Nuralieva Nargiza Bekturdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasida patronaj hamshira faoliyatini majmuaviy baholash» 14.00.23 – Hamshiralik ishini tashkil etish (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1271.
Ilmiy rahbar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019. Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxanbetkulova Dinara Nurgalievna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqodning maqsadi: yurak qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash va ular profilaktikasida patronaj hamshiralarining faoliyat tizimini majmuaviy baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikada postkovid davrdagi aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini olib borishda patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyati samaradorligi va patsientlar profilaktik qatnovi natijadorligiga ko‘ra shifoxona va ambulatoriya muassasalari o‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ish faoliyatni tashkil etish asoslangan;
oilaviy poliklinikalarda yurak-qon tomir kasalliklari erta diagnostikasi va reabilitatsiyasi algoritmiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan kardiologik davo uchun bemorlarni o‘z vaqtida yo‘llanishi orqali kasalliklarning og‘ir darajasi uchrashini kamayishiga olib kelishi asoslangan;
kardiologik kasalliklar bilan ro‘yxatda turuvchi bemorlar tomonidan o‘z - o‘zini nazorat qilishini patronaj hamshiralari tomonidan monitoringini o‘tkazish asosida ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlab, asoratlari (nogironlik va o‘lim) ning oldi olinishi asoslangan;
bemorning birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan qoniqishini monitoring qilish asosida yurak-qon tomir kasalliklarini erta diagnostikasi va reabilitatsiyasida patronaj xamshira faoliyatini nazorat qilish va baholashning tashkiliy-funksional modeli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasida patronaj hamshira faoliyatini majmuaviy baholash» mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2022 yil 5 maydagi 04/1327-sonli xati asosida Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.05.2022 yildagi №08-14023 sonli xulosasi olingan. Yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olishda patronaj hamshiralarning faoliyatini majmuaviy baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2024 yil 13 may sanasidagi №15/220 sonli muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor respublikada postkovid davrdagi aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini olib borishda patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyati samaradorligi va patsientlar profilaktik qatnovi natijadorligiga ko‘ra shifoxona va ambulatoriya muassasalari o‘rtasida uzviylik tamoyili negizida ish faoliyatini tashkil etish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yurak qon-tomir kasalliklariga olib keluvchi asosiy xavf omillari aniqlandi, ulardan noratsional ovqatlanish va giperxolesterinemiya (ρ=0,89), stress va shifokor qatnoviga e’tiborsizlik (ρ=0,84) orasida to‘g‘ri, kuchli korrelyasion bog‘lanish aniqlanganligi ularni yetakchi xavf omillari ekanligini ko‘rsatdi, ular birlamchi profilaktikasi natijadorligini oshirishda patronaj tibbiyot hamshirasining o‘rni LQAS (Lot Quality Assurance Sampling) usulidan foydalangan holda asosiy ekanligi isbotlandi. Ko‘pchilik patronaj tibbiyot hamshiralari ushbu kasalliklar birlamchi profilaktikasi, xavf omillari, simptomlari bo‘yicha ma’lumotlardan xabardor bo‘lishganligi (94,0%) aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.05.2023-yildagi 115-son buyruq, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.03.2024-yildagi 50-son buyruq hamda Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 27.04.2023-yildagi 1/421-sonli ma’lumotnomasi va boshqarmaning 27.04.2023-yildagi amaliyotga joriy qilish dalolatnomasi, Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 27.04.2023-yildagi 1/94-sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olishda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari xaqida patronaj hamshiralarining nazariy va amaliy ko‘nikmalari, tajribalari, aholi orasida ushbu kasalliklar tarqalishshini oldini olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini birlamchi va ikkilamchi profilaktikasida patronaj hamshirasining faoliyatini baholash metodologiyasidan amalda foydalanish, shuningdek, ushbu patologiya asosiy xavf omillarini aniqlash iqtisodiy samaradorlik tahlili narxi quyidagicha bo‘ladi: harajatlar samaradorligini tahlil qilish natijasida «harajat/samaradorlik» nisbati hisoblandi. Ushbu nisbat quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqilgan (Fillips S., Tompson G., 1999).
S / E = (S2 – S1) : (E2 –E1) x 100 = (250000–200000) : (90–70)x100 =
50000 : 20 x 100 = 250 000 so‘m.
S / E –«harajat/samaradorlik», C1 va C2 - mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvning umumiy qiymati, E1 va E2-mos ravishda birinchi va ikkinchi aralashuvning samaradorligi. Natijada, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: LQAS usulidan foydalangan holda yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini birlamchi va ikkilamchi profilaktikasida patronaj hamshirasining faoliyatini baholash metodologiyasi tibbiy xizmatlar sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va ushbu kasalliklarda birlamchi va ikkilamchi profilaktikani amalga oshirishda patronaj hamshirasining faoliyatini tartiblash imkonini beradi. Nuralieva Nargiza Bekturdievnaning «Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasida patronaj hamshira faoliyatini majmuaviy baholash» mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2022-yil 5-maydagi 04/1327-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: oilaviy poliklinikalarda yurak-qon tomir kasalliklari erta diagnostikasi va reabilitatsiyasi algoritmiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan kardiologik davo uchun bemorlarni o‘z vaqtida yo‘llanishi orqali og‘ir darajadagi ushbu bemorlar sonining kamayishiga olib kelishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: patronaj yo‘li bilan kardiologik bemorlarning erta diagnostikasi va ixtisoslashtirilgan kardiologik davo uchun o‘z vaqtida yo‘llanishi orqali og‘ir darajadagi bemorlar sonining 7,24% ga kamayishiga erishilganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.05.2023-yildagi 115-son buyruq, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.03.2024-yildagi 50-son buyruq hamda Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 27.04.2023-yildagi 1/421-sonli ma’lumotnomasi va boshqarmaning 27.04.2023-yildagi amaliyotga joriy qilish dalolatnomasi, Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 27.04.2023-yildagi 1/94-sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mintaqadagi 50 yoshdan oshgan aholi orasida yurak qon-tomir kasalliklari asosiy xavf omillarining yuqori darajada uchrashi yurak-qon tomir kasalliklari xavfi darajasining ishonarli ravishda ortganligi va dispanserizatsiya nazoratida mazkur toifa shaxslarga patronaj tibbiyot hamshiralari tomonidan e’tiborni kuchaytirish zaruratini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amalga oshirish arterial gipertenziya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda asoratlar rivojlanishini sekinlashtirish va yo‘q qilish imkonini beradi. Jumladan, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, miokard infarkti, gipertonik kriz kabi og‘ir holatlarning oldi olinadi, davolanish samaradorligini oshiradi va kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Natijada har bir bemordan 1 660 000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida patronaj yo‘li bilan aniqlangan kardiologik bemorlarning erta diagnostikasi va ixtisoslashtirilgan kardiologik davo uchun o‘z vaqtida yo‘llanishi orqali og‘ir darajadagi ushbu bemorlar sonining 7,24% ga kamayishiga erishilgan, bu esa, davolanayotgan har bir bemordan 1 660 000 so‘m tejash imkonini yaratgan. Nuralieva Nargiza Bekturdievnaning «Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasida patronaj hamshira faoliyatini majmuaviy baholash» mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2022-yil 5-maydagi 04/1327-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: kardiologik kasalliklar bilan ro‘yxatda turuvchi bemorlar tomonidan o‘z-o‘zini nazorat qilishini patronaj hamshiralari tomonidan monitoringini o‘tkazish asosida ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlab, asoratlari (nogironlik va o‘lim) ning oldi olinishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: patronaj tibbiyot hamshirasi tomonidan aholining yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaruvchi xavf omillari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishi hamda kardiologik kasalliklar oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nogironlikni kamayishi orasida to‘g‘ri, kuchli korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.05.2023-yildagi 115-son buyruq, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.03.2024-yildagi 50-son buyruq hamda Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 27.04.2023-yildagi 1/421-sonli ma’lumotnomasi va boshqarmaning 27.04.2023-yildagi amaliyotga joriy qilish dalolatnomasi, Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 27.04.2023-yildagi 1/94-sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kardiologik kasalliklar mavjud bo‘lgan bemorlar o‘z-o‘zini nazorat qilishi ushbu kasalliklarning ikkilamchi profilaktikasi samaradorligini hamda hayot sifatini oshiradi. Ushbu natijalar yurak-qon tomir kasalliklari asoratini rivojlanishini oldini oladi, to‘satdan o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlar tomonidan o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali kasallik asoratlarini oldini olish barobarida erta nogironlikning oldi olinishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini yaratadi. 2-guruh nogironligi uchun to‘lanadigan nafaqa puli oyiga 747 000 so‘mni (28.03.2023-yildagi PF №45) tashkil qiladi va nogironlikning oldi olinishi hisobiga har 1 nafar bemorga nisbatan 747 000 so‘mni tejash imkoniyatini yaratadi. Xulosa: patronaj tibbiyot hamshirasi tomonidan aholining yurak qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqaruvchi xavf omillari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishi va kardiologik kasalliklardan nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi orasida to‘g‘ri, kuchli korrelyasion bog‘liqlik (ρ=0,76) borligi isbotlandi, ushbu bemorlarning profilaktik qatnovi natijadorligi 6,21% ga oshganligi ko‘rsatib berildi. Nuralieva Nargiza Bekturdievnaning «Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasida patronaj hamshira faoliyatini majmuaviy baholash» mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2022-yil 5-maydagi 04/1327-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bemorning birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan qoniqishini monitoring qilish asosida yurak-qon tomir kasalliklarini erta diagnostikasi va reabilitatsiyasida patronaj hamshira faoliyatini nazorat qilish va baholashning tashkiliy-funksional modeli asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillarini faol aniqlash va ularning birlamchi profilaktikasi, davolash bo‘yicha choralarni ishlab chiqishda patronaj tibbiyot hamshiralarining o‘rnini oshirish bo‘yicha uslubiy materiallar ishlab chiqilganligi, oilaviy poliklinikalar sharoitida yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillarini aniqlash va ularni oldini olishda patronaj tibbiyot hamshirasining amaliy malakalarini baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar ishlab chiqilganligi, aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha birlamchi profilaktika ishlarini olib borishda patronaj tibbiyot hamshiralarining bajarayotgan funksiyalari va me’yoriy majburiyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik asoslanganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.05.2023-yildagi 115-son buyruq, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.03.2024-yildagi 50-son buyruq hamda Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 27.04.2023-yildagi 1/421-sonli ma’lumotnomasi va boshqarmaning 27.04.2023-yildagi amaliyotga joriy qilish dalolatnomasi, Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 27.04.2023-yildagi 1/94-sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash sohasida 36700 nafarga yaqin patronaj hamshiralari faoliyat yuritadi, bugungi kunda 950 nafar aholiga bitta patronaj hamshirasi, ya’ni bitta oilaviy shifokorga ikkita patronaj hamshirasi to‘g‘ri keladi. Bu holat respublikamiz bo‘yicha qabul qilingan me’yorlarga mos keladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida patronaj hamshirasining aholi o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasidagi o‘rni o‘rganildi va baholandi. Natijalar yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi tizimini takomillashtirish, hamshiralar va aholi, shuningdek, bemorlar o‘rtasida ishonchli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha bosqichma-bosqich harakatlar rejasini tuzishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklarini erta diagnostikasi va reabilitatsiyasida patronaj hamshirasining faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish natijasida kasalliklarni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshishiga imkon yaratadi. Kasalxonada 1 kun yotib davolanish 247 000 so‘mni, 10 kun davomida esa 2 470 000 so‘mni, arterial gipertenziya bilan kasallangan bemor uchun dori-darmon narxi o‘rtacha 85 000 so‘mni, 10 kun uchun esa 850 000 so‘mni tashkil qiladi, shuningdek, 1 nafar bemorni instrumental tekshirish narxi – 1 433 000 so‘m deb hisoblangada bir nafar bemor uchun jami – 4 753 000 so‘m tejash imkoniyati yaratiladi. Xulosa: so‘rovga jalb qilingan patronaj hamshiralari orasida yurak-qon tomir kasalliklarida xavf omillari va birlamchi profilaktikasi bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq olib bormagan, aholi so‘rovnomalari natijalariga ko‘ra, rasmiy yondashishgan (15,6%). Patronaj faoliyatiga jalb qilingan hamshiralarning kasbiy malakalari etarlicha emasligi ushbu kontingent orasida kasbiy malakalarni to‘liq qoplab olish bo‘yicha muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borilishi zarurligini ko‘rsatgan. Nuralieva Nargiza Bekturdievnaning «Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasida patronaj hamshira faoliyatini majmuaviy baholash» mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2022-yil 5-maydagi 04/1327-sonli xati yuborilgan.