagi ichki kuchlanishlarni aniqlash uchun samarali usul va qurilmani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarida ichki kuchlanishlarning paydo bo‘lish sababi, tizimdagi relaksatsiya jarayonlarining sekinlashishi bo‘lib, jarayonning kinetikasi va mexanizmlari hamda polimer-substrat yoki polimer-to‘ldiruvchi chegarasida o‘zaro ta’sir kuchining oshishi bilan ichki kuchlanishlarning keskin oshishi aniqlangan;
ichki kuchlanishlar polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarini shakllantirish jarayonida hosil bo‘lgan qoplamaning gelsimon qisqarishi bilan aniqlanishi va relaksatsion jarayonlarni sekinlashishi tufayli ularning shakllanishidan keyin qoplamalardagi ichki kuchlanishlarga gel hosil bo‘lish jarayonining tezligini belgilovchi omillar: dastlabki eritmaning konsentratsiyasi, turli xil struktura hosil qiluvchi qo‘shimchalar va erituvchining tabiati ta’sir qilishi aniqlangan;
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarida ichki kuchlanishlarni aniqlash uchun konsol usulini takomillashtirish orqali qoplamalardagi ichki kuchlanishlarni aniqlash uchun kuch usuli ishlab chiqilgan;
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarida ichki kuchlanishlarni tavsiya etilgan kuch usuli asosida harorat sharoitida va havoda konsol usuli bilan ham kuch usuli bilan ham o‘lchash uchun universal qurilma ishlab chiqilgan;
polimer va lok-bo‘yoq materiallarini va ular asosida past ichki kuchlanishlarga va yuqori adgezion-kogezion mustahkamlik xususiyatlari hamda shunga mos ravishda chidamlilik hususiyatlariga ega bo‘lgan qoplamalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mashinasozlik maqsadlarida polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarini olish texnologiyasi va ulardagi ichki kuchlanishlarni aniqlash uchun samarali usul va qurilmani ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarida ichki kuchlanishlarni aniqlashning ishlab chiqilgan samarali usuli va qurilmasi Farg‘ona viloyati, «Kuvamashtex servis MTP» MChJ qishloq xo‘jaligi texnikalarida joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 19 dekabrdagi 09-02/102-1241-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki kuchlanishlarning 6-7 marta kamayishi tufayli qishloq xo‘jaligi texnikalarining konstruksiyalari va korpuslarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq qoplamalarining umrboqiyligini 2-2,5 baravar oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan usul va takomillashtirilgan texnologiya asosida olingan kompozision polimer va lok-bo‘yoq materiallari Farg‘ona viloyati, «Kuvamashtex servis MTP» MChJ qishloq xo‘jaligi texnikalarining yupqa devorli metall konstruksiyalar, paxta teruvchi mashinalar, kombaynlar va traktorlarning korpuslari yuzasida qo‘llash uchun amaliyotga joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 19 dekabrdagi 09-02/102-1241-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kompozision polimer va lok-bo‘yoq materiallarining narxi 4-4,5 baravarga kamayib, adgezion mustahkamligini 50-55% ga oshirish imkonini bergan.